Mavzu: Valyuta almashinuv bozorlari va ular rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish


-2021-yillarda yuridik shaxslarning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida chet el valyutasi xaridi


Download 69.17 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi69.17 Kb.
#1577528
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mendirman

2019-2021-yillarda yuridik shaxslarning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida chet el valyutasi xaridi


  1. yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 60 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga importni moliyalashtirish 25 foizni, chet el valyutasidagi kreditlar hisobiga moliyalashtirish esa 16 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilda ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 57, 24 va 18 foizga teng bo‘lgan.


2020-2021-yillarda importni moliyalashtirish manbalari

Ichki valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi yoki 57 foizi ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 20 foizi valyutadagi kreditlarni so‘ndirish, 20 foizi xalq isteʼmoli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 1 foizi xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 2 foizi boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.



  1. yilda ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning oylik o‘rtacha soni 9 887 tani tashkil etib, 2019 va 2020-yillarning mos davriga nisbatan 48 va 39 foizga oshgan (2019 yilda – 6 686 ta, 2020-yilda – 7 137 ta).

foizda

2020-2021-yillarda chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi8



  1. yil mobaynida jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga sotilgan chet el valyutasi miqdori 7,1 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 1,5 barobarga oshdi (2020-yilda - 4,6 mlrd. АQSh doll.). Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga 4,6 mlrd. АQSh dollari sotildi hamda ushbu koʼrsatkich o‘tgan yilga nisbatan 12 foizga oʼsdi (2020-yilda - 4,1 mlrd. АQSh doll.).



mln.АQSh doll.

2021-yilda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi


  1. yilda jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan taklif hajmi unga bo‘lgan talab hajmidan 2,5 mlrd. АQSh dollariga ortiq bo‘ldi (2020-yil 5 barobar koʼp). Bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qildi. 2021-yilda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga 8,1 mlrd. АQSh dollari miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 - 2020-yillarga nisbatan 34 foizga oshdi (6,0 mlrd. АQSh dollar).

Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikadan 1,6 mlrd. АQSh dollari miqdorida valyuta mablag‘lari chetga jo‘natilgan.
2021-yilda milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif faktorlari hamda tashqi omillar ta’sirida shakllandi. Xususan, respublikada iqtisodiy va investitsion faollikning tezlashishi natijasida valyutaga boʼlgan talabning o‘sishi o‘z navbatida qulay tashqi sharoitlar va jahonda asosiy eksport tovarlarimizga bo‘lgan narxlarning oshishi fonida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan valyuta taklifining ko‘payishi bilan muvozanatlandi. Natijada, hisobot yilida milliy valyutaning АQSh dollariga nisbatan kursi 3,4 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning АQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi 2020-yilda 10,1 foizni hamda 2019-yilda 13,9 foizni tashkil etgan. 2021-yilda real samarali almashuv kursi indeksi savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi hamda ichki inflyatsiyaning hamkor davlatlar inflyatsiya darajasiga nisbatan yuqoriroroq boʼlishi hisobiga 5,2 foizga mustahkamlandi.
mln.АQSh dollar

Download 69.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling