Mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash
Download 95.91 Kb.
|
AMALIY MASHG kxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurash choralari
- Kurash choralari.
- Bug’doy tripisi
Zararkunandalar O’zbekiston sharoitida boshoqli don ekinlariga 16 tur zararkunanda hashoratlar zarar etkazadi. Shundan eng xavflilari – zararli xasva, bug’doy tripsi, shilimshiqqurt va g’alla bitlari.
Zararli xasva O’zbekistonning barcha hududlarida uchraydi, tog’oldi mintaqalarida ekinlarga qattiq zarar etkazadi. Barg va boshoqlarini sanchib-so’rib zararlanishi natijasida don puch bo’lib qoladi. Ba’zan o’simlik butunlay quriydi. Don tarkibida oqsil kamayib ketadi. Zararlangan urug’ning unuvchanligi 50 foizgacha kamayadi. Bunday damlarda olingan unning sifati pasayib, hatto tandirga yopilganda oqib ketish hollari yuz beradi. Kurash choralari. Birinchidan, zararli xasvani qishlash joylarida yo’qotish. Ikkinchidan, 1m 2 lichinkalar soni 7-8 tadan yoki xasvalar 1 m2 da 2 tadan oshsa, insektisidlar bilan ishlov beriladi. Shilimshiqqurt. Qo’ng’izi ham, lichinkasi ham g’alla ekinlarining barglari bilan oziqlanib, katta zarar etkazadi. Kuchli zararlanganda 50 foizgacha hosilni kamaytirishi mumkin. Qo’ng’iz tuproqda, o’simlik qoldiqlari ostida qishlab chiqadi. Bahorda o’simlik barglariga 200 tagacha tuxum qo’yadi. Kurash choralari. Hosil yig’ib olingandan so’ng, dala chuqur va sifatli shudgor qilinadi. G’alla tuplash davrida mum pishish davrigacha har etti kunda nazorat qilinib, 1 m2 da 10-15 ta qo’ng’iz yoki bir poyada 1 lichinka topilsa yoki bargning 10-15 foizi sathi zararlanganda kimyoviy kurash usuli qo’llaniladi. Bug’doy tripisi yurtimizning barcha g’alla paykallarida uchraydi. Bug’doy tripsi 1-2 mm. gacha hajmdagi hashorat bo’lib, og’zi sanchib-so’ruvchi shaklda. G’alla ekinlarining boshoq qobiqlari ichiga kirib, qobiq va gul shirasini, keyinchalik don shirasini so’rib oziqlanadi. Bug’doy naychalash davrida zararlansa, 41 foizgacha, boshoqlanish davrida 28,5 foizgacha hosilni kamayishi mumkin. Kurash choralari hosildan so’ng, o’simlik qoldiqlari yo’qotilib, er chuqur haydaladi. Naychalash davrida bitta poyada 8-10 tripsi topilsa, kimyoviy usulda ishlanadi. Download 95.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling