Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriq
- Modellashtirish
BAHOLASh USULLARI
Amaliy mahoratni baholash usullari □ Amaliy topshiriq □ Modellashtirish □ Vazifa □ Loyiha Xulq-atvorni baholash usullari □ Amaliy topshiriq □ Modellashtirish □ Intervyu □ Hisobot tayyorlash Amaliy topshiriq — amaliy mahoratni baholashning asosiy usullaridan biri xisoblanib, ta’lim oluvchiga ma’lum bir mehnat topshirig’ini bajarish bo’yicha amaliy vazifa beriladi. Amaliyot ustasi ta’lim oluvchining faoliyatini kuzatib, oldindan ishlab chiqqan Mezonlar asosida baxolaydi. Amaliy topshiriq maxsulli va maxsulsiz bo’lishi mumkin. Ya’ni topshiriq biron bir maxsulot tayyorlash bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin, yoki biron bir jarayondan iborat bo’lishi, masalan, Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo’yicha ham bo’lishi mumkin. Ikkinchi holatda hyech qanday maxsulot ishlab chiqilmaydi, lekin faoliyat amalga oshiriladi. Lekin ko’p hollarda ikkala faoliyat ham uyg’unlashgan bo’ladi. Amaliy topshiriq orqali ta’lim oluvchilarning xulq — atvorini ham baxolash mumkin, masalan sotuvchilik, ofisiantlik, Mehmonxona xizmati bo’yicha amaliy topshiriqlarni bajarish. Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz Berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bunda rolli va ishbop o’yinlardan foydalanib ta’lim oluvchilarning ma’lum bir mutaxassislik bo’yicha amaliy mahoratlari hamda xulq—atvorlari baxolanadi. Masalan, maxsus o’quv Restoranida ofisiantlik mahoratini namoyish etish, maxsus ofisda kotibalik faoliyatini namoyish etish kabilar. Modellashshrishga: rolli o’yin, ishbop o’yin, taqlid qilish, hayotiy vaziyat kabilar kiradi. Loyiha(tadqiqot) - Loyixa shunday bir topshiriq yoki tadqiqotki, unda vaqt nisbatan erkinroq bo’ladi. Ta’lim oluvchilar muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha ma’lum bir mavzu ustida amaliy tadqiqotlarni olib boradilar. Loyihalar quyidagi xususiyatlarga ega: - nisbatan keng qamrovli va boshqa topshiriqlarga nisbatan erkin mavzuli bo’ladi; - alohida shaxs yoki bir gurux tomonidan amalga oshirilishi mumkin; - yaqindan nazorat qilishdan mustasno xolda bajariladigan vazifalar odatda asosiy qismni tashkil etadi; - ta’lim Beruvchining ko’rsatmalarini ko’p talab etmaydi. Barcha loyihalar quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1. Loyihani rejalashtirish 2. Tadqiqot strategiyalarini ishlab chiqish 3. Tadqiqot olib borish 4. Natijalarni taxlil qilish 5. Xulosalar bo’yicha xisobot Berish Loyiha yordamida ta’lim oluvchilarning amaliy layoqatlari bilan birga ularning ijodiy qobiliyatlari, tashabbuskorligi, jamoada ishlash, muammolarni yechish kabi individual(xulq - atvor) malakalarini ham baxolash mumkin. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling