Imitatsion model tarkibi:
Tizim strukturasini oʻzaro ta’sir qiluvchi elementlar toʻplami sifatida tavsiflash (strukturaviy model);
Har bir alohida elementning ishlashini analitik yoki algoritmik tavsifi (funksional matematik modellar)
Turli xil elementlarning bir-biri bilan va tashqi muhit bilan vaqt boʻyicha oʻzaro ta'sir qilish algoritmi (modellashtirish algoritmi).
Murakkab texnik tizimlarni imitatsion modellarini yaratish bosqichlari va yondoshuvlari
Klassik (induktiv) yondoshuv
Tizim modeli ilgari ishlab chiqilgan individual komponentlarni (elementlar, bloklar, quyi tizimlarni) umumiy modelga yigʻish orqali xususiydan umumiyga (pastdan yuqoriga) qarab quriladi.
Tizim elementlarining har biri modelning boshqa qismlaridan ajratilgan holda alohida modellashtiriladi.
ob'yektning tarkibiy qismlariga boʻlinishini aniqlash oson boʻlgan va tizimning alohida elementlarining mustaqil ishlashini taqdim etish va tavsiflash mumkin boʻlgan oddiy modellarni yaratish uchun tavsiya etiladi.
2.Tizimli (deduktiv) yondoshuv
Modellashtirish umumiydan xususiyga (yuqoridan pastga) kabi amalga oshiriladi.
Modellashtirish jarayoni butun tizimning ishlash maqsadini shakllantirishdan boshlanadi.
Tizimning dastlabki tavsifi, maqsadning vazifasi va aniqlangan cheklovlar asosida tizimning umumiy ishlashiga taqlid qiluvchi (imitatsiya) ba’zi quyi tizimlar hosil boʻladi.
Modelning alohida qismlari yagona tizimli maqsaddan kelib chiqib, oʻzaro bogʻliqlikda ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |