- O’z xodimi tomonidan yetkazilgan zararni to’lagan yuridik shaxs ( davolash-profilaktika muassasasi) , to’lagan mablag’ni xodimdan muassasa hisobiga qaytarishni talab qilishi mumkin.
1012-modda. Zararni qoplash miqdorining o‘zgarishi - Mehnat qobiliyatini qisman yo‘qotgan jabrlanuvchi zararni to‘lash majburiyati yuklangan shaxsdan istalgan vaqtda, agar uning mehnat qobiliyati sog‘lig‘iga yetkazilgan shikast tufayli o‘ziga zararni undirish belgilangan paytda bo‘lganidagiga nisbatan yomonlashsa, qoplash miqdorini tegishlicha ko‘paytirishni talab qilishga haqli.
- Jabrlanuvchining sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs, agar jabrlanuvchining mehnat qobiliyati zararni undirish belgilangan paytda bo‘lgandagiga nisbatan oshgan bo‘lsa, qoplash miqdorini tegishlicha kamaytirishni talab qilishga haqli.
- Jabrlanuvchi, agar zararning o‘rnini qoplash majburiyati zimmasiga yuklangan fuqaroning mulkiy ahvoli yaxshilangan bo‘lsa, qoplash miqdori esa ushbu Kodeks 1004-moddasining beshinchi qismiga muvofiq kamaytirilgan bo‘lsa, zararni to‘lash miqdorini ko‘paytirishni talab qilishga haqli.
- Sud zarar yetkazgan fuqaroning talabiga binoan, agar uning mulkiy ahvoli nogironligi yoxud pensiya yoshiga yetganligi sababli zararning o‘rnini qoplash belgilangan paytdagiga nisbatan yomonlashgan bo‘lsa, zararning o‘rnini qoplash miqdorini kamaytirishi mumkin, zarar qasddan yetkazilgan hollar bundan mustasno.
1017-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari - Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot noto‘g‘ri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’i nazar, qoplanishi lozim.
- Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning ko‘rsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki iste’mol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |