Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari
Bemorlarni operatsiyagacha hamshira parvarishi
Download 314.48 Kb.
|
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.
Bemorlarni operatsiyagacha hamshira parvarishi.
Hamshiraning vazifalari: Parvarish uchun ma’lumot yig’ish: – Kasallik tarixidan asosiy kasallik belgilari, sub’ektiv simptomlari bo’yicha va ularning o’zgarib borishi haqida ma’lumot yig’ish. – Kasallikni va uni davolashni nechog’li muhimligini tushunib etish – Psixologik holatni aniqlash – Gospitalizasiyagacha bo’lgan hayot tarzini aniqlash – Bemorni qo’llab–quvvatlash rejasini tashkil qilish Ma’lumotni talqin qilish: – To’r parda ko’chish darajasini aniqlash – Dezarientasiya va ko’rish qobiliyatining pasayishi tufayli jarohat olish xavfini bartaraf qilish – Operatsiya maqsadini to’liq tushunib etish – Oila a’zolarining fikrini bilish Parvarishni amalda qo’llash: – Bemorga operatsiya maqsadini aniq tushuntirish, gospitalizasiyaga engillik yaratish borasida suhbatlar uyushtirish. Havotirni oldini olish. Davolovchi vrach bilan uzluksiz aloqani o’rnatish. Operatsiyaga tayyorlovchi muolajalarni aniq va o’z vaqtida bajarish. – Bemorga o’z hayajonlarini, qo’rquv va havotirini bemalol hamshiraga ayta bilishini bevosita parvarish qilish bilan ta’minlash, operatsiyaga psixologik tayyorlash. – Ko’rish qobiliyatini pasayishi va boshqa surunkali kasalliklar sababli kelib chiqadigan jarohatlarni bartaraf qilish – Kerakli sharoitlar yaratish, shifoxona bo’limi va palata tuzilishini bemorga tushuntirib tanishtirish. – Xavf soluvchi omillar haqida bemorga tushuntirish va o’z–o’zini himoya qilishga chorlash. 2. To’r parda joyidan ko’chgan bemorlarni operatsiyadan keyingi hamshira parvarishi Parvarish uchun kerakli ma’lumot yig’ish: – Operatsiyaning kechishi, operatsiyadan chiqqandan keyin bemor ahvoli qanday bo’lganligi haqida ma’lumot yig’ish – Operatsiyadan keyin harakatni cheklash nechog’li muhim ekanligini bemorga tushuntirish – Ko’zdagi boylam ko’rish maydonining torayishiga va muvozanatning yo’qolishiga sabab bo’lgani uchun, xavf–xatardan ogoh turish, kerakli shart–sharoitlarni yaratish, bemordan ogoh bo’lishini so’rash – Operatsiyadan keyingi stress holat vaqtincha dezarientasiyaga sabab bo’ladi. Shuning uchun bemorga xavf soluvchi baxtsiz xodisalarni tushuntirish, krovatdan yiqilishining oldini olish, tunda bemorni hojatga kuzatish. – Kasalxonadan chiqqandan so’ng bemorga zarur bo’lgan yashash tarzi qanday bo’lishini tushuntirish. – Stress holatlarning mavjudligini aniqlash – Bemorga o’z kasalligini nechog’li muhimligini tushuntirish – Bemorni qo’llab-quvatlashni tashkil qilish. Ma’lumotlarni talqin qilish: – Operatsiyadan keyingi holat qay tarzda kechayapti? Ko’zdagi og’riqlar darajasi qanday? – Tana holatini cheklash va fizik yuklamani kamaytirish – Bemor o’z-o’zini nazorat qilishni uddalay olmayapti – Kasalxonadan chiqqandan so’ng bemor hayotidagi qiyinchiliklarni aniqlash – Oila a’zolarining fikrlari va qarashlari qanday Parvarishni amalda qo’llash: – Operatsiya qilingan ko’zda asoratsiz bitish jarayonlarini ta’minlash uchun hamshira parvarishi – O’z vaqtida ko’z tomchi dorilarini va og’iz orqali qabul qilinadigan dorilarni qabulini nazorat qilish – Hayotiy muhim ko’rsatkichlarning o’zgarishini ta’minlash. Bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, ko’zdagi og’riqlarni va KIB o’zgarishini kuzatib borish – Vrach bilan doimiy aloqani ta’minlash – Tana holatini o’zgartirganda fizik stress holatlarini engillashtirish: Bosh tagiga balandroq yostiq qo’yish, bo’yinda, elkada va beldagi og’riqlarni engillashtirish uchun og’riqsizlantiruvchi plastir’ qo’yish – Kasalxona hayotini xavfsiz o’tishini ta’minlash: bemorni xavf–xatardan ogoh qilish – Kasalxonadan chiqqandan so’ng yashash tarzini asosiy talablari bilan tanishtirish: bemorga kerak bo’lsa, oila a’zolariga ko’z tomchi dorilarini va boshqa dorilarni o’z vaqtida qat’iy tomizishga amal qilishni o’rgatish. – Asoratlarni hosil bo’lishini ilk belgilari paydo bo’lganda vrach bilan tez aloqani bog’lashni tushuntirish. – Ko’zoynak tanlash muddatini (1 oydan so’ng) eslatish. Download 314.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling