Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi


Download 306.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana25.01.2023
Hajmi306.98 Kb.
#1119887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 mavzu-turizm turlari

Xalqaro turizm turlari 
Tasnifiy belgisi 
Turizm turlari 
Sayohatlar maqsadi 
Dam olish va rekreatsiya
Davolanish
Ishga doir (Business & Intsentive)**
Ta‘limiy
Diniy
Etnik
Boshqalar
Takliflar turi 
Yakka holda
Guruh bo‘lib
Kompleks xizmat ko‘rsatish


Hammasi qo‘shilgan (All - inclusive) 
Klubda dam olish
Alohida e‘tibor (VIP) 
Buyurtmachilar turi 
Korporativ
Harakatlanish usuli 
Aviatsiya
Temir yo‘l
Avtoturizm 
Avtobusli
Dengiz sayohati (Sea cruise) 
Daryo sayohati
Piyoda (Hiking) 
Veloturizm
Cafarni tashkil etish usuli 
Uyushtirilgan
Xususiy
Sayohatchilar yoshi 
Yoshlar
Keksa yoshdagi odamlar uchun (Senior) 
 
Takliflar turi bo’yicha tasniflash (klassifikatsiyalash) 
Guruh (Group) va yakka holda (FIT)gi xorijiy turizm. Turistik biznesda professional 
(kasb mutaxassis) lar bir-birlarini yarim so‘zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. Group 
va FIT atamalari ko‘proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT abbreviaturasi Foreign 
Independent Traveler ma‘nosini anglatadi. Tom ma‘noda – xorijiy mustaqil sayohatchi, o‘zbek 
tilida – yakka turist deb ataladi. U sayohat marshruti va grafigini o‘z xohishiga qarab, o‘zi 
belgilaydi.
Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin, sayohatni mustaqil 
tashkil eta olishi ham mumkin. Masalan, Internet orqali.
Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar (etkazib beruvchilar) o‘z xizmatlarini 
yakka – individual turistlar va guruh holdagi turistlar uchun alohidagi tariflar bo‘yicha taklif 
qiladilar. Yakka individual holdagi sayohat odatda guruh sayohatiga qaraganda qimmatga 
tushadi (bir turistga hisoblanadi). 
Kompleks xizmat ko‘rsatish (package tour) guruh turizmi uchun taklif qilingan 
xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi, unda tur qiymatiga qo‘shilgan 
xizmatlar to‘plami qayd etilgan. Odatda, turpaket qiymati tur paketga kirgan ayrim xizmatlar 
qiymati summasidan pastroq. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh 
turistlari uning evaziga kompleks xizmat ko‘rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, 
mehmonxonaga joylashish, restoranda ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar 
qo‘shilgan. 
Turpaketga butun marshrut bo‘ylab gid-tarjimon xizmatlari ham kiritilishi mumkin. Bu 
yoshlar va maktab guruhlari, shuningdek uchinchi yoshdagi turistlar orasida ayniqsa mashhurdir. 
Professional (kasbiy) gid-tarjimonlar ekskursiyalar o‘tkazadilar. Ular turistlar boradigan yo‘l 
(marshrut) bo‘yicha axborotlar beradilar. Guruhga xizmat ko‘rsatishda barcha tashkiliy 
masalalarni ham hal etishda ko‘maklashadilar. Guruhning barcha a‘zolariga g‘amxo‘rlik va 
e‘tibor ko‘rsatadilar. Gid – tarjimonlar sayohat chog‘ida turistlar ko‘rganlarini tushuntiradilar, 
ular haqida aytib beradilar. 
Hammasi qo‘shilgan (All inclusive) – joylashish xizmatining alohida turi bo‘lib, ayrim 
qimmat otellar tomonidan butun restoran – mehmonxona xizmatlari to‘plami bitta narxga 
qo‘shilgandir. 
Ayniqsa muhim mu‘tabar shaxs (VIP) lar uchun turistik kompleks xizmat taklif qilish 
alohida katta e‘tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasi (va baland narxni) ni taqozo etadi. 
Bu masalan, aeroport, ch ega ra va bojxona rasmiyatchiliklaridan o‘tish bo‘yicha, bo‘lishi 
mumkin. Alohida shinamxona, limuzinda tranfer tashrif buyurish, tantanali kutib olish, prezident 
xonasiga joylashtirish, kutib olish va marosimlarni tashkil etish ham shu xizmatlarga kiradi. 


Klubda dam olish (Club holidays) alohida tashkiliy tarkibga taklif qilinadi. Qaysikim u 
o‘z hududiga va joylashish vositalariga ega. Klub mijozlarining ko‘ngil-ochish va faol dam olishi 
uchun maxsuslangan. 

Download 306.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling