Mavzu: Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish usullari


Download 101.44 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi101.44 Kb.
#1559192
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi Dexqonchilik chala


Kurs ishi Dexqonchilik
Mavzu: Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish usullari.
Kirish.
I BOB Adabiyotlar taxlili
II BOB Asosiy qisim
1.O’simlik xayotida, tuproqdagi suvning axamiyati va uning asosiy manbalari.
2.Tuproqdagi suvning shakillari.
3.Tuptoqdagi suv xossalari va uni boshqarish usullari
4.
Xulosa.

Tayanch iboralar: o`simliklardagi bioqimyoviy jarayonlar, urug`ni 
bo`tishi, transpiratsiya, quruq moda, transpiratsiya koeffitsiyenti, kserofit, mezofit, 
gigrofit, gidrofit, sizot suvlari, absolyut quruq tuproq, fizikaviy va kimeviy birikkan 
suv, kolloid va mineral, gigroskopik suv, gravitatsion suv, dala nam sig`imi, 
tuproqni suv o`tkazuvchanligi, tuproqning suv xossalari, suv rejimi. O`simlik 
hayotida, tuproqdagi suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari. 
Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo`lgan suv o`simliklar uchun ham 
xal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o`simlikda bo`ladigan kimyoviy va 
bioqimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O`simlik suv bilan yetarli 
ta’minlangandagina uning o`sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar 
normal o`tadi. Urug` bo`rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o`simliklarga suv 
kerak bo`ladi. 
1-jadval. 
Urug`larning unib chiqishi uchun zarur bo`lgan suv miqdori (urug` 
massasiga nisbatan % hisobida) 
Tarik 25 
Suli 58,9 
Makkajuxori 44 
Chigit 60 
Bug`doy 45 
Zig`ir 100 
Arpa 48,2 
Ko`k no`xat 106,8 
Beda 56,3 
Qizil sebarga 117,3 
Javdar 57,5 
Qand lavlagi 120,3 
O`simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo`ladi. O`suv davrida o`simliklar bu 
suvning asosiy qismini bug`lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o`simliklar 
o`zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o`z organizmining shakllanishi uchun 
sarflaydi. 
Suv, o`simliklarni o`suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to`plashini 
belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori 
hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan ta’minlangandagina olish mumkin. 
O`simliklarning suvga bo`lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha 
bo`ladi. Masalan, kuzgi bug`doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajuxori 
gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, 
kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g`o`za gullash va meva tugish 
davrida suvni ko`p talab qiladi. Ko`p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan 
bo`ladi. 
O`simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o`zlashtirib, uni organizmi 
orqali atmosferaga bug`latib turishi esa transpiratsiya, quruq moddalar hosil qilishi 
uchun sarflangan suv miqdori transpiratsiya koeffitsiyenti deyiladi. (2- jadval) 
2-jadval 
O`simliklar turiga qarab transpiratsiya koeffitsiyenti turlicha bo’ladi.
Bug`doy 271-639 
Kungaboqar 490-577 
Javdar 431-634 
Kartoshka 285-575 
Arpa 404-664 
Karam 250-600 
Suli 423-876 
Tarvuz 577-600 
Tariq 177-367 
Qovun 597-621 
Makkajuxori 239-495 
Qovoq 685-831 
Juxori 239-393 
Bodring 713 
Sholi 395-811 
Pomidor 500-650 
Ko`k no`xat 563-747 
Sebarga 300-731 
G`o`za 368-650 
Beda 568-1068 G`o`za o`suv davrida juda ko`p suv sarflaydi. Chunonchi, chinbarg chiqargan davrida bir gektar yerdagi g`o`za sutkasiga 10-12 m3 shonalash davrida 30-50 m3gullash va meva tugish davrida eng ko`p 80-120 m3 ko`saklar ochilishi davrida esa 30-40 m3suv sarflaydi. Bir gektar paxta maydonidan o`suv davrida 5000-8000 m3suv sarflanadi.O`simliklar suvga bo`lgan munosabatiga qarab kserofit, mezofit, gigrofit va gidrofit guruhlarga bo`linadi. 
Kserofitlarga yantoq, shuvoq, juzg`un, oq va qora saksavul kabi quruq dasht 
va cho`llarda o`sadigan qurg`oqchilikka chidamli o`simliklar; mezofitlarga g`o`za, 
beda, makkajuxori, qovun, tarvuz kabi namsevar ekinlar; gigrofitlarga sholi, 
qamish, qiyoq kabi tuprog`i doim sernam bo`lib turadigan yerlarda o`sadigan 
o`simliklar; gidrofitlarga suv o`tlari va gulli suv o`simliklari kabi suvda o`sadigan 
o`simliklar kiradi. 
Agar tuproqda nam uzoq vaqtgacha yetarli bo`lmasa, o`simliklar hayot 
faoliyati izdan chiqadi va so`liydi, natijada ularda gidroliz jarayoni kuchayib, 
sintezlash esa to`xtaydi. 
Tuproqda namning keskin kamayishi mikroorganizmlarning faoliyatiga ham 
salbiy ta’sir etadi. Ma’lumki, quruq tuproqda biologik jarayonlar sunib, organik 
moddalarning parchalanishi to`xtaydi. Tuproq nami uning to`la nam sig`imiga 
nisbatan 60 % bo`lganda, mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun eng qulay 
sharoit vujudga keladi. 
Tuproq namligining asosiy manbai atmosfera yog`in-sochinlari, sug`orish va 
sizot suvlaridir. 
Atmosfera yog`in-sochinlari, qatlamdagi suvning millimetrlab o`lchanadigan 
qalinligiga qarab aniqlanadi. Atmosfera yog`in sochinlari O`rta Osiyo respublikalarida bir xil emas, bu asosan tog` tizmalarining joylashish tizimiga bog`liq. Shamolga turlicha bardosh 
beruvchi tog` yon bag`irlari ham namni turlicha qabul qiladi. Nam shamollar – bu 
g`arbiy va janubiy-g`arbiy tomonga qaragan yon bag`irlar, boshqa tomondagilarga 
qaraganda yog`in suvi bilan ko`proq ta’minlanadi. 
O`rta Osiyo sharoitida yog`inning ko`pi (50% bahorda, undan kamrog`i 30-
35% gacha) qishda, undan ham kami kuzda tushadi. 
Yozda yog`ingarchilik deyarli bo`lmaydi. Kech kuz, qish va erta bahorda 
yog`ingarchilik ko`p bo`ladigan rayonlarda yog`in-sochin hisobiga tuproqda nam 
to`plash mumkin, bunday yerlarda urug`ni tuproqning tabiiy namiga undirib olsa 
bo`ladi. Oktyabrdan to aprelgacha 150-200 mm atrofida yog`in tushadigan 
rayonlarda yerni qo`shimcha sug`ormaslik ham mumkin. 
O`rta Osiyoning sug`oriladigan mintaqalarida asosiy suv manbai daryolar 
hisoblanadi. O`zbekistonning Sirdaryo, Amudaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, 
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxandaryo va boshqa daryolar suvi ta’minlaydi. Bu 
daryolar suvning paydo bo`lishiga qarab (V.I.Shulьts fikricha) to`rt tipga: muzlikli, 
qor muzlikli, qorli, qor-yomg`irli tipga bo`linadi. 
Baland tog`lardan oqib tushadigan O`rta Osiyo daryolari yuqoridan oqib 
tushib butun vodiyni suv bilan ta’minlaydi. Ekinlar daryo suvlari bilan sug`orilganda 
tuproq unumdorligini oshiradigan juda ko`p loyqa cho`kindilar oqib keladi. 
Sizot suvlari ham tuproqda nam zahirasini to`ldiruvchi manbalardan 
hisoblanadi. Dunyo bo`yicha sug`oriladigan maydonlarning 12 % sizot suvlari bilan 
sug`oriladi. 
O`zbekistonda sizot suvlari bilan 400 ming gektarga yaqin yerni sug`orish 
imkoniyati bor (R.Alimov). 


Download 101.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling