INTEGRALLASHGAN ISHLAB CHIQUVCHI MUHIT
Integrallashgan ishlab chiquvchi muhit – ICP/IDE (ingl, Integrated development Environmetn) – dasturlarning kompleks muhiti bo’lib, dasturchilar undan DT ishlab chiqish uchun foydalanishadi.
Muhit quyidagilarni taqdim etadi:
Matn muharriri
Kompilyator va/yoki interpretator
Muhitni avtomatlashtirishni yig’masi
Sozlovchi
Ba’zida integrallashgan muhitning tizimini boshqarish versiyasini osonlashtirish maqsadida turli xilda instrumentlarni foydalanuvchi grafik interfeysida taqdim etadi. Ko’plab zamonaviy ishlab chiqaruvchi muhitlarda Obyektga mo’ljallangan DT ni ishlab chiqish uchun sinflar brauzeri, obyektlar inspektori va sinflar iyrerxiyasi diagrammasi mavjud. IDE lar bir qancha dasturlash tillarida ishlash imkoniyatini beradi. Ularga IntelliJ IDEA, NetBeans, Eclipse, Qt Creator, Geany, Embarcadero RAD Studio, Code::Block, XCode yoki Microsoft Visual Studiolar (1.6-rasm) ni misol qilib keltirishimiz mumkin. Lekin bitta tilga mo’ljallanganlari ham bor, masalan, Visual Basic, Delphi , Dev C++.
Xususiy holat IDE – visual ishlab chiqarish muhiti, dasturning visual muharririni taqdim etish imkoniyatini beradi.
1.6-rasm. Integrallashgan muhitlar
MICROSOFT VISUAL STUDIO
Ushbu integrallashgan muhitning shu vaqtga qadar bir qancha versiyalari taqdim etilgan. Quyida ular bilan tanishib chiqamiz.
Microsoft Visual Studio – Microsoft mahsuloti bo’lib, dasturiy ta’minot yaratish uchun integrallashgan muhitni va boshqa instrumentlar qatorini taqdim etadi. Ushbu mahsulot konsolli ilovalar, grafik intefeys bilan ishlovchi ilovalar yaratish imkoniyatini beradi, Windows Forms texnologiyasi qo’llagan holda web-saytlar, web-ilovalar, web-xizmatlar, turli xil platformalar kodlarini boshqaruvchi Windows, Windows Mobile, Windows CE, .NET Framework, Xbox, Windows Phone, .NET Compact Framework va Silverlightlarni qo’llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |