Mavzu: Turkiston general-gubernatorligini tashkil etilishi va uning boshqaruv tizimi Reja


TURKISTON GENERAL-GUBERNATORINING AMUDARYo BO’LIMI TAShKIL ETILDI


Download 0.96 Mb.
bet3/8
Sana09.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1347624
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Туркистон генерал губернаторлигини ташкил топиши

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORINING AMUDARYo BO’LIMI TAShKIL ETILDI
1875 yil Qo’qon xonligida ichki tartibsizlik bo’lib turdi, Xudoyorxon Xo’jandga qochdi. Qo’qonliklarning hujumlari. Qo’qonlik galalar 9 avgustda Xo’jandga hujum qildilar. General-ad’yutant Fon Kaufman otryadining (16 ta rota, 20 ta to’p-zambarak, 8 ta raketa qurilmasi) Qo’qon xonligiga qarshi yurishi boshlandi.
22 avgust, Quqonliklar Mahram istehkomi yaqinida mag’lubiyatga uchradilar.
29 avgust. Qo’qon shahri egallandi.
8 sentyabr. Marg’ilon shahri egallandi
General Skobelev uchqur otryadi (6, ta yuzlik 2 ta rota aravalarda, 4 ta otliq, to’pchi va raketachi batareya) bilan Mingbuloq va O’sh atrofida izlanishlar amalga oshirdi. Andijon vakillari tobeliklarina izhor qildilar.
30 sentyabr. Andijonda g’alayon ko’tarildi, General Trotskiy otryadining (5 ta rota, 86 ta sapyor, uch yarim yuzlik, 8 ta to’p-zambarak, 4 ta raketa qurilmasi) Andijon harbiy harakati boshlandi.
1 oktyabr. Andijon hujum bilan olindi.
17 oktyabr. Namangan bo’limi (xonliklarning Norin daryosi o’ng qirg’og’idagi shimoliy qismi) Rossiyaga qo’shildi. General Skobelev boshliq qilib tayinlandi. Qo’qon honligida avvalgi hokimiyatni tiklashga urinish va tartibsizliklar sodir bo’ldi. Nasriddinxon Xo’jandga qochdi. Qo’qonliklar Qurama uezdiga hujumlar uyushtirdilar.
24 oktyabr. General Skobelev (3 ta rota, bir yarim yuzlik, 4 ta to’p-zambarak) Namangandan Chust shahriga yurish qildi. Namanganda qo’zg’olon bo’ldi.
27 oktyabr. Skobelev orqaga qaytdi. Namangan shahri bombardimon qilinib, ishg’ol etildi.
11 noyabr. General Skobelevning (4 ta rota, to’rt yarim yuzlik, 6 ta to’p-zambarak, 4 ta raketa qurilmasi) Norin daryosining chap qirg’og’i tomon harakati boshlandi. Baliqchi yaqinidagi ishlar; Valixon To’ra boshliq qipchoqlar tor-mor keltirildi.
29 noyabr va 2 dekabr. General Skobelev otryadi (1 ta rota, bir yarim otliq rota, uch yarim yuzlik, 2 ta to’p, 2 ta raketa qurilmasi) Norin daryosining chap qirg’og’idagi izlanishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

1876 yil
Qo’qonliklarga qarshi harbiy harakat davom ettirildi. General Skobelev otryadi (2880 kishi) Andijonga tomon yurish boshladi.


8 yanvar. Andijon hujum bilan qayta olindi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling