Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


Download 157 Kb.
bet6/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

HALOKATLILIK DARAJASI – bu o‘lgan mollar bosh sonining ushbu kasallik bilan kasallangan mollar soniga nisbati foiz bilan ifodalanadi. Halokatlilik darajasi ma’lum bir sharoitda, aynan bir yuqumli kasallik epizootiyasining kechish og‘irligini xarakterlaydi.
Ekstensiv ko‘rsatkich - kasallikni geografik tarqalishi, yoshlari bo‘yicha guruhlarga ajratilgan hayvonlar orasida kasallikning tarqalish darajasi. Yuqumli kasallikning tarqalish darajasi aynan usha kasallik bo‘yicha ma’lum vaqt orasida (m: 1,3,5 yil) xo‘jalik, tuman , viloyatda nosog‘lom punktlar miqdorini statistik taqqoslash evaziga aniqlanadi.
Epizootologlar yuqumli kasallikka diagnoz qo‘yishda bakteriologik, virusologik, allergik, serologik va epizootologik tajriba usullaridan foydalaniladi.


Epizootologiyaning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati
Epizootologiya fani katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Qoramollar o‘lati 1928 y., peripnevmoniyasi 1930 y., ot manqasi 1940 yilda, YuAN, ensefalomielit, epizootik limfongoit 1945-1950 yillar orasida umuman yo‘qotildi, ya’ni qaytib chiqmaydigan bo‘ldi. Agar 1948 yilda yuqumli k-klar darajasi umumiy kasalliklarning 22% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1968 da -7% gacha, 1971 yilda – 3,6% gacha, hozirgi vaqtda 0,3-07 % atrofida.
Yuqumli kasalliklar chorvachilikka juda katta talofat yetkazadi. Masalan: 2001 yilda Angliya mamlakati qoramollarning oqsil kasalligi epizootiyasidan jami 11 milliard funt sterling miqdorida ziyon ko‘rgan.
Epizootologlarni asosiy vazifasi yuqumli kasalliklarni oldini olish- profilaktika bilan shug‘ullanishdir. Chunki ayrim kasalliklar, epizootiya bo‘lib tarqalsa, ayrimlari panzootiya bo‘lib tarqaladi. M: oqsil har yili dunyoning 55-60 mamlakati hududida uchraydi. Epizootologlar yuqumli kasallikni oldini olish bilan faqatgina xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy foyda keltiribgina qolmasdan, odamlarni zooantroponoz (kuydirgi, quturish, brusellez, tuberkulez va boshq.) kasalliklardan himoya qiladi.
2- alohida vazifasi, yuqumli kasallik chiqsa, uni aniqlash, tarqalmaslik choralarini ko‘rish, xo‘jalikni, aholi punktini ushbu kasaldan sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish hisoblanadi.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling