Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet4/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

3-masala:
1917-yil boshlarida Turkistonda yuz berayotgan tarixiy o‘zgarishlar silsilasida mahalliy taraqqiyparvar kuchlarning birlashish sari intilishi ustuvor bo‘lib bordi. Yerli tub aholining asosiy ko‘pchiligi ham yevropalik siyosatchilar ketidan emas, balki musulmon ulamolari, jadid yo‘lboshchilari yo‘lidan uyushib bordilar. 1917-yil 14-martda Toshkentda jadid arboblari tashabbusi bilan “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti tuzildi. 15 kishidan iborat tashkilot rayosati tarkibidan Munavvar Qori (yetakchi), Abduvohid Qori, Mirkomilboy Mo‘minboyev, Ahmadbek Xoji Temirbekov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Salimxon Tillaxonov singari sinalgan yurt rahnamo lari o‘rin olgan edilar. “Sho‘roi Islomiya” musulmon aholining vakolatli organi sifatida uning manfaatlarini himoya qildi.
Shuningdek “Sho‘roi Islomiya” ta’sirida joylarda turli nomlarda tashkilotlar vujudga keldi. Toshkentda “Turon”, “Ittihodi taraqqiy”, Andijonda “Ozod xalq”, “Hurriyat”, “Ma’rifat”, Samarqandda “Mirvaj-ul Islom”, “Klub Islomiya”, “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi”, Kattaqo‘rg‘onda “Ravnaqul Islom”, “Guliston” va boshqalar shular jumlasidan. Bu tashkilotlar va ularning rahnamolari ilg‘or jadidchilik g‘oyalari ta’sirida ish yuritdilar. M.Behbudiyning “Haq olinur, berilmas!”, Munavvar Qorining “Hurriyat berilmas, olinur!” shiorlari ularning chinakam kurash bayrog‘iga aylangan edi.
“Sho‘roi Islomiya” ta’sirida bo‘lgan ulamolarning bir qismi “qadimchilar” nomi bilan atalardi. Ular islom ta’limoti va aqidalarining murosasiz tarafdorlari sifatida siyosiy vaziyatni o‘zlaricha tushunar, muxtoriyat talabiga qarshi chiqqanlar. Bu hol 1917-yil iyuniga kelib qadimchilarning “Sho‘roi Islomiya” tarkibidan chiqib “Sho‘roi Ulamo” tashkilotini tuzishiga olib keldi. Bo‘linishning asosiy sababi, eng avvalo, Turkistoning milliy mustaqilligiga erishish yo‘lidagi ikki xil qarama-qarshi g‘oyaning kelib chiqqanligidadir. Ulamochilar mustaqillikni faqat hukmron mustamlakachilarga qarshi “g‘azovot”(din yo‘lida kurash) bilan qo‘lga kiritishni yoqlardilar. Ilg‘or ziyolilar – jadidlar esa Rossiyada yuzaga kelgan qulay shart-sharoitlardan, siyosiy vositalardan foydalanib, behuda qon to‘kmasdan bosqichma-bosqich yurt mustaqilligiga erishishni yoqlardi. Ularning Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Turkiston Muxtoriyati talabi ham shu maqsadni ko‘zda tutardi. O`lkaning milliy kuchlari o‘rtasida yuz bergan bu ajralish va g‘oyaviy ixtiloflar, shubhasiz, ularning harakat birligiga ham raxna solar, uning istiqboliga jiddiy putur yetkazardi. Bundan o‘lkada faoliyat yuritayotgan yot begona siyosiy kuchlar o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishlari ehtimoldan xoli emas edi. Afsuski, oqibatda shunday bo‘lib chiqdi ham.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling