Mavzu. Tuproqni kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar Reja
Download 41.5 Kb.
|
Ma`ruza 14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
mavzu. Tuproqni kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar Reja: Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalar.Litosfera strukturasi. Ifloslangan tuproqda mavjud bo'lgan zararli va zaharli kimyoviy elementlar. Tuproqning kimyoviy tarkibi. Tuproqni radiaktiv moddalar bilan ifloslanishdan saqlash. Tayanch so’z va iboralar: Yer po’sti, tuprоq, biоlоgik аylаnmа, tuprоqning fizikаviy, kimyoviy vа biоlоgik хоssаlаri, sho’rlаnish, erоziya, yеrlаrni kаpitаl vа jоriy tеkislаsh, sho’r yuvish, tuprоqlаrni bоnititlаsh. Hozirgi, yuksak ilmiy-texnika taraqqiyot davrida hayotning turli jabhalarida kimyo sanoati mahsulotlari keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda ham kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Serquyosh O’zbekistonimizning o’ziga xos iqlim sharoiti ziroatchilikning barcha jabhalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi har xil hasharotlar va zamburug’ kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ladi. Og’ir mehnatlar evaziga yetishtiriladigan qishloq xo’jalik ekinlariga har xil kanalar, bakteriyalar, zamburug’lar, viruslar va boshqa bir qator zararkunandalar juda katta zarar yetkazishi aniq. O’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun ishlatilayotgan kimyoviy vositalarning aksariyati universal ta’sir kuchiga egaligi bilan ajralib turadi. O’simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o’tlardan asrash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalarning umumiy atamasi pestidsid (lotincha pestis-zahar, sid-o’ldirmoq, yo’q qilmoq degan so’zlardan olingan) bo’lib, ular kimyoviy tarkibi, qaysi maqsadlar uchun qo’llanilishiga qarab, shuningdek, zararkunandalar organizmiga o’tish usuli hamda ta’sir qilishiga qarab guruhlarga bo’linadi. Qishloq xo’jaligida o’simlik zararkunandalariga, kasalliklariga, begona o’tlarga qarshi shuningdek, boshqa maqsadlarda foydalaniladigan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlanar ekan, bu ta’sirchan moddalar ma’lum miqdorda tashqi muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. Buning oqibatida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat ekinlari, yem-xashak va boshqalarning pestidsidlar bilan ifloslanib qolish xavfi tug’iladi. Buning uchun birinchi galda zaharli kimyoviy moddalar qanday yo’l bilan tashqi muhitni ifloslantirishi mumkinligini aniqlab olish kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda tashqi muhit ta’siriga ancha chidamli bo’lgan pestidsidlar DDT(C14H9C5), GXSG(C6H6Cl6), pentaxlorbenzol, polixlorpinen, polixlorkamfen va boshqalarning qanday o’zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Sug’oriladigan, dehqonchilik rivojlangan tumanlarda bu ta’sirchan moddalarning tashqi muhitdagi bir ob’yektdan boshqasiga o’tib turishi ancha oson bo’ladi, chunki bunday joylarda pestidsidlar ekinlarga beriladigansuv orqali tashqi muhitning boshqa ob’yektlariga, ya’ni suvdan tuptoqqa, tuproqdan o’simlikka o’tib turadi. Tashqi muhitga chidamli pestisidlar ayniqsa xavflidir, chunki ularning asta-sekin to’planib borishiga va shu tariqa odam hamda hayvonlar organizmiga ham tushish xavfi tug’iladi. Pestidsidlar suv, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmga tushib, uning surunkali zaharlanib borishiga sabab bo’lishi mumkin. Zaharli kilmyoviy moddalarning tashqi muhitda to’planib borishi odam organizmiga ham ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sevin singari ayrim pestidsidlarning o’rtacha haroratda ham bir sferadan boshqa sferaga o’tib, odam salomatligi uchun xavf soladigan miqdorda to’plana borishi aniqlangan. Tuproqda bir-ikki yilgacha saqlanib qolish xususiyatiga ega bo’lib, bu tuproq yana boshqa ob’yektlarning ifloslanishiga sabab bo’ladigan ikkilamchi rezurvuar (manba) bo’lib qolishi mumkin (sevin tuproqning shudgorlanadigan qatlamlariga o’tadi va bundan ham chuqurroqqa singishi mumkin). Biosferaning asosiy qismlaridan biri hisoblangan tuproq insoniyat hayotida eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Tuproq quyosh energiyasini ko’ptoq o’ziga singdirish qobiliyatiga ega bo’lib, o’simliklar uchun hayotbaxsh manba hisoblanadi. Tuproq tarkibida turli mikroelementlar, mikroorganizmlar, gel’mintlar, chirindilar va boshqa moddalar mavjud. Tuproq o’z navbatida qator gidrogeologik vazifalarni ham bajaradi. Bulardan biri va asosiysi uning g’ovaklik xususiyatidir. Ma’lumotlarga qaraganda, insonning hayotiy faoliyati natijasida tuproq o’zining normal tabiiy holatini yo’qotib bormoqda. Chunki, tuproq nihoyatda ko’p, turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanayapti. Tuproq sanoat chiqindilari, ko’p miqdorda zaharli kimyoviy moddalar, mineral o’g’itlar, kislota va ishqorlar, polimer moddalar bilan ifloslanib bormoqda. Hozir tuproqni ifloslantirayotgan zaharli moddalar insonlar uchungina emas, balki boshqa foydali jonivorlar uchun ham zaharliligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligida keng qo’llanilayotgan pestisid turlari tuproqlardagi bakteriyalarga ham salbiy ta’sir qilmoqda.Bu zaharli moddalar yuqori biologik faol moddalar bo’lganligi tufayli, tuproqning ostki qatlamlariga chuqur singib, sizot suvlarini ham zararlantirmoqda. Buning oqibatidao’simlik tanasida ularning ildiz sistemalari orqali to’planib, inson va hayvonlar uchun katta xavf tug’diradi.Ya’ni pestidsidlar biosidlar tabiatdagi jonivorlarning hammasiga zarar beruvchi omillarga aylanishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan tuproqda yig’ilib boradigan biosidlarning qatoriga xlororganik birikmalar, ya’ni DDT, GXSG, geptaxlor, aldrin va boshqalar kirib, ular 4-10 yillar davomida saqlanib o’zining ta’sirchanligini yo’qotmasligi mumkin. Demak, biosidlar tuproqda harakatchan gravitasion molekulyar diffuziya ta’sirida kapillyar suv bilan ko’chib yuradi. Bu moddalarning tabiatda ko’chib yurishi zaharli moddalarning miqdori, adsorbsiya va desorbsiya kuchlarining ta’siri, ta’sirchan moddaning bug’lanish tezligi, mazkur joylarning suv va issiqlik rejimiga bog’liq bo’ladi. Muttasil yog’ingarchilik yoki ekinlarni sug’orish jarayonida kuchsizsingdiriladigan biosidlarning gidrofil xususiyatga ega bo’lgan tuproqqa suv bilan chuqur qatlamlarigacha singib borishi mumkin. Mabodo ob-havo quruq kelib, tuproq nami bug’lansa, u vaqtda biosidlar yer yuzasiga tarqalishi mumkin. Umuman biosidlarning tuproqda to’planishi, ko’chib yurishi, mazkur joylarning fizik-geografik sharoitiga bog’liq. Bulardan tashqari bir xil ekologik sharoitda tuproq mag’izida biosidlarning to’planib qolishi, ularning o’ziga xos tabiatiga ham bog’liq bo’ladi. Biosidlarning tuproqda uzoq vaqt saqlanib qolishi tuproqning turiga ham bog’liq ekan. Tuproq gumus moddasiga va chirindiga boy bo’lsa, unda biosidlar xiyla uzoq saqlanishi mumkin. Quruq g’ovakli, yengil, qumli tuproqlardagi zaharli, kimyoviy moddalar anchagina oson parchalanishiga moyil bo’ladi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ishlatilgan pestisidlarning faqat 1% yo’qotilishi lozim bo’lgan zararkunandalarga halokatli ta’sir ko’rsatadi, pestisidlarning qolgan qismi o’simlik va tuproq tarkibida ushlanib qoladi, sug’orishda ishlatilgan suvlar, yog’ingarchilik suvlari oqimi bilan yuilib, atrof-muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. Tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanish darajasi dastlabki ishlatilgan biosidlarning turg’unlik xossasiga ham bog’liq. Biosidlarning turg’unligi uning tashqi muhitning fizik, kimyoviy, biologik ta’siriga chidamliligi, parchalanishga nisbatan turg’unligiga bog’liqdir. Odatda biosidlarning tuproqda zaharsiz holatga o’tishi, ya’ni detoksikatsiyaga uchrashi bir qancha yo’llar bilan sodir bo’lishi mumkin. Bu hol biosidlarning tuproq sharoitida qanday holatda bo’lishiga bog’liq. Masalan, laboratoriya sharoitida olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, chidamli pestisid DDT tuproq ustiga ma’lum miqdorda sepilgan bo’lsa, har kuni uni 6-8 soat davomida tashqarida quyosh nuri tushib turgan joyda saqlansa, 6 oy mobaynida pestisidning miqdori 60-70% ga kamayib ketadi. Mabodo preparat tuproq bilan aralashgan holda bo’lsa, shuingdek unga go’ng qo’shilgan bo’lsa, unda yilning oxiriga borib pestisidning miqdori 30-25% ga kamayishi mumkin. Shundan ko’rinib turibdiki, pestisidlarning ta’sirchanligini kamaytirishda tuproqning o’ziga singdirish qobiliyati, uning tarkibidagi mikroorganizmlarning miqdori va boshqa omillar katta rol o’ynaydi. Tuproqdagi organik moddalar undagi boshqa komponentlarga qaraganda biosidlarnin aktivroq singdiradi. Biosidlarning tuproqqa singishi tuproqning kimyoviy tarkibiga va strukturasiga ham bog’liq. Bularning barchasi biosidlarning parchalanishiga katta yordam beradi. Issiq iqlim sharoitidagi tuproqlarda biosidlar tez parchalanadi. Agar bunda yer haydalib (shudgorlab), zaharli ta’sirchan preparatlarning parchalanish jarayoni kuchayadi. Odatda biosidlarning parchalanishi to’liq yoki oraliq moddalar hosil qilish bilan borishi mumkin. Biosidlarning zararsiz holatga kelishi fitokimyoviy reaksiya orqali yoki oksidlanish, gidroliz, biologik omillar ta’sirida detoksikatsiyalanishi natijasida hal bo’lishi mumkin. Hozirgi kunning asosiy muammolaridan biri bu biosidlarning detoksikatsiyasi masalasi hisoblanib, u olimlarning diqqat markazida turibdi. Tuproqni bulg’atishi mumkin bo’lgan biosidlarni, ularni zararlanish darajasiga qarab professor Sokolov uch guruhga ajratadi. Birinchi guruhga zaharlilik darajasi kuchli bo’lgan biosidlar kiradi. Bular zaharlilik darajasi bo’yicha gronozan, GXSG, geptaxlor tiodan, siram, metafos, sevin, lindan, mis fosfidi, karbation, DNOK, TMTD, PXP PXKlardir. Ikkinchi guruhga zaharlilik darajsi o’rtacha bo’lgan biosidlar kiradi. Bular artain, simazin, PXF, 2,4-D, metilmerkaptofos karbin, treflan, nitrafen, tiozin, margimush, IFK, DDVF, karbofos, sayfos, xlorofos, kuprozan, monouron, prometrin, fosfamid, fazalon piramin, TXA, trixlormetafos va ftalofoslardir. Uchinchi guruhga zaharliligi kuchsiz bo’lgan biosidlardan xlor IFK, efirsulfonat, orezin, metilnitrofos, semeron, antio, keltan, karatan, polikarbosin, dalapon, diuron, kuprosin, solan daktal, dixloretan, tedion, figon, ftalan, PXB va boshqalarni kiritish mumkin. Pestisidlar o’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan saqlanish bilan birga, hosildorlikning oshishiga yordam beradi. Biroq keyingi vaqtlard ular tuproqda va landshaftlarda to’planib fitosenozlarga, biosenozlarga va ular orqali ko’pchilik hayvonot dunyosi hamda odamzotga ko’rsatadigan salbiy ta’siri ortib bormoqda. Biosidlar qishloq xo’jaligi mahsulotlari orqali odam organizmiga tushib, unda to’planadi va organizmning normal hayot kechirishiga, shu jumladan nasliga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi qayd etilmoda. Biosidlarning uchdan bir qismi naslga radiatsiyadan kuchliroq kimyoviy-genetik ta’sir qilib, mutatsiyaga olib kelishi qayd qilingan. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, biosidlar tufayli olinadigan foyda pul hisobida o’lchanmasligi kerak. Chunki biosidlar o’z o’rnida, tadbirkorlik bilan ishlatilmasa foydali hasharotlar, hayvonlar organizmiga, tabiatga bo’lgan noxush ta’siri barchasidan ham inson sog’lig’iga va uning nasliga ko’rsatadigan asoratlarini pul bilan baholashning iloji yo’q. Biosidlar qaysi guruhga kirishi va qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ulardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutmoq zarur. Bunda, albatta mazkur biosidning xossalari, o’ziga xos tabiati, ta’sirchanligi, qolaversa tabiatga hamda tirik organizmlarga berishi mumkin bo’lgan asoratlarini yaxshi bilmoq darkor. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan biosid namunalarining o’z o’rnida, me’yorida qo’llash katta ahamiyat kasb etadi. Download 41.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling