Mavzu: Valyuta almashinuv bozorlari va ular rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish


Oʻzbekistoda valyuta bozorining joriy holati tahlili, mavjud muammolar va valyuta bozorining rivojlanish istiqbollari


Download 69.17 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi69.17 Kb.
#1577528
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mendirman

Oʻzbekistoda valyuta bozorining joriy holati tahlili, mavjud muammolar va valyuta bozorining rivojlanish istiqbollari.

O‘zbekiston Respublikasida Valyuta almashinuv bozorlari “Valyutni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga mufoviq tartibga solinadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Valyuta birjasi respublikamizda valyuta bozori hisoblanadi. "O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 22-noyabrdagi 297-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida"gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-fevraldagi 66-f-sonli farmoyishiga muvofiq, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash, ichki va tashqi valyuta bozori kon’yunkturasi o‘zgarishiga tezkor javob qaytarish maqsadida 1992-yil 12-mayda tashkil etilgan. O‘zbekistondagi uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan ushbu uyushgan valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha banklararo savdo sessiyalari, Markaziy bankning valyutaviy svop auksionlari va dilerlar o‘rtasida svop operatsiyalari o‘tkaziladi. Milliy valyutamiz-so‘mning nominal almashuv kursi Respublika valyuta birjasida aniqlanadi. Respublikamizda so‘mning nominal biija kursi valyutalaning buyurtmali savdosi asosida amalga oshiriladigan oldi-sotdi mexanizmi orqali shakllanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, O‘RVBga a’zo bo‘lgan tijorat banklari ikki xildagi buyurtmalami birjaga beradilar:
a) valyuta sotib olish maqsadida so‘mda berilgan buyurtmalar;
b) valyuta sotish maqsadida berilgan buyurtmalar (valyutada berilgan
buyurtmalar)
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish hamda sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi banklari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida banklararo valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi banklari hamda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.3
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida 34 ta tijorat banklar mavjud. Shundan:

  • davlat banklari – 3 ta

  • aksiyadorlik tijorat banklari – 17 ta

  • xususiy banklar – 8 ta

  • xorijiy kapital ishtirokidagi banklari – 6 ta.

2017-yil sentabrgacha O‘zbekiston qat’iy belgilangan kurs tizimi bo‘yicha ishlagan, ya’ni milliy valyuta (O‘zbekiston so‘mi)ning kursi hukumat tomonidan belgilanadi, bozor talabidan kelib chiqib o‘zgarmas edi. Ammo quydagi omillar:
- cheklangan pul-kredit siyosati ;
- inflyatsiya xavfi;
- retsessiya;
- vakolat masalalari;
- iqtisodiy o'sishning qisqarishi;
- spekulyatsiya ehtimoli;
- valyuta qiymati ustidan nazoratni yo'qotish;
O‘zbekistonda 2017-yilda bosqichma-bosqich moliyaviy liberallashtirish, jumladan, so‘mning bozor kurslarida to‘liq konvertatsiya qilinishi jarayoni boshlashga sabab bo‘ldi. Bu mamlakatga koʻproq xorijiy valyutaning kirib kelishiga, savdo va sarmoyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga imkon berdi.
2017-yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish to‘g‘risida”gi4 farmoni e’lon qilindi, bunda ko‘pgina valyuta oldi-sotdi cheklovlari bekor qilindi. Ushbu farmon xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish va mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan edi. Islohot valyuta kursini bozorga qarab belgilashga ruxsat berish, jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga xorijiy valyutalarni erkin sotib olish va sotish imkonini berish, chet el valyutasini mamlakatga olib kirish yoki undan tashqariga olib kirishda cheklovlarni bekor qilishni o‘z ichiga oldi. Buning natijasida O‘zbekiston so‘mi erkin konvertatsiya qilinadigan bo‘lib, investorlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ishonchini oshirdi. Shuningdek, mamlakat boshqa bir qator iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdi, jumladan, korporativ soliq stavkalarini pasaytirish va investitsiya muhitini yaxshilash O‘zbekistonning so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirishga xizmat qildi. Bunga yaqqol misol tariqasida, bugungi kunda valyuta, pul, davlat qimmatli qog‘ozlari, derivativlar bozorida birja savdolarini tashkil etish bilan bog‘liq, shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlarini hisobga olish va ularni saqlash bo‘yicha depozitar xizmatlarni ko‘rsatish hamda birja savdolari bo‘yicha hisob-kitob va kliringni amalga oshirish kabi muhim funksiyalarni ham qamrab olgan O‘zRVB bozorlaridagi savdolar 2022-yil yakunlariga ko‘ra umumiy hajmi rekord daraja - 706,79 trln. so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichiga nisbatan o‘sish 81,60% tashkil etdi. 2022-yil yakunlari bo‘yicha birja valyuta bozoridagi savdolarning umumiy hajmi 338,34 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichiga nisbatan 1,5 barobar oshdi. 5
1-jadval

Download 69.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling