Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet8/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

3-masala:
Sovetlar hokimiyati o‘rnatilgandan keyin Turkistonda kechayotgan o‘ta murakkab vaziyat o‘lkaning taraqqiyparvar kuchlarini faol harakatga keltirdi. Ular tashabbusni qo‘lga olib, bolsheviklar bosh bo‘lgan sovet hokimiyati beboshligi va bedodligiga qarshi tura oladigan, keng demokratik asoslarga tayangan, chinakam xalq hokimiyatchiligini o‘zida ifodalagan milliy davlatchilikni tashkil etish tomon yo‘l tutdilar.
Nihoyat, 1917-yil 26-noyabrida Qo‘qonda Umumturkiston musulmonlarining IV-favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda o‘lkaning 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Sho‘roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulamo”, Musulmon harbiylari Sho‘rosi, O`lka yahudiylar jamiyati namoyondalari qatnashdilar. Qurultoy hay’atiga o‘lka xalqlarining taniqli kishilari – M.Cho‘qayev, U.Asadullaxo‘jayev, Y.Agayev, S.Akayev, O.Mahmudov, A.O`razayev, I.Shoahmedov, Kamol qozi, Karimboyev va boshqalar, jami 13 kishi saylandi. Mazkur Qurultoyning uch kun davom etgan faoliyatining yakuni o‘laroq Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Turkiston Muxtoriyatini tuzishga muvaffaq bo‘lindi. Ta’sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘lig‘icha tarkibi 12 kishidan iborat Muvaqqat Kengash va 54 kishidan iborat Xalq Majlisi qo‘lida bo‘lishligi ta`kidlandi.
Xalq Majlisi (parlament) tarkibiga saylanganlar orasida Muvaqqat hukumat a’zolaridan tashqari o‘sha davrning atoqli arboblari M.Behbudiy, T.Norbo‘tabekov, S. Sharifxo‘jayev, Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘ra o‘g‘li, T.Musaboyev, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov va boshqa yurt peshvolari bor edi.
O`lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinganligini katta qoniqish, ko‘tarinki ruh bilan qarshi oldilar. 1917-yil dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo‘qon, Samarqand shaharlarida va boshqa hududlarda ming-minglab yurt kishilari mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab chiqdilar, bu to‘g‘risida maxsus qarorlar qabul qilindi. 1917-yil 6-dekabr kuni Toshkentning eski shahar qismida Turkiston Muxtoriyati tuzilganligiga bag‘ishlab ko‘p ming kishilik katta miting o‘tkazildi. Miting ishtirokchilari o‘lka Muvaqqat hukumatini to‘la qo‘llab-quvvatlashlarini izhor etib, qaror qabul qildilar. O`sha davr milliy matbuoti sahifalarida Turkiston ulug‘lari tomonidan muxtor hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash, uni asrab-avaylash, istiqboli uchun fidoyilik bilan kurash olib borish kerakligi xususida ko‘plab maqolalar bitildi.
Turkiston mehnatkashlari o‘z milliy hukumati tuzilishini qanchalik qo‘llab-quvvatlab, unga ishonch va umidlari ortib bormasin, biroq o‘lkada o‘rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo‘lda ushlab turgan Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari voqealarning bu tarzda rivojlanishiga izn bermay, muxtoriyat va uning tarafdorlarini yo‘q qilish yo‘lini butun choralar bilan o‘tkazib bordilar. 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o‘tkazilgan katta mitingning zo‘rlik bilan tarqatib yuborilishi, unda sovet qurolli kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko‘plab qurbonlar berilishi – bu Turkiston Muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.
Turkiston Muxtoriyati og‘ir, mashaqqatli sinovlar jarayonini boshdan o‘tkazayotgan bir kezda, ya’ni 1917-yil 25-dekabr kuni Qo‘qonda musulmon ishchi, askar va dehqonlarining I-favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin vakillar ishtirok etdi. Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish shiori ostida o‘tdi. Unda o‘lkaning qonuniy hukumati tarkibini musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to‘ldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qurultoy o‘zining so‘nggi ish kuni – 27-dekabrda Petrogradga, Xalq Komissarlari Soveti Raisi V.I.Leninga telegramma yo‘lladi. Unda Turkiston Muxtoriyatini e’tirof etish, uning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga izn berish so‘ralgan edi. Biroq, ming afsuski bolsheviklar va sovetlar yo‘lboshchisiga yo‘llangan bu telegramma talablari qondirilmadi. Buning aksicha, ochiq tarzda faoliyat yuritayotgan Turkiston Muxtoriyatini tez orada tugatish haqida ko‘rsatma berildi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling