Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari
Download 314.48 Kb.
|
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siklit belgilari
Irit belgilari: kasal ko’zning rangi o’zgaradi, rangdor pardaning rasm - refyefi silliqlashib,
qorachiq torayadi, chiroqqa yaxshi o’ynamaydi, noto’g’ri shaklga ega bo’ladi. Qorachiq bilan gavhar orasida bitishmalar (sinexiyalar) hosil bo’ladi, qorachiq kengaytirilganda uning shakli noto’g’ri bo’lib, sinexiyalar yaqqol ko’rinadi. Siklit belgilari: kipriksimon tanani ko’zda ko’rib bo’lmaydi, shuning uchun, irit bo’lgan ko’zda siklit belgilarini qidirish lozim. Ular: ko’zdagi qattiq og’riqlar (kipriksimon tana nerv tolalariga boy bo’lganligi uchun), ko’z ichi bosimining pasayishi (kipriksimon tana kasal bo’lganligi uchun ko’z ichi suyuqligi kam ishlab chiqaradi) - barmoqlar bilan paypaslab tekshiriladi, silliar og’riqlar - bosim o’lchanganda ko’zda qattiq og’riqlar seziladi, shox pardoning ichki qavatiga toshmalar toshishi (pretsipitatlar), shishasimon tananing xiralashishi, ko’rish darajasining pasayishi seziladi. Xorioidit - og’riqsiz o’tadi. Bemor ko’rish darajasining pasayishi, ko’z o’ngida jismlar uchgandek bo’lishi, buyumlar shaklining o’zgarib ko’rinishi, ko’z oldida chaqmoqlar chaqqandek tuyulishi kabi shikoyatlar bilan keladi. Tashqi ko’rinishda ko’zda o’zgarishlar bo’lmaydi. Vaholanki, hamma o’zgarishlar ko’z tubida bo’ladi. U yerda markaz yoki periferiyada oqimtir-kul rang va pigmentlangan o’choqlar paydo bo’lib, ularning ustidan qon tomirlar o’tadi. Tomirli pardaning yallig’lanishida birinchi yordam – kon'yunktival xaltasiga midriatiklar tomizish (1% atropin, 0,1% adrenalin), gormonlar tomizish (0,1% deksametazon, maksideks), keng doirali antibiotiklar ichirish, iridotsiklitda muskui orasiga og’riqsizlantiruvchi dorilar yuborish (baralgin, analgin bilan dimedrol aralashmasi), shuningdek, ko’zga aseptik bog’lam qo’yish orqali amalga oshiriladi va kasalxonaga yuboriladi. Statsionarda mahalliy va umumiy davo qilinadi. Download 314.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling