Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi
Download 306.98 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu-turizm turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dam olish turizmi
- Maxsus turizm.
- Ta’limiy turizm
- Sport turizmi.
Davolanish turizmi — maxsus yo‘nalish hisoblanib, turistlar o‘z kasalliklarini davolash
maqsadida yer osti issiq suvlariga, maxsus joylarga, shaharlarga va mutaxassislarga borishadi. Hozir respublikamizda 500 dan ortiq turistlar uchun mo‘ljallangan davolanish maskanlari mavjud bo‘lib, ulardan 100 tasiga turli kasallarni davolash maqsadida 10—30 kunlarga mo‘ljallangan turmahsulotlar sotiladi. O‘lkamizdagi yer osti ma‘danli suvlari turli kasalliklarga davo bo‘lib, bu sihatgohlarga yo‘llanmalarni turistlarga davolanish uchun turmahsulot sifatida yanada ko‘proq sotish mumkin. Dam olish turizmi — dam olish kunlari bayram yoki ishdan ta‘til olgan kunlar maxsus yo‘nalishlardan foydalanish. Shahardan tashqariga dam olib kelish maqsadida ish bo‘lmagan kunlarda maxsus tuzilgan yo‘nalishlar. Oxirgi yo‘nalish qisqa va faqat dam olish kunlari, bayram kunlari tashkil qilinadi. Rivojlangan davlatlarda dam olish turizmi ta‘til vaqtida turistlaming boshqa joylarga va davlatlarga borib dam olib kelish jarayonini ham nazarda tutadi. Masalan, Turkiyadagi Antaliya turmarkazida bir vaqtning ichida 2 ming turist dam oladi. Dam olish turizmida har bir yo‘nalish ma‘lum miqdorda turistlarning dam olishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Turistlar dengiz bo‘yida, tog‘lar o‘rtasida va maxsus shifobaxsh joylarda dam olishni ma‘qul ko‘radilar. O‘zbekistonda hozir 1300 dan ortiq dam olish maskanlari mavjud bo‘lib, ulardan 300 tasiga xalqaro turistlarni jalb qilish mumkin. Maxsus turizm. Oddiy dam olish sayohatidan farqli ravishda mazkur turizm ma‘lum maqsadga ega. Xalqaro sport musabaqalarida ishtirok etish, xoh hayvonlarni kuzatish, xoh ot sporti yo‘nalishi, tarixiy va shaxs bilan bog‘liq joyda bo‘lishi uchun kelgan bo‘lsin turistlarning maqsadi shular bilan bog‘liqdir. Maxsus ixtisoslashgan turizmda g‘ayrioddiy joylashish maskanida to‘xtashni istovchi birlashgan turistlar guruhlari ajratiladi. Bu joy salomatlik fermasi yoki dehqon uyi bo‘lishi mumkin. Bu segment bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday turistlar yuqori darajada ma‘lumotli, shaxsiy daromadi baland, ijtimoiy ahvoli martabali (boshqaruvchi, noyob mutaxissislar va boshqa yuqori darajadagi kasb egalari) kishilardir. Ta’limiy turizm. O‘qish, malaka oshirish maqsadidagi sayohat xalqaro turizmda nisbatan yangidir. Ko‘proq til o‘rganish uchun safarlar ommaviylashmoqda. Ayniqsa Buyukbritaniya va boshqa ingliz tilida so‘zlovchi mamlakatlarga qiziqish katta ortib bormoqda. Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi – tanlangan sport turi bilan shug‘ullanish. Bunday safarlar faol va passiv holatga bo‘linadi. Faolda qaysidir sport turi bilan shug‘ullanish asosiy o‘rin tutadi. Passivda esa sportga qiziqish masalan musobaqalarga tashrif buyurish-tomosha asosiy maqsaddir. Download 306.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling