Tipi – Integrallash ishlab chiqaruvchi muhit
Ishlab chiqaruvchi – Microsoft
Dasturlash tillari – C++ va C#
Operatsion tizim – Windows
Interfeys tili – xitoy, ingliz, fransuz, portugal, nemis, italyan, yapon, koreys, ispan , rus tillari
Oxirgi versiya – Visual Studio 2015 (20-iyul 2015-yil)
Litsenziya – foydalanuvchi bilan kelishuvi asosida
Sayt – www.visualstudio.com
Komponentlari. Visual Studio quyidagi bitta yoki bir qancha komponentlarni qo’llaydi:
Visual Basic .NET – u Visual Basic asosida paydo bo’lgan
Visual C++
Visual C#
Visual F# (Bu Visual Studio 2010 dan boshlab ishlatiladi)
Boshqa variantlarni quyidagilarni yoqish orqali yetkazib berish mumkin:
Microsoft SQL Server yoki Microsoft SQL Server Express
Visual Studioning oldingi tarkibiga ham mahsulotlar kiritilgan:
Versiyalari. Visual Studio 4.0 ning dastlabki versiyasida Visual Basic 3, Visual C++, Visual FoxPro va Source Safe ishlab chiqaruvchi muhitlarini mustaqil paket sifatida yetkazib berilgan.
Visual Studio 97. Visual Studio 97 – Visual Studioning birinchi ishlab chiqilgan versiyasi hisoblanib, turli muhitlarda dasturiy ta’minot ishlab chiqish uchun ilk bora bir joyda to’plangan. U ikki xil versiyada chiqarilgan – Professional hamda Enterprise va ular Visual Basic 5.0, Visual C++ 5.0, Visual J++ 1.1, Visual FoxPro 5.0 va ilk bora ASP ishlab chiqarish muhiti – Visual InterDev ni joylashtirdi. Microsoft bu versiyasida ilk bora ko’plab tillarni: Visual C++, Visual J++, Visual InterDev va MSDN ni bir muhitda qo’llashga urinib ko’rdi va u Developer Studio deb nomlandi. Visual FoxPro va Visual Basiclar alohida ishlab chiqarish muhiti sifatida ishlatildi.
1.4-jadval. Visual Studio versiyalari ro’yxati
Do'stlaringiz bilan baham: |