Mavzu: To‘lov balansini tuzishda ikki bor yozuv prinsipi nimani anglatadi?


Dempinga karshi karatilgan bojlar


Download 190.11 Kb.
bet5/5
Sana03.02.2023
Hajmi190.11 Kb.
#1149545
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirzayev Otabek Makroiqtisodiyot

Dempinga karshi karatilgan bojlar jaxon amaliyotida keng ko`llanilib, o`zida ko`shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jaxon narxlaridan yoki import kilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo`yicha, eksport kilinayotgan maxsulotlarga o`rnatiladi. Bu bojlarni belgilash xakidagi karorni xalkaro sud maxalliy ishlab chikaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so`ng chikaradi xamda uning mikdorini va to`lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga karshi bojlar o`z valyuta resurslarini to`ldirish maksadida jaxon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport kilishni ko`paytirgan sobik ittifokdosh respublikalarga nisbatan faol ko`llanilmokda.
Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining okibati import bojlari kiritilishi okibatining aynan aksidir. eksport bojlari kiritishishi sharoitida maxsulotlar ichki baxosi ularning tashki baxosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste`mol o`sadi, ishlab chikarish va eksport kamayadi. eksportga bojlarni joriy kilish natijasida milliy ishlab chikaruvchilarda yo`kotishga duch bo`ladilar. Tanki bozordagi baxolarga nisbatan ichki baxoning kamayishidan iste`molchilar yutukka erishsa, davlat esa daromadga ega bo`ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo`lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport mikdorlarini cheklashdan iborat.
Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash
Bu erda «ixtiyoriy so`zi» shartli xarakterga ega. CHunki, eksport kilayotgan mamlakat savdo siyosatida o`z xamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport mikdorini cheklaydi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste`molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. SHuning uchun iste`molchilar ularni e`tiborsiz kabul kiladilar va xukumatga norozilik bildirmaydilar.
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste`molchilari ular sotib olayotgan eksport maxsulotiga yukorirok narx belgilashlari mumkin.
Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash
SHunday kilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko`rgan yo`kotishlarni narxlarni oshirish xisobiga koplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko`rib o`tilgan usullarining xar biri ijobiy jixatlari bilan birga salbiy okibatlarga xam ega. Mamlakat iktisodiyotining rakobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashki savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalkaro savdo tashkilotlariga a`zo bo`lishi bu jarayonining konuniy natijalaridan biridir. Tashki savdoni erkinlashtirilishi iktisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.
Qisqacha xulosalar
Savdo siyosati – byudjet solik siyosatining, tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan, nisbatan mustakil yo`nalishdir.
Tashki savdoni tartibga solishda eng ko`p ko`llaniladigan usul importga tarif belgilash bo`lib, buning natijasida ichki baxolarning o`sishi kuzatiladi. Importga tariflarni joriy kilishdan iste`molchilar ko`rgan zarar ishlab chikaruvchilar va davlat ko`rgan foydadan katta bo`ladi. Importga tariflarni joriy kilishdan ko`riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import tariflari ichki ishlab chikaruvchilarni ximoya kilish, to`lov balansini tartibga solish maxsadlarida keng ko`llaniladi.
Qisqacha xulosalar
Ichki ishlab chikaruvchilarni ximoya kilish maksadida ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish usuli xam ko`llaniladi.
Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko`paytirish, ortikcha maxsulotdan kutulish, tashki bozorni egallash uchun ko`llaniladi. eksport subsidiyalarini ko`llash dempingga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalkaro savdo koidalariga ko`ra ta`kiklangan.
Tashki iktisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o`rnatish xalkaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalkaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iktisodiyoti xolatidan kelib chikib echilayotgan vazifalarga muvofik tanlanadi.
Asosiy adabiyotlar
1.Agapova T.A.Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab.
i dop.-M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 314- 329 s.s.
2 Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 166-181 b.b.
3. Ivashkovkiy S.N. Makroekonomika: Uchebnik.-2-e izd., dop.- M.: Delo, 2002, 282-310 s.s.
5. Mejdunarodnie ekonomicheskie otnosheniya.: Uchebnik / Pod redaktsiey
A.I. Evdokimova., M., “Prospekt”, 2004., 201-231 s.s.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Download 190.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling