LOYIHA FAYLLARI
VC++ dasturlash tilida loyiha yaratganimizda turlicha (bir-biridan farq qiluvchi) bir qancha fayllar hosil bo’ladi. Lekin barcha fayllarning holati loyihaga yoki muhitga bog’liq holda bo’ladi.
/2-jadvalda loyihaning xususiy fayllari ro’yxati keltirilgan. Shuni aytib o’tish kerakki, Обозреватель решений oynasida loyihaning fayllari qisqartirilgan shaklda ko’rsatiladi. Biz barcha qisqartirilgan fayllar ro’yxatini ko’rmoqchi bo’lsak, Сервис→Параметры→Проекты и решения amallarini ketma-ket bajarib, Параметры проекта VC++ qismidagi Скрываемые расширения punktida qisqartirilgan fayllar ro’yxati keltirilgan. Barcha fayllarni ko’rmoqchi
bo’lsak, Проект menyusiga kirib, Показать все файлы buyrug’ini tanlashimiz kerak.
Quyida keltirilgan 2-jadvalda har bir faylning nomi va ularda nimalar saqlanishi haqida to’xtalib o’tamiz.
2.1-jadval. Hosil bo’lgan fayllar
Fayl nomi
|
Tavsif
|
Form.h
|
h-fayl, formalarning tavsifi va barcha komponentlar ro’yxati saqlanadi
|
App.rc
|
Loyihaning fayl resurslari, yozilgan senariy ko’rinishlari, loyihaga bog’liq bo’lgan har qaysi muloqot oynasi haqida ma’lumot, instrumentlar paneli, piktogrammalar, loyiha versiyasi va boshqalar saqlanadi.
|
App.ico.
|
Dasturning piktogrammasi saqlanadi.
|
Resource.h
|
Bu sarlavha fayl o’zida resurslarni aniqlaydi va loyihadan foydalanish uchun app.rc faylidan generatsiya qiladi
|
Stdafx.h
|
Bu faylda kompilyatsiyadan oldingi sarlavha va obyekt fayllar joylashadi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |