Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Milliy siyosat va davlat qurilishi masalalari. Reja
Nazorat uchun savollar:
1917-yil fevral inqilobiy o‘zgarishi yuz bergan vaqtda xonliklarda qanday ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukm surayotgan edi? Xiva xonligida siyosiy ahvol qay tarzda kechayotgan edi? Yosh xivaliklar faoliyatiga oid nimalarni so‘zlab bera olasiz? Junaidxon xonlik hukmdori bo‘lib olganidan keyin nega xonlikdagi siyosiy tanglik jiddiy tus olib bordi? Xiva xonligi qay yo‘sinda tugatildi? Buxoro amirligida vaziyat qanday edi? Yosh buxoroliklar faoliyati haqida nimalar bilasiz? Sovet Turkistoni harbiy qo‘shinining Buxoroga bosqin uyushtirganini qanday baholash mumkin? Buxoro amirligi ag‘darilgach qanday hokimiyat organlari tuzildi? Mavzu: Milliy siyosat va davlat qurilishi masalalari. Reja: Sovet hokimiyatining milliy siyosati. Milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari. O`zbekiston SSRning tashkil etilishi. Adabiyotlar: “O`zbekistonning yangi tarixi” 2-kitob T.“Sharq” 2000, 161-178, 282-302 betlar. Usmonov Q, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy). T.»Sharq” 2003, 67-78 betlar. 1-masala: Bolsheviklar partiyasi bosh bo‘lgan sovet hokimiyati Turkistonda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko‘zlab u XX-asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos bo‘lgan “bo‘lib tashla, hokimlik qil” qabilidagi o‘z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo‘lini tutdi. Sovet mutasaddilari o‘zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg‘on-yashiq va’dalari va da’vatlari bilan mazlum millat kishilarini o‘z hukmlariga bo‘ysundirishga, “yagona Turkiston uchun” kurash g‘oyasini yo‘qqa chiqarishga intildilar. Turkiston xalqlari o‘z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intilardi. 1920-yil yanvarida bo‘lib o‘tgan Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferensiyasida Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi T.Risqulov so‘zga chiqib, mushtarak Turkiston g‘oyasini ilgari suradi. Asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom Respublikasini Turk Sovet Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi, deb o‘zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo‘mi, uning siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo‘ldi. Shu bois “Turkiston masalasi” bir necha bor Markazda muhokama qilindi. 1920-yil 13-iyunda T.Risqulov, N.Xo‘jayevlardan iborat Turkiston xalqlari delegatsiyasi o‘z amaliy takliflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari V.I.Lenin qabulida bo‘ladi. Sovet hukumati rahbariyati va bu masalani 1920-yil 29-iyulida ko‘rib chiqqan RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy byurosi Turkiston xalqlari delegatsiyasi iltimosnomasiga ijobiy baho bera olmadi. Buning aksicha, sovet hukumati va partiya rahbariyati o‘lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda “Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida”gi maxsus qarorni qabul qilib, bunda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo‘mitasining doimiy vakolatxonasi bo‘lishi kerakligi zarur, deb ko‘rsatildi. Mazkur qaror o‘lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Shunday qilib, o‘lka xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘z milliy davlatchiligini o‘z xohishlaricha huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham toptirildi. O`lka xalqlarining orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘la olmagan Turkiston avtonom respublikasi hukumati raisi T.Risqulov tez orada o‘z lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo‘lidan ilgarilab borishini emas, balki uning doimiy nazoratlari ostida bo‘lishini xohlardi. O`lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning boyliklari va tabiiy mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi, xizmat qilishi ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O`rta Osiyo byurosi, O`rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o‘lka hayotining barcha jabhalarini o‘z nazoratiga olishi, o‘z iznlariga bo‘ysundirish borasida harakat etib kelganligi boisi ham mana shundadir. Ma’lumki, bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyati barcha usul va g‘oyaviy ta’sir vositalarini ishga solib, mazlum millatlarni yagona bir qizil saltanat tarkibiga birlashtirish, shu asosda qudratli ittifoq davlatini barpo etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Chorizmning mustamlakachilik siyosatini boshqacha shakl va ko‘rinishlarda ustamonlik bilan davom ettirgan makkor sovet rejimi sovet respublikalari ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. Sovet hukumati rahbari V.I.Lenin, yangi ittifoq RSFSRdan yuqori bo‘ladi va unga RSFSR ham boshqa milliy respublikalar kabi teng maqom va huquqlar bilan kiradi, degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana bir o‘ziga xos hiylasi edi. Nihoyat, RKP(b) MQ rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ‘ibot ishlari va ko‘rsatilgan tazyiqlar o‘z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Kavkazorti Federatsiyasi Kompartiyalari, bu respublikalarning sovetlar s’ezdlari RKP(b) Markazqo‘mining “SSSRni tuzish to‘g‘risida”gi takliflarini qo‘llab-quvvatlashlarini bayon qildilar. 1922-yil 26-dekabrda sovetlarning Butun Rossiya X-s’ezdi sovet respublikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb topdi. 1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq sovetlarining I-s’ezdi SSSRni tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi. SSSRning yuqori hokimiyat organlari – Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va hukumati tuzildi. V.I.Lenin SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi. Shunday qilib, oktabr to‘ntarishidan 5 yil o‘tgandan keyin 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi. Uning ta’sischilari RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Kavkazoprti Federativ respublikalari hukumatlari bo‘ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib bordi. XX-asrning 30–40-yillari boshlariga kelib bu ittifoq davlati tarkibi yangi respublikalar hisobiga kengayib, u son jihatidan 15 taga yetkazildi. Shunday qilib, yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan qudratli sovetlar saltanati vujudga keldi. Bu ittifoqqa asos solingan barcha dasturamal hujjatlarda tenglik, birodarlik tushunchalari aks ettirilsada, biroq amalda u hukmron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdiriyu qismati, inon-ixtiyorini tamomila o‘z tasarrufiga bo‘ysundirishga xizmat qilgan tuzoq rolini o‘tab keldi. Negaki, bu ittifoq uning tarkibiga kiritilgan har bir milliy respublikalarning amaldagi mustaqilligini barham toptirdi, emin-erkin rivojlanishiga g‘ov bo‘ldi. Bunday o‘gir ayanchli qismatni O`zbekiston va uning jabrdiyda xalqi ham o‘z boshidan kechirdi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling