G’alla kasalliklari, zararkunandalari va maysazorlardagi begona o’tlar va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari. G’alla kasallliklari va ularning alomatlari. Yurtimizda bug’doy o’simligida bir qator kasalliklar uchraydi. Bular un-shudring, sariq zang, qo’ng’ir zang, qorakuya kasalliklaridir.
Sariq zang sug’oriladigan maydonlarda keng tarqalgan kasallik. Belgilari: bug’doy bargida sariq tusdagi uredini-opustulalar bir tekis, ya’ni bir qator bo’lib, sariq tusda joylashadi. Kasallik rivojlanishi uchun optimal harorat +13, +15 So. Kasallik qo’zg’atuvchi zamburg’lar begona o’tlardan qishlab chiqadi.
Qo’ng’ir zang alomatlari: barglarda dumaloq sarg’ish- qo’ng’ir rangli uredini-opustulalar tartibsiz joylashadi. Shu opustulalar ichida rivojlangan uredini-opustulalar boshqa barglar va o’simliklarga shamol yordamida tez tarqaladi, oldi olinmasa 10-25 foiz, hatto ayrim yillari 40-50 foizgacha hosilga putur etkazadi. Ob-havo zamburug’ uchun qulay, ya’ni harorat +15 +23 So bo’lsa kifoya, ular tez maysazorga tarqalib ketadi. Buning zamburug’lari bug’doy maysalarining ichida miseliy holida va barglarida pustula sifatida qishlaydi.
Un-shudring Belgisi: bargda oq paxtasimon g’uborlar paydo bo’ladi, so’ngra bu g’uborlar kulrang tus olib, bo’rtib chiqqan yostiqchalar tusiga kiradi. Kasallik bargi, poyasi va boshog’ini zararlaydi.
Kurash choralari. Birinchi navbatda profilaktik tadbir sifatida paykal chetlari, er ariqlar yoqasi begona o’tlardan tozalanishi lozim. Mabodo zang kasalliklari endigina ayrim joylarda boshlanayotgan bo’lsa, darrov bayroqchalar bilan belgilab, o’sha joyning atrofini qo’l apparatida, topilmasa, 4-5 m2dagi maydonni o’rib, ko’mib tashlash yoki yoqib yuborish ham mumkin.
Zang kasalliklari paydo bo’lgan maydonlarda gektariga 1 klogrammdan “Bayleton”, 0,5 kilogramm “Folikur” yoki “Tilt”, 0,1-0,2 klogrammdan “Alto-4000” fungisidlari 200 litr suvga aralashtirib sepiladi.
Bug’doyning “Chillaki”, “Delta”, “Intensiv”, “Hosildor” navlari zang kasalligiga chidamsiz navlar hisoblanadi. Ayniqsa shunday navlar ekilgan maydonlarga ko’proq e’tibor berib turish kerak.
“Yonbosh” , “G’ayrat ”, “Polovchanka”, “Yangiovul”, “Zamin-1”, “Do’stlik” navlari bu kasalliklarga chidamliroq navlar sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |