INFEKSION JARAYON – Mikro- va makroorganizmning o‘zaro ta’sir reaksiyalari dinamikasi, ya’ni aynan qo‘zg‘atuvchi bilan zararlangan organizmda kuzatiladigan jarayonlar majmuasi. Yashirin davr, k-k belgilarining boshlanish, rivojlanish, so‘nish bosqichlari –bu infeksion jarayonni tashkil etadi.
INFEKSION KASALLIK — hayvon organizmida parazitlik qilishga evolyusion moslashgan virus va mikroorganizmlar qo‘zg‘atgan yuqumli kasallik. Odatda, bu kasallik bir hayvondan boshqasiga o‘tishi, bosqichli rivojlanishi, makroorganizmning virus va mikroblarga qarshi maxsus reaksiyalari (allergiya va antitelolar) va kasallikdan tuzalgandan so‘ng immunitet hosil qilishi bilan xarakterlanadi.
INFEKSIYADA MIKROORGANIZNING ROLI VA UNING PATOGENLIK TA’SIRI - Infeksion jarayonni mohiyatini o‘rganish mikro- va makroorganizmning simbioz yashash qonuniyatlari asosida amalga oshishini ko‘rsatdi. Bu simbioz yashash har xil ko‘rishda amalga oshadi: mutualizm, komensalizm va parazitizm.
Mutualizm - bu ikkalasiga ham foyda (me’riy mikroorganizmlar) Ayrimlari bir-biriga antogonist M: sut-achitqi mikrooorga-nizmlar chirish mikroorganizmlarini rivojlanishini to‘xtatadi, boshqalari foydali fermentativ faollik asosida (kavshovchi h-nlar katta qornida) kletchatkani parchalaydi, uchinchilari vitaminlar ishlab chiqaradi. Shular evaziga hayvonlarni qorin va boshqa bo‘shliqlarida yashovchi meyeriy mikroorganizmlar organizmni rezistentligini va tabiiy himoyasini ta’minlovchi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Komensalizm da 1 ta simbiont boshqasi hisobidan yashaydi (terida yashovchi bateriyalar, aktinomisetlar, zamburug‘lar, stafilo- va streptokokklar, ichakdagi: koli, salm., chirish mikroblari va enterokokklar, yuqori n.o. yo‘llaridagi pasterellalar, pnevmokokklar, mikoplazmalar. streptokokklar). Ammo ushbu sanalgan mikroblarning ko‘plari organizmning rezistentligi pasayganda kasalik chaqirish qobiliyatiga ega bo‘ladi va endoinfeksiya natijasida, ayniqsa yosh hayvonlar nobud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |