Mavzu: Varing muammosi. Varing muammosida doiraviy metod. G. Veyl
Download 74.73 Kb.
|
12 amaliy mashg\'ulot Varing muammosi Varing muammosida doiraviy
Mavzu: Varing muammosi.Varing muammosida doiraviy metod. G.Veyl y ig ’indilarini baholash.Varing muammosida assimtotik formula. G(n) ning bahosi. Fransuz matematigi J.L.Lagranjning ixtiyoriy natural sonni tо‘rttadan ortiq bо‘lmagan butun sonlarning kvadratlari yig‘indisi kо‘rinishida ifodalash mumkinligi haqidagi ishlaridan keyin 1770 yilda ...Varing (Waring) о‘zining “Algebraik fikrlar” asarida “har bir juft natural sonni tо‘qqiztadan ortiq bо‘lmagan manfiy bо‘lmagan butun sonlarning kublari, 19ta bikvadratlar va hokazolar kо‘rinishida ifodalash mumkin”- degan gipotezani ilgari suradi. Hozirda u bilan quyidagi tasdiqni kо‘zda tutgan deb hisoblashadi: ixtiyoriy butun musbat soni uchun shunday natural soni mavjudki, har bir natural sonini tadan ortiq bо‘lmagan natural sonlarning darajalari yig‘indisi kо‘rinishida ifodalash mumkin. Agar biz bu shartni qanoatlantiruvchi eng kichik ni bilan belgilasak, u holda bо‘ladi. Bu gipoteza keyinchalik Varing problemasi nomi bilan yuritila boshlagan va XIX- asr mobaynida ayrim olingan k lar uchun problema yechilgan bо‘lsada umumiy holda о‘z yechimini topmadi. Faqat1909 yilda D.Gilbert birinchi bо‘lib barcha k≥2 lar uchun chekli g(k) ning mavjud ekanligini isbotladi. D.Gilbert metodi bilan olingan g(k) ning qiymati ancha qо‘pol (katta) edi. 1920 yilda ingliz matematiklari G.Xardi va Dj. Littlvudlar Varing problemasiga doiraviy usulni qо‘lladilar va yetarlicha katta lar uchun tenglamaning manfiy bо‘lmagan butun sonlardagi yechimlari soni Rs(n,k) uchun asimptotik formula olganlar. Xardi-Litllvud metodining mohiyati quyidagidan iborat: faraz qilaylik A={am} – manfiy bо‘lmagan butun sonlarning qat’iy о‘suvchi ketma-ketligi bо‘lsin. Ushbu funksiya va uning s – darajasi ni qaraymiz. Bunda Rs(n) bilan n ni A dan olingan s ta hadning yig‘indisi kо‘rinishida ifodalashlar soni belgilangan. Koshining integral formulasiga kо‘ra bu yerda 0<<1. Xardi-Litllvud (X.-L.) metodiga kо‘ra integral Rs(n) ikkita qо‘shiluvchi I1 va I2 lar yig‘indisiga ajratiladi. Bunda I1 birinchi qо‘shiluvchi Rs(n) uchun asimptotik formuladagi bosh hadni, ikkinchi qо‘shiluvchi I2 esa qolddiq hadni beradi. Shuning uchun ham X.-L. ning doiraviy usuli bu Rs(n) dan bosh hadni ajratib olish metodidir. Keyingi yillarda X.-L. metodiga bir qancha о‘zgartirishlar kiritildi. Bularning eng muhimlari I.M. Vinogradov[B] va Xua [X] lar tomonidan kiritilgan. I.M. Vinogradov X.-L. metodidagi cheksiz yig‘indini chekli trigonometrik yig‘indi bilan almashtirishni taklif etdi va Varing problemasidagi asimptotik formulaning qoldiq hadini ancha yaxshilashga erishdi. Shu asosda uning trigonometrik yig‘indilar metodi vujudga keldi([V1,2] larga qarang). Xua [X] lar tomonidan kiritilgan kiritilgan о‘zgartirishlar ekanligini kо‘rsatish imkonini berdi. Katta va kichik yoylarni aniqlash ancha erkinlik va bu yerdagi tanlov yetarlicha ixtiyoriydir. Endi shu о‘zgarishdan kelib chiqadigan natija bilan tanishib chiqamiz. Faraz qilaylik yetarlicha katta, (1.2) va yetarlicha kichik musbat faqat ga bog‘liq bо‘lgan son bо‘lsin. U holda lar uchun (1.3) deb olamiz va ularni katta yoy (interval) lar deb ataymiz. Barcha katta yoylarning birlashmasini belgilaymiz. oraliqning о‘rniga (1.4) birlik intervalni qarash qulay. Chunki oraliqga barcha katta yoylar ham tushavermaydi, lekin Biz kichik yoylar deb ataymiz. Tushunarliki, agar va deb olsak bо‘ladi. Yozuvda qulaylik uchun ning о‘rniga belgilashdan foydalanamiz. U holda (1..3) ga ega bо‘lamiz. Bu integrallarni baholashdan oldin ba’zi zaruriy lemmalarni keltiramiz. Download 74.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling