Mavzu: To’lqin optikasidan geometrik optikaga o‘tish Reja
Download 21.81 Kb.
|
Ёруђлик ќаљидаги таълимот ва геометрик-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sferik ko’zgu formulasi
Sferik ko`zgular.
Sferik ko`zgular deb,sirti silliqlangan shar sigmentidan iborat bo`lgan ko`zgularga aytiladi. Yorug`lik nurining sferik sirtning ichki va tashqi sirtidan qaytishiga qarab sferik ko`zgular mos ravishda botiq (17.9-a rasm) va qavariq (17.9-b rasm) ko`zgularga bo`linadi. Shar sirtining C markaziga sferik ko`zguning optic markazi, shar sigmentini cheklovchi doiraning MN ga sferik ko`zguning teshigi, ko`zgu sirtining bu diametridan eng uzoqlashgan nuqtasi O ga ko`zguning qutbi yoki uchi deyiladi. Ko`zguning optic markazi C dan o`tuvchi to`g`ri chiziqlarga ko`zguning optic O nuqtadan o`tuvchi to`gri chiziqqa esa ko`zguning bosh optic o`qi deyiladi.Ko`zgu nurlarining xossalari.Ko`zguning optik o`qlari bo`ylab tushayotgan nurlarning tushish burchagi nolga teng bo`lganligi sababli ko`zgudan optic o`q bo`ylab teskari tomonga yo`nalgan holda qaytadi (17.10-rasm). Agar botiq ko`zguga uning bosh optik o`qiga uning bosh optik o`qiga parallel yo`nalgan nurlar tushsa, ko`zgudan qaytgandan kryin bu nurlar bosh o`ptik o`qining F nuqtasidan kesishib o`tadi.(17.11-a rasm) bu nuqta F ga ko`zguning bosh fokusi deyiladi. Qavariq ko`zgu bo`lgan holda ,optic o`qqa parallel bo`lgan nurlar qaytgandan keyin sochilib, ularning davomi esa kesib o`tadi, bu nuqta F ga ko`zguning mavhum bosh fokusi deyiladi (17.11-b rasm) . Bunday ko`zgularga tarqatuvchi ko`zgular xam deyiladi. Ko`zguning bosh fokusi F dan uning uchi O nuqtagacha bo`lgan OF=F masofaga sferik ko`zguning fokus masofasi deyiladi.Ko`zguning fokusi orqali bosh optik o`qiga perpindikulyar o`tgan tekkislik ko`zguning fokal tekisligi deyiladi. Sferik ko`zguga bosh focus orqali tushgan nurlar ko`zgudan qaytgandan keyin , ko`zguning bosh optic o`qiga parallel yo`nalishda tarqalib ketadi (17.12-rasm). S ferik ko’zguning bosh optic o’qiga yaqin va unga kichik burchak ostida tushayotgan nurlarga markaziy yoki paraksial nurlar deyiladi. Sferik ko’zgu formulasi Sferik ko’zgularning bosh focus masofasi F ko’zgu sfera radiusining yarmiga teng, ya’ni: (17.1) Botiq (yig’uvchi) ko’zguning bosh focus masofasi F musbat ishora bilan, qavariq (sochuvchi) ko’zguniki esa manfiy ishora bilan olinadi. U vaqtda ko’zguning bosh focus masofasi F ni AB buyumning ko’zgugacha bo’lgan d masofasi va ko’zgudan tasvirgacha bo’lgan f masofa orqali (17.12a-rasm) ko’zguning quyidagi formulasini yozish mumkin: (17.2) Agar tasvir mavhum bo’lsa, u holda (12.2) formuladagi ko’zgudan tasvirgacha bo’lgan f masofa manfiy ishora bilan olinadi.agar ko’zgu qavariq (sochuvchi) bo’lsa, uning F fokus masofasi ham manfiy ishora bilan olinadi. Download 21.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling