Mavzu: vakuumda va muhitlarda elektr toki reja: Metallarda elektr toki
Kuchlanish yanada ortirilganda tokning keskin ortib ketish sabablari
Download 435.59 Kb. Pdf ko'rish
|
Maruza 15
Kuchlanish yanada ortirilganda tokning keskin ortib ketish sabablari bilan quyida tanishamiz. Mustaqil gaz razryadi deb tashqi ionizatorning taosiri to‘xtatilganda ham davom etadigan gaz razryadiga deyiladi. Buning uchun razryadining o‘zi, quyida bayon qilingan jarayonlar tufayli, gazda uzliksiz tok tashuvchilarni hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak. Ular gaz molekulalarini zarbali ionlashishi tufayli paydo bo‘ladilar. Yuqoridagi 1 va 2-rasmlarga murojat qilamiz. K-A orasidagi kuchlanishning o‘sishi ionizator ta’sirida hosil bo‘lgan elektron va ionlar energiyasini orttiradi. Natijada quyidagi jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin: 1. Aniqlik uchun 3 –rasmda ko‘rsatilgan nay ichidagi gaz molekulalardan tashkil topgan bo‘lsin. U holda elektr maydoni taosirida tezlanish olgan (a=eE/m) elektronlar erkin yugurish yo‘li oxirida etarli energiya to‘plab neytral molekulalarni ionlashtirib ikkilamchi elektronlarni va ionlarni xosil qilishi mumkin. Ikkilamchi elektronlar esa o‘z navbatida boshqa neytral molekulalar bilan to‘qnashib yangi elektron va ionlarni hosil qilishadi va xokazo. Natijada elektronlarning soni, anodga yaqinlashgan sari, quyunsimon ortadi. 2. Gazdagi musbat zaryadlangan ionlar ham elektr maydoni taosirida tezlashib, o‘z yo‘lida uchragan neytral molekulalarni ionlashtirishi yoki qo‘zg‘algan xolatga o‘tkazishi mumkin. Qo‘zg‘algan xolatdagi molekulalar o‘rtacha 10 -8 sekund davomida, elektromagnit to‘lqinlar(fotonlar)ni nurlantirib, o‘zlarining asosiy holatlariga o‘tadilar. 3. Fotonlar o‘z navbatida neytral molekulalarni ionlashtirishi va kotod bilan to‘qnashganda uning sirtidan elektronlarni urib chiqarishi mumkin. A K H Г П + - B PH 2-расм. I 1 2 3 4 5 U 3-расм. 0 4. Gaz tarkibidagi musbat ionlar ham elektr maydon tahsirida tezlashib katodga urilganda undan elektronlarni urib chiqarishi mumkin. 5. Nihoyat katod va anod orasidagi kuchlanishning ancha katta qiymatlarida gaz tarkibidagi musbat ionlar uning neytral molekulalarini ionlashtirishga qodir bo‘lib qolishlari natijasida ularning soni katod tomonga borgan sari quyunsimon ko‘payib ketishi mumkin. Mazkur katod sirtidan musbat ionlar urib chiqarayotgan qo‘shimcha elektronlar o‘z navbatida katod va anod orasida Shunday tezlashadilarki, o‘z yo‘lida uchragan neytral molekulalarni ionlashtira boshlaydi, natijada gazda qo‘shimcha ionlar hosil bo‘ladi, shu paytdan boshlab razryad mustaqil bo‘lib qoladi. Download 435.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling