Mavzu: Tijorat banklari risklari va ularni boshqarish usullari 4 (soat) reja


Download 76.56 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi76.56 Kb.
#1579082
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Risklarni boshqarish

- siyosiy risk darajasi ;
-jahon banki ma’lumotlari asosida olingan kreditlar miqdori, ular bo’yicha darajasi kreditni qaytib to’lash jarayonining amalga oshirish sifati, eksport hajmi, tashqi qarzlar , tashqi savdo oboroti va boshqalar;
- bank kreditlarni olish imkoniyati ;
- qisqa muddatli kreditlash imkoniyati;
- uzoq muddatli kreditlash imkoniyati;
- fors-major holatlarining yuzaga kelishi;
- mamlakatning kreditga layoqatlilik darajasi;
- tashqi qarzlar bo’yicha to’lanmagan majburiyatlar va boshqalar.
Ichki risklar-bu bankning va o’zining mijozlarining kontragentlarning faoliyati natijasida yuzaga keladigan risklardir. Shuningdek,alohida olingan bank faoliyatiga sezilarli ta’sir qiluvchi risklar ichki risklardir.
Ichki risklar darajasiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
-bank rahbariyatining tadbirkorlik faolligi;
-bankning strategiya va taktikaning to’g’ri tanlash va boshqalar
Ichki risklar bank turlari, mijozlarning tarkibi va bank operatsiyalarining xususiyati bo’yicha guruhlarga bo’linadi. Bankning turlari bilan bog’liq risklar. Tijorat banklarining 3-turi mavjud: tarmoq,ixtisoslashgan va universal. Universal tijorat banklari barcha turdagi bank xizmatlari (kredit, hisob-kitob,moliya)ni ko’rsatadilar lizing faktoring,kliring, qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar hamda boshqa operatsiyalarni sababli bank risklarining barcha turlariga uchraydilar. Ixtisoslashgan tijorat banklari asosan qandaydir aniq xizmat turlarini ko’rsatish asosida faoliyat yuritadi. Ularga misol qilib, innovatsiya ,investitsiya ,ipoteka,depozit kliring va boshqa banklarni keltirish mumkin. Boshqa banklar esa tarmoqlar (qishloq xo’jaligi, sanoat , qurilish) bo’yicha yoki funksional (birja, sug’urta, trast, kommunal ) belgilari bo’yicha faoliyat yurituvchi mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashadi. Shuning uchun ular uchraydigan risklar asosan mijozlarning faoliyatida uchraydigan iqtisodiy risklarga bog’liq bo’ladi. Bank mijozlarning tarkibi bo’yicha risklar tarmoqli risk,mulkchilik shakli bo’yicha risk va hajmi bo’yicha risklarga ajratiladi.

Download 76.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling