Mavzu: vakuumda va muhitlarda elektr toki reja: Metallarda elektr toki


Download 435.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana27.10.2023
Hajmi435.59 Kb.
#1728461
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza 15



15- MA’RUZA
 
MAVZU: VAKUUMDA VA MUHITLARDA ELEKTR TOKI 
 
Reja:
 
1. Metallarda elektr toki. 
2. Metallardan elektronlarning chiqish ishi. 
3. Gazlarda elektr toki.
4. Plazma haqida tushuncha. 
5. Vakuumda elektr toki. Termoelektron emissiya.
6. Suyuqliklarda elektr toki 
 
Tаyanch so‘zlаr vа iborаlаr: Elektr toki, tok kuchi, erkin elektron
elektronlar buluti, Rikke tajribasi, termoelektron emissiya, elektronni 
solishtirma 
zaryadi, 
Elektrolit, 
elektrolitik 
dissotsiatsiya, 
elektroliz, 
elektroximiyaviy ekvivalent, ximiyaviy ekvivalent, Faradey soni, galvonostegiya, 
galvonoplastika, rafinlash, Vakuum, termoelektron emissiya, diod, anod , katod, 
gaz, ion, rekombinatsiya, elektr razryadi, gaz razryadi, miltillama razryad, 
plazma 
 
Bizga ma’lumki, barcha moddalar, shu jumladan metallar ham, atom va 
molekulalardan, atom va molekulalar esa o‘z navbatida musbat va manfiy 
zaryadlangan zarrachalardan tashkil topgan. U holda metallarda elektr toki qanday 
zaryadlarning oqimidan iborat? Bu savolga javob berish maqsadida bir qator 
olimlar ajoyib nozik tajribalarni amalga oshirganlar. Masalan, 1901 yilda nemis 
olimi K.Rikke, mis va alyuminiydan yasalgan, radiuslari bir xil uchta silindrlarni 
ketma-ket ulab, ular orqali bir yil davomida tok o‘tkazib turgan (1-rasm). 
Ushbu sistema orqali 3,5 million 
kulon zaryad oqib o‘tganligiga qaramasdan 
silindrlarning moddalari bir biriga, hatto 
mikroskopik 
miqdorda 
ham, 
o‘tib 
qolmaganligi kuzatilgan. Demak metallar 
tarkibidagi 
musbat 
ionlar 
zaryad 
tashishda ishtirok etmaganlar. U holda 
metallarda 
elektr 
toki, 
ularning 
hammalari uchun umumiy bo‘lgan 
zarrachalar oqimidan iborat bo‘lsa kerak 
degan xulosaga kelingan. 
Mazkur taxminni isbotlash 
maqsadida tok tashuvchilar zaryadining ishorasi va solishtirma zaryadini (tok 
tashuvchi zaryadini uning massasiga nisbatini) aniqlashga kirishilgan. 



Download 435.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling