Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari
Download 314.48 Kb.
|
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iridotsiklitda
MAVZU: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari. Reja: Tomirli parda kasalliklari. To’r parda kasalliklari. Ko’ruv nervi kasalliklari. Tomirli parda kasalliklari Tomirli parda uch qismdan iborat: rangdor parda (iris), kipriksimon tana (corpus cilliare) va xususiy tomirli parda (chorioidea). Rangdor pardava kipriksimon tana bitta qon tomirdan oziqlanadi, shuning uchun patologik jarayon bu ikki qismda birgalikda o’tadi. Xususiy tomirli parda esa boshqa qon tomirlar orqali oziqlanadi, shuning uchun xorioideya kasalliklari alohida kechadi. Tomirli pardaning tuzilishi, ko’p sonli tomirlar tarmog’i va unda qon oqishining sekinligi qonda aylanib yurgan turli xil qo’zg’atuvchilarning ushlanib qolishi va to’qimalarning allergiyalanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. Tomirli pardada ko’pincha yallig’lanish kasalliklari uchraydi. Rangdor pardaning yallig’lanishi — irit, kipriksimon tananing yallig’lanishi — siklit, ikkalasining yallig’lanishi — iridotsiklit yoki oldingi uveit deb nomlanadi. Xususiy tomirli pardaning yallig’lanishi esa xorioidit yoki orqa uveit deb ataladi. Yallig’lanish sabablari endogen (revmatizm, gripp, sil, zaxm, toksoplazmoz, brutsellyoz, kollagenoz, allergiya) va ekzogen (keratit, chuqur sklerit, shox pardaning o’rmalovchi yarasi, ko’z soqqasining shikasti, ko’z olmasidagi operatsiyalaridan keyin) bo’ladi. Iridotsiklitda kasallik iritdan boshlanadi. Avvaliga ko’zda og’riqlar bo’lmaydi, chunki rangdor pardada sezuvchi nerv tolalari yo’q. Bunda bemor ko’zining qizarib, yoshlanishidan shikoyat qiladi. Ko’pchilik bemorlar bunga ahamiyat bermay, shifokorga murojaat qilmaydilar. Lekin 2-3 kundan keyin yoshlanish, qizarish kuchayadi, nurga qaray olmaydi. Ko’zda qattiq og’riqlar paydo bo’ladi, bu og’riqlar kechasi, ayniqsa, kuchayadi. Bemor odatda kechasi uxlolmay chiqadi, ko’rish darajasi pasaya boradi, shu tufayli ertasiga shifokorga murojaat qiladi. Ko’z tekshirilgach irit va siklit alomatlarini uchratish mumkin. Qovoqlar qizarib shishadi, ko’z yorig’i torayadi, perikorneal in'yektsiya kuzatiladi, shox pardada o’zgarish bo’lmaydi. Download 314.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling