Mavzu: to’pni har hil usullar usullar bilan savatga tashlash reja
Download 1.75 Mb.
|
TO’PNI SAVATGA TASHLASHNING HAR-HIL USULLARI 2
Birinchi bosqichda taktikaning umumiy masalalari va uning basketboldagi mazmuni o’rganiladi; taktik fikr yuritish rivojlantiriladi; taktikaning asosiy usul hamda harakat qilish variantlari o’rganiladi va takomillashtiriladi; asosiy o’yin sistemalar o’rganiladi.
Ikkinchi bosqichda birmuncha murakkab vazifalar ochiladi. Bunda kuchli jamoa larning tajribasi, taktika nazariyasi o’rganiladi, o’zi va raqib harakatlarini mufassal ravishda analiz qilish qobiliyati shakllantiriladi, o’yinning murakkab taktik vaziyatlari amaliy ravishda egallanadi, musobaqa jarayonida oldtn tshlab chiqilgan plan amalga oshirish va taktik arsenalni ustalik bilan ishlata bilish qobiliyati tarbiyalanadi. Taktik tayorgarlik – ko’rsatilgan bosqichlarning har birida taktik bilimning umumiy qonuniyatlari nazariyasini o’rganib olish va amaliy egallash yo’li orqali olib boriladi. Taktik tayyorgarlikning vazifalari turlicha xalqilinadi. Mustaqil mashg’ulotlarda maxsus adabiyotlar o’rganiladi va individual taktik harakatlar amalda mukammallashtiriladi. Umumjamoa nazariy mashg’ulotlarida va mashq qildirish larida individual, gruppa va jamoa haraklari takomillashtiriladi. Musobaqa vaqtida raqibning taktik imkoniyatlari analiz qilinadi va umumlashtiriladi, o’rganilgan taktik variantlar va sistemalar tekshirib ko’riladi. O’yin taktikasini o’rganish individual hujum harakatlari asoslarini, keyinroq esa himoya harakatlarini egallashdan boshlanadi. Vaziyatga mos texnik usullar o’rganilayotganda vaziyatna qarab maqsadga muvofiq harakatlarni tanlay bilish usuli rivojlantiriladi. Taktik harakatlarning umumiy asoslari egallangandan keyin ularni tatbiqiy o’yinning ma’lum sistemalarida qo’llash o’rgatila boshlanadi. Taktik sistemalarning variantlari quyidagi tartibda o’rganiladi: - ko’rib chiqilayotgan hujum yoki himoya sistemasining asosiy maxmuni va uning variantlari bilan tanishish; - muayyan variant uchun xarakterli bo’lgan individual taktik harakatlarni egallash; - shu variantda jamoaviy harakatlar asosini tashkil qiladigan gruppali o’zaro harakatlarni egallash; - o’rganilayotgan variantni boshqa variantlar bilan o’zaro bog’lab takomillashtirish. Bunda mashqlarni bajarish shart-sharoitlarini quyidagicha murakkablashtirish maqsadga muvofiqdir; mashqni vazifaga ko’ra himoyachining passiv qarshiligi bilan sekin sur’atda bajarish; mashqni himoyachining aktiv qarshiligi bilan bajarish; murakkab sharoitlarda o’rganilayotgan harakatlarni maxsus vazifalarga ko’ra harakat qilayotgan himoyachilar yordamida hal xil variantlarda yakunlash; mashqni himoyachilarning ixtiyoriy ravishda aktiv qarshiligi ostida qaytarish; o’quv o’yinlarida maxsus vazifalarga ko’ra (kamaytirilgan sostavlar bilan, maydonning yarmida, raqibning ma’lum harakatlaridan keyin va hakazo) mustahkamlash. Taktik haraktlarni o’rganish jarayonida o’rganilayotgan o’zaro harakatlarni har xil (musobaqa sharoitlaridan engilroq, unga teng va undan og’irroq) Basketbol maydonchasi ko’rinishi Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling