Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
4-masala:
Hukmron Markaz va uning Turkistondagi vakolatli hukmdorlari o‘lka xalqlarining qonuniy muxtoriyat hokimiyatini zo‘ravonlik bilan ag‘darib tashlash uchun hamma vositalar ishga solindi. Kerakli jangovar harbiy qismlar shunga yo‘naltirildi. Turkiston Muxtoriyati ko‘plab sabablarga ko‘ra o‘zini-o‘zi yetarli darajada himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lolmadi. Buning boisi, avvalo uning qisqa umr ko‘rganligi (u atigi 72 kun yashadi), shu sababdan ko‘p narsalarni bajarishga ulgurolmaganligi bo‘ldi. Qolaversa, muxtoriyatchilar orasida ko‘pgina muhim hayotiy masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emas edi. 1918-yil 18-fevral kuni “Sho‘roi Ulamo” jamiyati tashabbusi bilan muxtoriyatda to‘ntarish qilinib, Mustafo Cho‘qayev boshchiligidagi hukumatning ag‘darilishi va hukumat boshqaruvi Qo‘qon mirshablari boshlig‘i Kichik Ergashga berilishi bunga guvohdir. Moddiy, harbiy, moliyaviy madad ko‘rsata oladigan yetarli real kuchlar va imkoniyatlarning bo‘lmaganligi ham bunga sabab bo‘ldi. Muxtoriyat tashqi olamdan ham ajralib qoldi. Uni har tomonlama quvvatlaydigan biror-bir xorijiy davlat bilan bevosita aloqa o‘rnatishga ulgurolmadi. Bu omillar Turkiston Muxtoriyati ahvolini tanglashtirib, faoliyatsizlikka mahkum etdi. Vaziyat sovet amaldorlariga qo‘l kelib, ular bundan muxtoriyatni barbod etish uchun ustamonlik bilan foydalandilar. Turkiston sovet hukumati 1918-yil 14-fevralda Farg‘ona viloyati hududida favqulodda holat joriy etdi. Uning Qo‘qondagi mahalliy hokimiyati – ishchi va askar deputatlari soveti 17-fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo‘lishga da`vat qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Perfilev boshchiligida qurollangan qizil qo‘shin olib kelindi va darhol ishga solindi. Qo‘qondagi millatchi arman dashnoqlari ham bu g‘ayriqonuniy bosqinga jalb qilindi. 19–21-fevral kunlari Qo‘qon xalqi ustiga balo-qazo yog‘ildi. Shahar o‘t ichida qolib, kunpaya-kun bo‘ldi. Sovet hokimiyati Turkiston Muxtoriyati hukumatini shafqatsizlarcha tor-mor etdi. Eng dahshatlisi shuki, bu beayov xunrezlik chog‘ida hech bir gunohi bo‘lmagan qo‘qonlik ming-minglab oddiy fuqarolar qirg‘in qilindi. Turkiston Muxtoriyati halokatga yuz tutgan bo‘lsada, biroq u o‘lka xalqlarining tarixiy taqdirida o‘chmas iz qoldirdi. Turkiston aholisi endilikda o‘z erki, mustaqilligini birovlar, yot ajnabiy kuchlar, ularning “dohiylari” yordami bilan emas, balki o‘z kuchlari, o‘z milliy rahnamolari yetakchiligida birgalikda kurashib, qo‘lga kiritishlari mumkinligiga qat’iy ishonch hosil qildilar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling