Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi
Safarni tashkil etish bo’yicha tasniflash
Download 306.98 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu-turizm turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekreatsiya maqsadidagi turizm.
Safarni tashkil etish bo’yicha tasniflash
Tashkillashtirilgan turizm – turistik firma tomonidan yakka-individual yoki guruh holdagi turistlarga tashkil qilingan sayohat tashkillashtirilgan turistlar turoperator yoki uning agentidan turli xizmatlar to‘plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi. Turizmda tashkil etishning qarama-qarshi usullari bo‘yicha uyushtirilmagan yoki xususiy turizmni ko‘rsatish mumkin. Xususiy sayohat turagentlikka murojaat qilmasdan, bevosita yetkazib beruvchidan xizmatlarni sotib olish yo‘li bilan mustaqil ravishda tashkil qilinadi. Ba‘zan xususiy sayohatni «O‘zboshimchalik» deb xato aytiladi. Ammo biroq «o‘zboshimcha turizm» juda tor tushuncha bo‘lib, sayohatdan harakatlanishning faol usullari (piyoda, velosiped) dan foydalaniladi. Bu turist tomonidan mustaqil yoki klub instruktorlari yordamida tashkil etiladi. Sayohat maqsadi bo’yicha tasniflash BTT bosh maqsadga bog‘liq holda safarni quyidagi guruhlarga bo‘ladi: rekreatsiya; ijtimoiy maqsadlar; ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlar; tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish; diniy (ziyorat); boshqa maqsadlar. Maqsadga bog‘liq holda turizm turlarini qisqacha kurib chiqamiz. Rekreatsiya maqsadidagi turizm. Bu turizmning asosiy maqsadi dam olish, davolanish va boshqa sog‘lomlashtirish maqsadlaridan iborat. U bo‘sh vaqtni to‘ldirish uchun sayr-tomosha va turli xil sport mashg‘ulotlarini taklif etadi. Ba‘zi asoslarga ko‘ra unga turizmning ekskursiya, ixtisoslashgan, ta‘limiy, sport, sarguzasht, ekzotik, ekologik turlari ham qo‘shiladi. Ekskursiya turizmi bilim ortirish turizmining ko‘proq ommalashgan turlaridan biri hisoblanadi. U turistik diqqatga sazovar joylar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi (tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari va san‘at boshq.). Ekskursiya marshrutlari odatda bir necha shaharlardan o‘tadi va eng mashhur yodgorliklar bilan tanishish imkonini beradi. Bunga Germaniya bo‘ylab nom qozongan: Kyoln – Bonn – Dyuseldorf – Frankfurt-na – Mayn – Nyurenberg – Myunxen. Italiya bo‘ylab: Rim – Venetsiya – Florentsiya yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin. Download 306.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling