Mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash
Mevali daraxtlarni zararkunanda va kasalliklardan saqlash
Download 95.91 Kb.
|
AMALIY MASHG kxa
Mevali daraxtlarni zararkunanda va kasalliklardan saqlash. O’zbekiston mevachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish instituti tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomaga asoslanib, mevali daraxtlar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin.
Hosilga kirgan olma va nok daraxtlariga zararkunandalarning quyidagi turlari: binafsha rang qalqondor, kaliforniya qalqondori, olma mevaxo’ri, qon bit, nok qurti, xaltali kuya, girdok kuya, olma qandalasi, o’simlik kanasi, kasalliklardan esa kalmaraz va olma un shudring eng ko’p ziyon keltiradi. Aksariyat hollarda zararkunandalarning turli xillari bir yo’la zarar etkazadi. Shuning uchun ham kompleks kurash choralarini qo’llashga to’g’ri keladi. Kurash choralari sistemasi sikl bo’yicha: qish, bahor va yoz fasllarida amalga oshiriladi. Qishki sikl xazonrezgi tugagandan boshlab kurtak yozguncha bo’lgan davrni; bahorgisi – kurtak barg yozgandan daraxtlar gulga kira boshlaguncha; yozgisi – daraxtlar gullab bo’lgandan keyin hosilni yig’ishtirib olishga kirishishga taxminan 30 kun qolguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Qishki siklga qalqondorga, shuningdek bir yo’la xantali kuyaning qishlovchi avlodiga, ochiq erlardagi qon biti,o’simlik kanalari, qandala, girdan kuya hamda kalmaraz kasalligiga qarshi qaratilgan tadbirlar kiradi. Qishki shaklida amalga oshiriladigan kurash choralariga hamisha katta ahamiyat beriladi. Chunki qalqondorlar shu tadbirlar natijasidagina qirib tashlanadi. Daraxtlarga nitroemulsiya ko’pincha fevral va mart oyilarida – bog’dagi ishlar tugallangach, kurtak barg yozguncha bir marta purkaladi. Bu oylarda mazkur ishni amalga oshirish iloji bo’lmagan hollarda xazonrezgilik tugagan kundan boshlab, kuz va qishning har qaysi yaroqli kunidan introemulsiya purkash uch un foydalanish mumkin. Ammo har qaysi holatda ham sovuq 10 darajagacha, hatto undan pasayishi kutilganda 15 kun oldin preparat purkash bilan bog’liq ishlash to’xtalishi shart. Havo harorati 8 darajada past bo’lmagan va shamol esmaydigan kunlar dori purkash uchun yaroqli hisoblanadi. Nitroemulsiya purkalayotganda hamma novdalar, hamma shox ayri va shox-shabbadagi po’stloqlarining preparat bilan to’la ho’llanishiga erishiladi. Buning uchun emulsiya suyuqligi brandspoyt bilan purkaladi. Bunda novdalar va shox-shabbaning tepa qismidagi shoxlarning emulsiya bilan ho’llanilishi ta’minlanadi. Shu maqsadda bog’ ventyaltorlli purkagichi yoki OVX-14 qo’llaniladi. Daraxtlarning pastki qismlari brandspoyt bilan qo’shimcha ravishda ishlanadi. Bahorgi siklda olma mevaxo’rining g’umbaklaydigan qurtlari, qon biti, va boshqa zararkunandalarning urg’ochilari qirib tashlanadi. Shu maqsadda daraxtlarining ildiz bo’g’izi, tanasi, shox asosiga (agar bu shoxlarda chuqurchalar va yoriqlar bo’lsa) tarkibida metofos yoki fozalon, yoxud trixxlormitofoz -3 konsentrati yoki qo’llovchi poroshokdan iborat suyuqlik yaxshilba purkaladi. Bu siklda kolmaraz kasalligiga qarshi daraxtlarga bordoss suyuqligi takror purkaladi, un shudring kasalligiga qarshi esa kolloid oltingurgut suspenziyasi ishlatiladi. Yozgi siklda olma qurti va boshqa zararkunandalarning rivojlanishiga chek qo’yiladi. Shu maqsadda daraxtlarga bir necha marta (birinchi marta daraxtlar gullab bo’lishi bilan, ikkinchi marta gullab bo’lgach 12-15 kundan keyin, uchinchi marta gullab bo’lgach 46 kundan keyin) dori purkaladi, bunda asosan meva va barglar eritma bilan qo’llaniladi. Mevasi erta pishadigan bog’larni esa bir marta dori purkaladi. Agar qo’llaniladigan suyuqlikning tut daraxtlariga ham tegish xavfli bo’lsa, (ularning bargi pilla etishtirish uchun olinmaganda), daraxtlar gullagandan keyin ordan 46 kun o’tgach (bu vaqtga kelib, qurt tushish nihoyasiga etadi) dori purkashga kirishiladi va bu ish har 15 kun o’tkazilib, 3 marta takrorlanadi. Mevasi erta muddatda pishadigan daraxtlarga dori sepilmaydi. Har qaysi dori purkash jami maydonda olti ish kunida nihoyasiga etkazilishi va bundan keyin kechiktirib yubormasligi lozim. Fozalon, bo’lmaganda rogor qo’llaniladi ammo bunda quyidagi shartga amal qilinadi: daraxtlar gullab bo’lganidan keyin 46 kun o’tgach, dori bir marta emas, balki har safar 15 kun oralatib 2-3 marta purkaladi. O’simlik kanalariga kuchli ta’sir etishi uchun ikkinchi dori purkashdan boshlab, qo’llanilayotgan suyuqlikka koloid oltingurgut yoki keltan xam qo’shiladi. Kalmaraz kasalligning avj olish xavfi mavjud bo’lgan bog’larda daraxtlarning bordoz suyuqligi yoki xlormos yoki sinep suzpensyasi qo’shimcha ravishda purkaladi. Qalqondor va olma meva qurti behi daraxtlariga ayniqsa katta zarar etkazadi. Qalqondorni qirqib tashlash uchun daraxtlarga qishda neytroemulsiya purkaladi. Bu ishni amalga oshirishda hosilga kirgan olmazorlar uchun ko’zda tutilgan qoidalarning hammasiga roiya qilishi kerak. Olma meva qurtiga qarshi daraxtlarga yozda: birinchi marta – iyunning o’rtasida, ikkinchi marta – iyulning o’rtasida, uchinchi marta – iyulning oxirida dori purkaladi. Bu maqsadda fozalan xosilga kirgan olmazorda qo’llanganidek ishlatiladi. Urug’lik mevalarning xosilga kirmagan yosh daraxtlarga quyidagi zararkunandalar : pushtirang va kaliforniya qalqondori, olma barg biti, qon biti (faqat olma daraxtida), xaltali kuya, qandali, g’irdakkuya, nok qurti, (faqat nok daraxtilarida) o’simlik kanasi eng ko’p ziyon keltiradi. Qalqonlarga qarshi kurashda daraxtlarga nitroemulsiya purkaladi. Bunda hosilga kirgan bog’lar uchun mo’ljallangan texnologiyaga amal qilinadi. Qon bitga qarshi bahorda daraxtlarning ildiz bo’g’iziga tarkibida metofos yoki trixxlormitofosning 1,5 %li konsentrati bo’lgan yoki fozalan konsentrati yoki ho’llanuvchi poroshogi mavjud eritma purkaladi. Xaltali tuyaga qarshi bahorda, kurtak uyg’ona boshlagan davrda tarkibida 0,2 % trixxlormetofoz yoki rogor konsentrati, fazolon konsentrati yohud qo’llanuvchi poroshogi mavjud eritma bilan daraxtlar dorilanadi. OVX-14 purkagich qo’llanilib, gektariga 300-500 litr eritma sarflanganda, yuqorida qayd qilingan kimyoviy preparatlarning kuchi 0,4 foiz oshiriladi. Barg biti, qandala, girdakkuya, o’simlik tanasi va nok qurtiga qarshi dori purkash yozda daraxtlarda zararkunandalarning paydo bo’lishiga qarab o’tkaziladi. Bunda xaltali kuyaga qarshi kurash tayyorlangan kurash usuli ishlatiladi. Agar faqat qalqondorni yo’qotish zarurati tug’ilsa, daraxtlarga keltan yoxud kolloid oltingurgutidan tayyorlangan eritma purkaladi. Ko’rsatilgan tadbirlarni amalga oshirishda shuni nazarda tutish kerakki, daraxtlara nitroe’mulsiya purkalganda xaltali kuyaning, kolloid oltingurgut suspenziyasi purkalganda esa unshudring kasalligining rivojlanishiga ancha chek qo’yiladi. Danakli mevalarning kalmaraz va monilial quyish kasalliklari o’rik daraxtlariga eng ko’p zarar keltiradi. Bu kasalliklarning yo’qotish uchun daraxtlarga tarkibida mis mavjud bo’lgan eritma purkaladi. Birinchi dori purkash kuzda xazonrezgilik davri o’tkaziladi. Bu ish erta bahorda kurtaklar bo’rtish oldidan yoki kurtaklar uyg’onib, barg yoza boshlaganda amalga oshiriladi. Kuz va erta bahorda dori purkash uchun 3 foizli, kurtaklar bo’rtish davrida va kurtaklar bo’rtish davrida va kurtak barg yozish davrida esa 1 foizli bordoss suyuqligidan foydalaniladi. Daraxtlar gullab bo’lgach, har safar 15 kun oralatib, ularga yana ikki-uch marta suyuqlik purkaladi. Bu davrda 1 foizli bordoss suyuqligi yoki uning o’rniga misning xlor oksidi yoxud sineb kukuni qo’llaniladi. Kalmaraz, barg buralish, unshudring kasalliklari hamda zararkunandalardan tana biti, ayrim erlarda esa qalqondor va soxta qalqondor shaftoli daraxtlariga ziyon etkazadi. Kasalliklarning yo’qotish uchun daraxtlarga tarkibida mis yoxud oltin gurgut mavjud suyuqlik purkaladi. Birinchi marta dori purkash erta bahorda, kurtaklar bo’rtish oldidan yoki bo’rtayotganda amalga oshiriladi. Shaftoli gullab bo’lgandan keyin esa har safar 15 kun oralatib, bu tadbir yana ikki marta takrorlanadi. Barg bitining rivojlanishiga chek qo’yish uchun daraxtlarga fozalon yoxud rogor eritmasi purkaladi. Daraxt tanasidagi bitga qarshi daraxt tanasi va meva shoxlar tarkibida 3 foizli fozalon yoki rogor mavjud bo’lgan eritma bilan ishlanadi. Preparat brandspoyt bilan purkalib, gektariga o’rta hisobda 500-600 litr eritma sarflanadi. Erta bahorda kurtaklar bo’rtish oldidan qalqondor va soxta qalqonlarga qarshi daraxtlarga dori purkaladi. Buning uchun tarkibida 6 % dizel yoqilg’isi va 0,5 % niytrofen mavjud nitronemulsiyadan foydalaniladi. Purkash brandspoyt bilan amalga oshirilib, gektariga 2000 ldan 2500 litrgacha niytroemulsiya sarflanadi. Pushtirang, kaliforiya va olxo’ri qalqondorilari hamda olxo’ri biti daraxatlariga ancha katta ziyon etkazadi. Hosilga kirgan olxo’rizorlarga olxo’ri qurtlari mevalarini zararlaydi. Kasallik va zararkunandalarga biologik metod bilan kurashish choralari hozirgacha to’liq ishlab chiqilmagan. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishda qatnashadigan kurslarda o’qitish va ularni maxsus ishlab chiqilgan instruksiya bilan tanishtirish zarur. Bu sohada ishlaydigan kishilar maxsus kiyimlar, ko’zoynaklar, qo’l paypoqlar, etiklar bilan ta’minlanadi. Ish jarayonida chekish, ovqatlanish va ichimlik suvlar ichish ham mumkin emas. Ish vaqti tamom bo’lgandan keyin ishchilar kiyimlarini echib va boshqa muhofaza uchun ishlatiladigan asboblarini yig’ishtirib qo’yishlari, so’ngra yuz qo’llarini sovun bilan yuvishlari shart. Ishdan keyin kimyoviy moddalar qisman tushgan dorilardan kiyim kechaklar tozalanadi. Maxsus ishlatilgan kiyimlar mavsumdan keyin instruksiyaga qa’tiy amal qilingan holda saqlanadi. Ishlatishdan qolgan kimyoviy moddalarga ohak sepib, chuqurlarga ko’mib yuboriladi. Bunday chuqurlar suv oqadigan erlardan uzoq bo’lishi zarur. 30 kun davomida kimyoviy moddalar bilan ishlangan tomorqalarga mol, parranda va asalari kabi jonivorlar yaqinlashtirilmaydi. Download 95.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling