Mavzu: Tijorat banklarida joriy hisob raqamlarni ochish tartibi va huquqiy asoslari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1323601
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tijorat banklarida joriy hisob raqamlarni ochish tartibi va huquqiy asoslari.

birinchidan, kreditga suralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin 
bo`lgan summa urtasida nomutannosiblik bulishi mumkin; 
ikkinchidan, ortikcha bo`sh mablag’ga ega bo`lgan korxonaning 
mablag’larni vaktincha foydalanishga beradigan muddati mablag’ zarur bo`lgan 
korxonani kontougirmasligi mumkin; 
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni tugridan tugri 
kreditlashda karz beruvchi karz oluvchi korxonaning moliyaviy axvolini tulik
urgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining tulovga layokatsiz bulishi kreditor
korxonaning xam moliyavy axvolining yomonlashuviga va boshka salbiy 
xollarga olib kelishi mumkin. Xalk xujaligidagi barcha bo`sh mablag’larning
bank tomonidan yigilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar
xisobidan karz oluvchi korxonaga zarur bo`lgan summada, zarur bo`lgan
muddatda kredit berishga imkoniyat yaratadi. 
 
 


19 
2.3. Iqtisodiy rivojlanishining usishi bank kreditining tsullanilish kulamini
kengaytirib boradi. 
Kredit fakatgina xar kunlik faoliyat bilan boglik ishlab chikarish va
muomala jarayonining kika muddatli extiyojlari uchun emas, balki uzoq
muddatga kapitalga bo`lgan extiyojni koplashga yo`naltiriladi. 60-yillardan
boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko`rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu
maksadni amalga oshirish uchun banklar mablag’larni jalb vuglish mikyosini,  
iste`mol uchun kreditlar berish kulamini kengaytirdi. 
Tulovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o`z mijozlarining 
topshirigiga asosan tulov jarayonlarini amalga oshiradi, xisob varaklariga
mablag’larni kabul kiladi, pul tushumlarining xisobini olib boradi, mijozlarga 
pul mablag’larini beradi.
6
Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida internet va elektron to'lov tizimi 
rivojlanib bank xizmatlarining shakllari va jadal o'zgarib bormoqda.
Banklarning shunday operatsiyalaridan biri mijozlarning hisobvaraqlariga 
masofadan xizmat ko'rsatish hisoblanadi. Banklar mijoziarning hlsobvaraqlari 
bo'yicha masofadan ko'rsatishni Markaziy bankning «Bank hisobvaraqlariga 
masofadan xizmat ko'rsatish tizimlarida ish lash tarlibi to 'g'risida»gi nizom 
asosida amalga oshiradi (Nizom O'zbekiston Respublikasi Adliya 2010-yil 19-
noyabr 2155-son bilan ro'yxatdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining 201O-yil 23-oktabrdagj 34/8 - son qarori (N272l) bilan 
tasdiqlangan). Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish bank va mijozi 
o'rtasidagi munosabatlarni avtomatlashtimo'ljallangan bo'lib, pul mablag'larini 
boshqarishning tezkorligini hamda bank operatsiyalarining sifatli qayd ta'minlaydi.
Tizim mijozni autentiftkatsiya qiladi, elektron to'lov hujjatlarini elektron 
to'lov hujjatlarini shifrlaydi, bank axborot tizimlarida qayta uchun aloqa kanallari 
orqali uzatadi va xabarlarini qabul qiladi, hlsobot shakllarini o'tkazish uchun 
chiqaradi Mijoz va bank o'rtasida masofadan xizmat ko'rsatish noma asosida unda 
6
Banki i bankovskoe delo /Pod. red. I. T. Balabanova. – S-Pb.: Piter, 2011 


20 
ko'rsatilgan vaqtda am alga oshiriladi. Mijoz ish kunini boshlashli oldidan va kun 
davomida quyidagj tartibda ishill tashkil etadi: 
-amaliyot kunida ishni boshlashdan oldin, o'zining shaxsiy hisobvarag'idagi 
amaliyot kuni aylanma va qoldiqlarini tekshiradi;
aylanma va qoldiqlar to'g'risidagi ma'lumotlar mos kelgan holda mijoz 
elektron to'lov hujjatlarini kiritadi. faqat to'lov topshiriqnomalarini qo'llashi 
mumkin. orqali to'lovlarini oshirishga yo'l qo'yilmaydi;
-hujjatlarni kiritish so'ng yakka tartibdagi tadbirkor yuridik xodimi 
(buxgalteriya hisobi va moliyaviy amalga oshiruvchi shaxs) hujjatning nusxasini 
uning elektron nusxasi taqqoslab tekshirishi va hujjatni o'zining elektron raqamli 
irnzosi tasdiqlanadi. mijoz tomonidan masofadan jo'natilgan hujjatlarni qabul 
qilgandan so'ng quyidagi ishlarni amalga barcha dasturiy ravishda deshifrlanadi
rekvizitlar nazorat qilinadi va qayta ishlash uchun amaliyot uzatiladi;
-to'lov amalga oshirilgandan so'ng elektron to'lov hujjatlarini reyestr 
ko'rinishida chop etiladi va bankning hujjatlar yig'majildiga tikiladi; 
-mijozning hisobvarag’ida to'lov uchun mablaglar yetarli yoki mayjud 
bo'lmasa, bank hisobvarag'i bO'yicha shartnomada boshqa tartib ko'zda tutilmagan 
bo'lsa, mijoz tomonidan tizim orqali bankka yuborilgan electron to’lov 
topshiriqnomasi qayta ishlash uchun bank amaliyot kuniga qabul qilinmaydi va bu 
haqida mijozga xabar beriladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamoyili shundan 
iboratki, mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mablag’larini ko’chirish
g
ularning 
topshirig’i yoki roziligiga asosan hisobvaraqdagi mablag’lar chegarasida bajariladi. 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining ishlab chiqilishi va joriy 
etilishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan mijozlarning hisobraqamlari 
bo’yicha operatsiyalar o’tkazish tartibi belgilangan. Hisobvaraqlardan mablag’larni 
o’tkazish, hisobvaraq egasining topshirig’i asosida bajariladi, mijozlarning 
buyrug’isiz hisobvaraqlardagi pul mablag’lari faqat sud qaroriga binoan, qonunda 
belgilangan tartibda bank va mijoz o’rtasidagi shartnomaga asosan ko’chirilishi 
mumkin. 


21 
O’zbekiston Respublikasi fuqorolik kodeksiga asosan mijozlarning 
hisobvaraqlarida barcha talablarni bajarishga pul mablag’lari etarli bo’lgan 
hollarda pul ko’chirilishi bo’yicha mijozning topshirig’i va boshqa hujjatlarning 
kelib tushishi tartibida hujjatlar to’lanishi lozim. Mijoz hisobvarag’ida barcha 
talablarni to’lashga mablag’lar etarli bo’lmagan taqdirda hujjatlarning to’lanishi 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999 yil 22 yanvardagi «xo’jalik 
sub’ektlarining bankdagi» hisobvaraqlaridan pul mablag’larni ko’chirish 
to’g’risidagi 104-V sonli qarori bilan tasdiqlangan yo’riqnomaga asosan olib 
boriladi. Agar mijoz bilan bank o’rtasidagi kredit shartnomasi tuzilgan bo’lsa 
to’lovlar bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning uchinchi tamoyili shundan 
iboratki, mablag’lar to’lovchining hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng oluchining 
hisobvarag’iga o’tkaziladi. Tijorat banklarining hisob cheklari bo’yicha pul 
o’tkazish bundan mustasno.
7
Hisob-kitoblar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi o’zaro 
e’tirozlar belgilangan tartibda bank ishtirokisiz ko’rib chiqilishi hisob-kitoblarni 
tashkil qilishning to’rtinchi tamoyilidir. Banklar o’z vaqtida to’lanmagan xujjatlar 
bo’yicha penyalarni hisoblash va undirishga javobgar emas. To’lovchi yuklab 
jo’natilgan mahsulotlar uchun o’z vaqtida to’lanmagan summaga hisoblangan 
penyani to’lovchi va mahsulot etkazib beruvchi o’rtasidagi tuzilgan xo’jalik 
shartnomasida ko’zda tutilgan tartibda to’laydi. Agar bank bilan mijoz o’rtasidagi 
penya hisoblash va undirish ko’zda tutilgan bo’lsa, bu holda bank o’z vaqtida 
to’lanmagan hujjatlar bo’yicha penya hisoblash va mahsulot sotuvchi korxona 
foydasiga undirib berishi mumkin. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borishning beshinchi tamoyili xisob-kitob 
shakllarini tanlash bilan bog’liq. Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi hamda 
tovar pul munosabatlari rivojlanishi sharoitida xo’jalik yurutuvchi sub’ektlarning 
faoliyati naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish xo’jalik idoralari tomonidan 
hisob-kitob shakllarini erkin tanlash tamoyilidan kelib chiqadi va ular xo’jalik 
7
6. 
Afonina S. V. Elektronnie dengi: - SPb.: Piter, 2014. 


22 
shartnomasida 
mustahkamlanadi. 
Xo’jalik 
organlarining 
shartnomaviy 
munosabatlariga bank aralashmaydi. Bu tamoyil hisob-kitob ishtirokchilarining 
o’zaro munosabatlarining ijobiy natijalari uchun moddiy javobgarligini oshirishga, 
hisob-kitob 
va 
shartnomaviy 
munosabatlarni 
tashkil 
qilishda 
iqtisodiy 
mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oltinchi tamoyili to’lovning muddatliligidir. 
Bu tamoyil katta amaliy ahamiyatga egadir. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
to’lovning qanday muddatda kelib tushishi to’g’risidagi axborotga ega bo’lgan 
holda o’z mablag’larining aylanishini ratsional tashkil qilish
g
qarz mablag’lariga 
bo’lgan zaruratni hisoblab ko’rishi
g
shu bilan birga o’z balansining likvidligini 
boshqarib borishi mumkin bo’ladi. Mahsulot sotuvchi va oluvchi tomonlar 
kelishuviga ko’ra to’lovlar muddatli, muddatdan oldin hamda muddatli 
kechiktirilgan bo’lishi mumkin. 
Muddatli to’lovlar quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
- Tovar jo’natilmasdan yoki xizmatlar bajarilmasdan oldin, bunday to’lovlar avans 
to’lovlari yoki oldindan to’lov ko’rinishida amalga oshiriladi. 
- Tovar jo’natilgandan keyin, ya’ni tovarni bevosita aktsept qilish yo’li bilan. 
- Yirik summaga tuzilgan shartnomalarda ko’rsatilgan summalarni bo’lib- bo’lib 
to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Muddati uzaytirilgan to’lovlar belgilangan muddatda to’lovni amalga 
oshirolmay qolgan hollarda, to’lov muddatini qandaydir muddatga cho’zish
g
ya’ni 
yangi to’lov muddatini belgilashni bildiradi. Muddati uzaytirilgan to’lovlar 
tomonlarning moliyaviy ahvoliga zarar etkazmagan holda shartnomaviy 
munosabatlar doirasida bo’lishi lozim. 
Muddati kechiktirilgan to’lovlar to’lovchi korxonaning hisobvarag’idan 
hujjatda ko’rsatilgan summani to’lash uchun pul mablag’lari bo’lmagan holatda 
yuzaga keladi. Agar korxona bankdan kredit olish huquqiga ega bo’lmasa hujjat 
korxona hisobvarag’iga pul kelib tushgandan so’ngina belgilan tartibda to’lanadi. 
Yuqorida biz korxona va tashkilotlar o’z mablag’larini bankdagi 
hisobvaraqlarida saqlashlari lozimligi ta’kidlagan edik. Banklarda mijozlarga bir 


23 
qator hisobvaraqlar ochiladi. Bular talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar 
bo’yicha hisobvaraqlar, jamg’armali depozitlar va muddatli depozitlar bo’yicha 
hisobvaraqlardir. Talab qilungunchaga saqlanadigan depozitlar bo’yicha 
hisobvaraqlar ilgarigi hisob-kitob hisobvaraqlarga tenglashtirilgan bo’lib, 
xo’jaliklarning barcha operatsiyalari aynan mana shu hisobvaraqlardan o’tkaziladi. 
Jamg’armali va muddatli depozitlar bo’yicha hisobvaraqlar xo’jaliklar tomonidan 
qo’shimcha daromad olish yoki pul mablag’larini asta-sekin ko’paytirib borish 
maqsadida ochiladi.
8
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar 
vaqt o’tishi bilan o’zgarib borishi mumkin. Hozirgi kunda respublikada naqd 
pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va 
halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari 
deyilganda huquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, pul mablag’larining mahsulot 
etkazib beruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlarning 
hisobvarag’iga yozish usuli
g
hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi 
tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. 
Korxonalar o’zlariga qulay bo’lgan hisob-kitob shaklini erkin tanlaydilar va 
uni o’zaro shartnomada mustahkamlab qo’yadilar. Naqd pulsiz hisob-kitoblar 
hozirgi kunda quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi: 
- To’lov topshiriqnomasi; 
- To’lov talabnomasi; 
- Akkreditiv; 
- Inkasso topshiriqnomasi; 
- Hisob-kitob cheki; 
- Memorial order; 
- Plastik kartochkalar. 
- Hisob-kitob shakllarining har birini keyingi paragraflarda batafsil ko’rib 
chiqamiz. 
8
8. 
Banki i bankovskoe delo /Pod. red. I. T. Balabanova. – S-Pb.: Piter, 2011. 


24 
- Naqd pulsiz hisob-kitoblar oldiga bir qator talablar qo’yiladi. Hisob- kitoblarni 
amalga oshirish jarayonlarida ularga amal qilish talab qilinadi. Bu talablar 
quyidagilar : 
- Birinchidan, aylanma mablag’larning aylanishining uzluksizligini ta’minlash 
lozim
g
ya’ni xo’jalikda ishlab chiqarishning rivojlanishiga to’siq bo’lmasligi 
kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli bo’lgan mablag’lar doimiy 
harakatda bo’lishi kerak. Ularning doimiy ravishda doiraviy aylanishda bo’lishi 
naqd pulsiz hisob-kitoblarning ijobiy ta’siri natijasida bo’ladi. 
- Ikkinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning muddatliligi deb 
qarash mumkin. Bu talabning mohiyati shundan iboratki, naqd pulsiz hisob- 
kitoblarni amalga oshirish vaqt jihatidan ularning ma’lum bir davrda yoki ma’lum 
bir muddatda amalga oshirilishini taqoza qiladi. Ularni amalga oshirish vaqti 
qanchalik kam bo’ladigan bo’lsa
g
naqd pulsiz hisob-kitoblar shunchalik tez 
amalga oshirilsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’lgan mol etkazib beruvchilar, 
xizmat ko’rsatuvchilar va iste’molchilar o’rtasida molni etkazib berish va 
ularning pulini undirib olish shunchalik qisqa va tez muddatlarda amalga 
oshirilsa, naqd pulsiz hisob-kitoblarning samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling