Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


Parazitizm da qo‘zg‘atuvchi faqatgina organizmda yashamaydi, balki uni halokatga olib keladi. INFEKSIYA XILLARI


Download 157 Kb.
bet9/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

Parazitizm da qo‘zg‘atuvchi faqatgina organizmda yashamaydi, balki uni halokatga olib keladi.
INFEKSIYA XILLARI:
Alimentar infeksiya (lot. alimentarusoziq-ovqat) — kasallik qo‘zg‘atuvchisining og‘iz orqali organizmga kirishi.
Aralash infeksiya-organizmga ikki va undan ortiq kasallik qo‘zg‘atuvchi-lari tushgan paytda yuzaga keladigan kasallik (har xil virus va bakteriyalar).
Assosialangan infeksiya (associatiobirlashgan) — hayvon organizmiga kirgan har xil virus va mikroorganizmlarning birgalashib qo‘zg‘atadigan infeksiyasi. Bu holda sinergizm, ya’ni bir turdagi mikroblar kasallik qo‘zg‘atish xususiyatining ikkinchi turdagi mikroblar evaziga kuchayishi kuzatilishi mumkin. Masalan, qotma kasali mikrobini kasallik qo‘zg‘atish qobiliyatini stafilakokklar oshirib yuboradi. Ammo ayrim hollarda bu hodisaga qarama-qarshi hodisa mikroblar antagonizmi ham kuzatilishi mumkin. Interkurent kasalligiga qarang.Paragripp yoki rotavirusga +koli+paster.
Aerogen infeksiya (gr.ayeg - havo, genes - hosil bo‘lish) — kasal qo‘zg‘atuvchi-larining havo orqali organizmga tushishi evaziga hosil bo‘lgan infeksiya.
Bakterial infeksiya — bakteriyalar qo‘zg‘atadigan infeksiya.
Belgisiz yoki (Latent) infeksiya — (lot. latenta, ae, f yashirin) — klinik namoyon bo‘lmaydigan infeksiya. U immunologik reaksiyalar, bakteriologik, virusologik va patomorfologik tekshirishlar orqali aniqlanadi. Bunday yashirin infeksiyali hayvonlar kasal yuqtiruvchi juda xavfli manba bo‘lib xizmat qiladi. Yashirin infeksiya natijasida organizmda immunitet vujudga kelishi mumkin.
Jarohat infeksiyasi — yaralarga, ayniqsa, chuqur yaralarga ayrim kasal qo‘zg‘atuvchi mikroblar kirishi natijasida yuqtirilgan infeksiya. Bu holat ko‘proq qotma kasalligi misolida namoyon bo‘ladi.
Zamburug‘li infeksiya — patogen zamburug‘lar paydo qiladigan infeksiya.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling