Mavzu: unix operatsion sistemasi va uning arxitekturasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 273.5 Kb.
bet6/13
Sana25.02.2023
Hajmi273.5 Kb.
#1231798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
тайёр

Fayllar sistemasi strukturasi.
Fayllar odatda disklarda yoki boshqa tashqi xotira qurilmalarida joylashadi. UNIX muhitida o‘zining tashqi xotira strukturasi bilan bir qancha turli xil fayllar sistemasi mavjud. Bulardan keng tarqalganlari System V (s5) va BSD (ufs) fayllar sistemasidir. S5 fayllar sistemasi to‘rtta seksiyadan tashkil topgan (2.2 a rasm). Ufs fayllar sistemasida mantiqiy diskda (haqiqiy disk bo‘lagiga) fayllar sistemasi seksiyasi ketma-ketligi joylashadi.

  • Boot - UNIX operatsion sistemasini dastlab yuklash uchun xizmat qiladigan programmani saqlaydi. S5 fayllar sistemasida boot bloki faqat ildiz fayllar sistemasida ishlatiladi. Bu Blok qo‘shimcha fayllar sistemasida mavjud, lekin ishlatilmaydi.

  • Superblok fayllar sistemasining muhim qismi hisoblanadi. Superblok bo‘sh bloklar ro‘yxatini va bo‘sh i tugunni (information notes – information tugun) saqlaydi. Ufs fayllar sistemasida mustahkamlikni oshirish maqsadida superblokning birqancha nusxalari saqlanadi. Hab bir nusxa 8129 bayt o‘lchamga yega va faqat bitta nusxa fayllar sistemasini o‘rnatishda foydalaniladi. Lekin agar o‘rnatishda dastlabki nusxaga ziyon yetsa, u holda superblok zahiradagi nsxadan foydalanadi.

  • Silindrlar gruppasi bloki i – tugunlar sonini saqlaydi. Bu blok o‘lchami fayllar sistemasi o‘lchamiga bog‘liq.

  • i – tugunlar ro‘yxati (ilist) berilgan fayllar sistemasiga mansub i – tugunlar ro‘yxatini saqlaydi. Fayllar sistemasida hosil qilish mumkin bo‘lgan fayllarning maksimal soni i tugunlar soni bilan aniqlanadi. i tugunda faylga murojat (dostup) rejimi, fayl hosil qilingan va yoki oxirgi o‘zgartirish kiritilgan vaqti, faoydalanuvchi identifikatori va boshqa ma’lumotlar saqlanadi.

  • Ma’lumotlar bloki - fayllar sistemasning bu qismida fayllarning haqiqiy ma’lumotlari saqlanadi. Ma’lumotlar blokining o‘lchami fayllar sistemasini farmatlashda aniqlanadi, mkfs komandasi bilan 512, 1024, 2048, 8192 baytli qilib aniqlash mumkin.




Download 273.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling