Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Xalq hokimiyatchiligi uchun kurash. Turkiston Muxtoriyati.
- Adabiyotlar
Nazorat uchun savollar:
Turkiston xalqlarining asriy orzusi nima edi? Turkistonliklar 1917-yil fevral inqilobidan nimalar kutgandilar? Fevral inqilobidan so‘ng Turkistonda qanday o‘zgarishlar yuzaga keldi? Yangi tarixiy sharoitda Turkiston jadidlari oldida qanday vazifalar turardi? “Sho‘roi Islomiya” qanday maqsadlar yo‘lida tashkil etildi? “Sho‘roi Ulamo”chilarning ajratuvchilik qarashlari haqida nimalar deya olasiz? I Umumturkiston musulmonlari qurultoyi qanday masalalarga bag‘ishlangan edi? II Umumturkiston musulmonlari qurultoyi qanday masalalarga bag‘ishlangan edi? Mavzu: Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Xalq hokimiyatchiligi uchun kurash. Turkiston Muxtoriyati.Reja: 1917-yilgi oktabr to‘ntarishi va uning Turkiston xalqlari hayotiga ta’siri. Turkistonda sovet hokimiyatining zo‘rlik bilan o‘rnatilishi. Turkiston Muxtoriyatining e’lon qilinishi. Turkiston Muxtoriyatining halokati, uning saboqlari. Adabiyotlar: 1. «O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob T.“Sharq”2000, 41-68 betlar. Usmonov Q, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yillar). T.»Sharq” 2003, 16-27 betlar. A’zamxo‘jayev S “Turkiston Muxtoriyati” T.“Ma’naviyat” 2000 109-151betlar. 1-masala: 1917-yilgi fevral inqilobi Rossiyada tub o‘zgarishlarning yuz berishiga olib kelmadi. Buning boisi shuki, burjua Muvaqqat hukumati o‘zining tor, xudbin manfaatlari doirasidan chetga chiqa olmay, yetilgan tub masalalarni hal etishga ojizlik qildi. Natijada siyosiy tuzumda o‘zgarish bo‘lgani holda muhim ijtimoiy-iqtisodiy, agrar, milliy, sulh masalalari amalda yechilmay qola berdi. Bu esa mamlakat hayotining yanada boshi berk ko‘chaga kirib, tanglik, tanazzullik holatlarining kuchayib borishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirokining davom etishi, rus armiyasining frontda ketma-ket mag‘lubiyatga uchrayotganligi umumxalq noroziligi va qahr-g‘azabini tobora kuchaytirmoqda edi. Lenin boshliq bolsheviklar huddi mana shu qaltis vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanib, ommani o‘z tomoniga ag‘darishni ko‘zlovchi shiorlarni maydonga tashlab, siyosiy hokimiyatni egallash sari yo‘l tutdilar. Ular ommabop chaqiriqlarni ilgari surib, barcha tub masalalarni hal etishga qasamyod qildilar. Mana shunday ustakorlik va hiylakorlik yo‘li bilan bolsheviklar 1917-yilning 24–25-oktabr kunlari Petrogradda davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Ular Muvaqqat hukumatni ag‘darib, hokimiyatni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Tez orada mamlakatning boshqa hududlarida ham ularning hukmronligi o‘rnatila boshlandi. “Proletariyat diktaturasi” nomi bilan atalgan zo‘ravon tuzum mana shu zaylda vujudga keldi. Turkiston o‘lkasi Rossiya tarkibida bo‘lganidan, Markazda sodir bo‘lgan voqealar va o‘zgarishlar shabadasi bu yerga ham esib, o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Buning ustiga hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar va ularning dohiylari Turkistonni zinhor qo‘ldan chiqarmaslik, o‘lkada o‘z hukmronligini qat’iy o‘rnatish, yangicha sovet boshqaruvi tizimini shakllantirishni avvaldan o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygandilar. Garchand sovetlar davrida yaratilgan ko‘plab tarixiy adabiyotlarda bu davr tarixi butunlay soxtalashtirilib, go‘yo Turkiston aholisi oktabr g‘oyalariga qo‘shilib, birinchilardan bo‘lib o‘lkada sovetlar hokimiyatini o‘rnatdi, deb og‘iz ko‘pirtirib kelingan bo‘lsada, biroq aslida bu xil fikrlar va qarashlar tarixiy haqiqatga mutlaqo zid edi. Hatto Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasi qarorgohi joylashgan Tuproqqal’a qo‘rg‘onining qizil askarlar tomonidan 1917-yil 1-noyabrda ishg‘ol qilinganligi fakti ham Turkistonda oktabr tub o‘zgarishi yasalganidan darak bermasdi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling