Mavzu: Tokning magnit maydoni. Magnit maydon induksiyasi. Magnit oqimi. Amper kuchi. Lorens kuchi
Elektromagnit induksiya hodisasii
Download 434.91 Kb. Pdf ko'rish
|
6 дарс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faradeyning elektromagnit induksiya qonuni.
1. Elektromagnit induksiya hodisasii.
2. Faradeyning elektromagnit induksiya qonuni. 3. Induksion tokning yonalishi. Lens qoidasi. Elektromagnit induksiya qonunini miqdor jihatdan xarakterlash uchun magnit induksiya oqimi deb ataluvchi fizik kattalikni qarab chiqaylik. Ma lum sirtdan o’tayotgan magnit induksiya oqimi, shu sirtdan tik ravishda kesib o’tuvchi magnit induksiya chiziqlari soni bilan aniqlanadigan kattalikdir. Faraz qilaylik, bir jinsli ( = const) magnit maydonda yuzi S ga teng bolgan sirt joylashgan bo’lib, sirtga o’tkazilgan normal magnit induksiya vektori bilan burchak hosil qilgan bo' lsin. Berilgan sirt orqali o’tayotgan magnit induksiya oqimi (F) deb, magnit indusiya vektorining ( ) modulini, S yuz hamda va vektorlar orasidagi a burchak kosinusining ko’paytmasiga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi, ya'ni: F=VS cos (l ) Agar magnit induksiya vektorining sirtiga o’tkazilgan normalga tushirilgan proyeksiyasi Bcos =Bn bo’lsa (1) ifoda quyidagicha bo’ladi: F=VnS (2) HB sistemasida magnit induksiya oqimi veber (Vb) deb ataluvchi birlik bilan o’lchanadi: lVb=1Tl Faradeyning elektromagnit induksiya qonuni. Ingliz fizigi M.Faradey tajribalar asosida magnit maydoni yordamida elektr tokini hosil qilish mumkin ekanligini aniqladi. Bu tokni Faradey induksion tok deb atadi. Faradeyning induksion tok hosil bo’lish shartlarini aniqlashga doir tajribalarini qarab chiqaylik 1. Agar doimiy magnit berk g’altak ichiga kiritilsa yoki undan chiqarilsa, konturda induksion tok hosil boiadi: doimiy galtakka yaqinlashishda galvanometrning strelkasi bir tomonga, magnit g’altakdan uzoqlashganda esa qarama-qarshi tomonga og’adi, binobarin, induksion tokning yo’nalishi o’zgaradi. Magnit qanday kuchli, uning harakati qancha tez va g’altak o’ramlari qancha ko’p bo’lsa, induksion tokning kuchi shuncha katta boladi Agar doimiy magnit galtak yaqinida yoki hatto g’altak ichida joylashtirilgan magnit atrofida magnit maydon va g’altak o’ramlarining ko'p bolishiga qaramay, u qo’zg’almasa induksion tok hosil bolmaydi. 2. Tinch turgan magnit uchlariga galvanometr ulangan g’altak yaqinlashtirilsa, yoki undan uzoqlashtirilsa, galtakda induksion tok hosil bo’ladi. Bu holda ham xuddi birinchi holdagidek g’altakni kesib o’tuvchi magnit induksiya chiziqlarining o’zgarishi induksion tokning hosil bo’lishiga sabab bo`ladi. 3. Agar ikki g’altakni yonma-yon qo’yib, ikkinchi g’altak uchlariga galvanometr ulab, birinchi g altak reostat orqali elementlar batareyasiga ulangari bo’lsin. Birinchi g’altakdagi tokning kuchi reostat bilan o’zgartirilsa, ikkinchi g’altakda tok hosil bo’lgan. Birinchi tokning kuchi ortganda ham kamayganda ham ikkinchi g’altakda induksion tok hosil boiadi, biroq uning yo’nalishi o’zgaradi. 4.Agar g’altaklar ichiga temir o’zak o’rnatilsa, induksion tokning hosil borish effekti kuchayadi. Birinchi g’altakdagi tok ta'sirida o’zak magnitlanadi va birinchi g’altakdagi tok kuchining har qanday o’zgarishi ikkinchi g’altakdan o’tayotgan magnit oqimini keskin o’zgartiradi. Natijada ikkinchi g’altakda kuchliroq tok induksiyalanadi. 5. Agar rasmda tasvirlangan birinchi zanjirdagi tokni uiash va uzish paytida ikkinchi berk zanjirda induksion tok hosil bo’lib, uning yo’nalishi esa K kalitni ulaganda va uzganda o’zgaradi. Kalitni ulagan paytda. hosil bolgan magnit oqimi bir onda noldan biror qiymatgacha ko’tariladi, aksincha kalit uzilganda esa magnit oqimi nolgacha kamayadi. Bu o’zgaruvchan magnit oqimlari ikkinchi zanjirda induksion tokni hosil qiladi. Shunga o’xshash tajribalar natijalari asosida Faradey elektomagnit induksiya qonunini kashf qildi. Bu qonun quyidagicha ta riflanadi: Yopiq konturda hosil bo’lgan induksion EYuK shu kontur bilan chegaralangan yuza orqali o’tayotgan magnit induksiya oqimining o’zgarish tezligiga proporsional, ya'ni: t Ф шл (3) bunda k proporsionallik koeffitsiyenti bo’lib, uning absolyut qiymati bu formulaga kiruvchi kattaliklarning o’lchov birlikiariga bogliqdir. Agar bu kattaliklar bitta o’lchov birliklar sistemasida ifodalansa, k~ 1 boladi. Download 434.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling