Mavzu: Uch xonali sonlar ustida amallar. 359-365-misol va masalalar. Ta’limiy maqsad


Download 39.68 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi39.68 Kb.
#1448108
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish : Tez top.

17

4

Yangi mavzuni mustahkamlash : Tezkor savollar ,Kim chaqqon, Bilimingni sina .

8

5

Dars yakunlarini chiqarish

3

6

Uyga vazifa

2



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 5 daqiqa.

a)Salomlashish.davomatni aniqlash, ob-havo haqida suhbat;


b)O’quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qilish.


O’qituvchi:
Bolajonlar, sog’-omonmisiz,
Bugungi darsga tayyormisiz?
O’quvchilar:
Hamamiz sog’ –omonmiz,
Yangi darsga tayyormiz!
O’qituvchi:
Hozir matematika darsi shundaymi?
O’quvchilar:
Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lamiz ogoh.
O’qituvchi.
Matematika nima ekan?
O’quvchilar:
-Bu-sehirli olam, bu-cheksiz ilm, bu-erkin kelajak.
O’qituvchi:
Qani ayting bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi.
Ushbu kunning hisobin,
Menga aytib beradi.
O’quvchi: Sinfda biz navbatchi,
Tayyor barcha o’quvchi.
O’quvchi:
Bugun hafta kunining
Beshinchisi bo’ladi
Olloh ushbu kuniga
Katta nazar solibdi
Barcha yaxshi niyatlar
Orzu tilak ezgular
Ushbu kunning o’zida
Ijobat ham bo’libdi
2013-yil.”Obod turmush” yili
O’qituvchi:
Hozir o’lkamizda qaysi fasl?
-O’lkamizda kuz fasli.
-Kuz faslida ob –havo qanday bo’ladi?
-Kuz faslida havo salqinlashadi.
Kuz oylarini ingliz tilida ayting?
Siz Vatan deganda nimani tushunasiz?
-Vatan –bu kindik qonim to’kilgan tuproq ,uyimiz ,ko’chamiz, maktabimiz va jonajon O’zbekistonimizni tushunaman.
O’zbekiston hududini kim globusdan ko’rsatadi.
Biz bugungi darsimizni 4 guruhga bo’lib, musobaqa tarzida olib boramiz.
1-guruh: Zukkolar Zukkolik fazilati-
bola ziynati.
2-guruh: Bilimdonlar Sen ilm cho’qqisini kuchingla zabt etarsan
Kelajakda albatta orzuyingga yetarsan
3- guruh: Topqirlar. Hamisha yaragil xalq xizmatiga,
Bezak bo’l olamu,odam zotiga
4- guruh: Donolar Oz-oz o’ganib dono bo’lur
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur
Bolalar bugungi darsimizda har bir guruhning ishtirokiga qarab mana bunday rangli kartochkalar orqali baholab boriladi va har bir ishtirokingizga qarab bir ballik kartochkalardan yig’ib borasiz.
Oltin qoidalarni eslatib o’tish.
1.Intizom. 2.Ahillik. 3. O’zaro hurmat. 4. Faollik. 5. Aniqlik.6. Ong qo’l qoidasi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash . 10 daqiqa
Vazifalar tekshiriladi.
O’qituvchi: Hozir sizlar bilan o’rganilgan mavzular yuzasidan egallagan bilimlaringizni sinab ko’ramiz.
Har bir guruhning 1-raqamli o’quvchilari doskadagi olma daraxtidagi olmalarning savollariga javob beradilar . O’z guruhlari uchun ajratilgan savatchalarini to’ldirib boradilar.Javob berolmagan o’quvchi olmasini savatchaga solmaydi. Har bir guruh savatchasaidagi olmalar soniga qarab guruh o’quvchilari rag’batlantiriladi..(Navbat bilan keyingi raqamdagi o`quvchilar doskaga chiqadilar.)
-Geometrik shakllar nima bilan o’lchanadi?
-Uzunlik o’lchov birliklari bilan o’lchanadi.
- uch xonali sonlarni qo’shish va ayirishda birinchi qaysi xonadan boshlanadi?
-Birlar xonasidan boshlanadi.
- Uzunlik o’lchov birliklarini ayting?
-Sm, mm,m, km, dm.
-Massa o’lchov birliklarini ayting?
-Kilogramm, gramm, tonna, litr.
-Yuza o’lchov birlarini ayting?
-Sm2.dm2, mm2, m2.
-Vaqt o’lchov birlarini ayting?
-Soat, minut, sekund, sutka,hafta.
-Geometrik shakllarga nimalar kiradi?
-Uchburchak, to’rtburchak, beshburchak, aylana, doira.
-Kesmaning nuqtalari qanday harf bilan belgilanadi?
-Bosh harflar bilan belgilanadi.
Qolgan o’quvchilar bilan “Hisobchi shakllar “ mashqi orqali o’tilgan mavzular mustahkamlanadi.
O’qituvchi har bir guruhga 1 ta dan konvert tarqatadi. Konvertga qismlarga bo’lingan geometrik shakllar solingan bo’ladi.
O’quvchilarga 5 daqiqa beriladi. Ular avval qismlarga bo’lingan shakllarni tiklaydilar. So’ngra misol yechimlari taqdimot qilinadi .
(Shakllarni to’g’ri joylashtirgan guruh a’zosi taqdimot qilayotganda , uning boshqa guruh a’zozi doskaga yozib turadi.Yo’l qo’yilgan xatolar boshqa guruhlar tomonidan aniqlanadi.)
O’quvchilar rag’batlantiriladi.

Download 39.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling