Mavzu: vizual dasturlash asoslari. Vizual dasturlash haqida asosiy tushunchalar. Dasturlash muhitida loyiha yaratish va uning tarkibi
Download 1.88 Mb.
|
Xurshida.Y
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ctrl+Probel
KODNI AYTIB TURUVCHI (SUFLER)
Muhitning bu instrumenti loyiha dasturlarini tezkor va aniq yozishga yordamlashadi. U bizga kodda ishlatishi mumkin bo’lgan turlar haqida tezkor ma’lumot berib turadi. Masalan, biz biror obyektdan keyin nuqta (bu operator to’g’ridan-to’gri sinf a’zosiga yoki strukturaga ko’rsatkich hisoblanadi) yoki o’ng strelka (->) (bu operator – tanlangan sinf a’zoga sinf orqali ko’rsatkich hisoblanadi) qo’ysak bizda aytib turuvchi (подсказка) mavjud bo’lgan barcha sinflar ro’yxatini keltiradi. Bu ro’yxatdan istalgan birini belgilab, sichqoncha tugmasini yoki this->button1->BackColor = clRed; //Agar this ko’rsatkichi yozishingiz bilan birdaniga “aytib turuvchi” oynasi ochiladi va Form1da mavjud bo’lgan barcha obyekt a’zolar ro’yxati keltiriladi. Bundan button1 kodini tanlaymiz. this->button1 kodlari yozilgandan keyin, yana o’ng strelka qo’ysak, bizda endi “aytib turuvchi” oynasida ushbu komponenta qabul qiladigan hodisalar ro’yxati keltiriladi. Bu hodisalardan BackColorni tanlaymiz. Ko’rib turganingizdek, bunday usuldan foydalanish dasturlarni yanada tezroq yozish, xatolarni oldini olish, agar bizda ishlatiladigan ma’lumotlar juda ko’p bo’lsa, ulardan o’zimizga kerakligini tezroq tanlash imkoniyatlari oshiradi. Biz istalgan vaqtda bunday “yordamchi”ni chaqirmoqchi bo’lsak, u holda Ctrl+Probel klavishlar kombinatsiyasini bosishimiz kerak. KOD MUHARRIRI SOZLAMALARI MUHARRIR OYNASINI BOSHQARISH Biz bir vaqtning o’zida bir qancha joyda dastur kodi bilan ishlashimiz mumkin. Buning uchun muharrir oynasini kerakli miqdorda bo’laklarga ajratib olishimiz kerak. Muharrir bilan ishlashni osonlashtirish uchun bitta oynani ikkita qismga ajratish mumkin. Oynani qismlarga ajratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: Kursorni dasturning qaysi qismi bo’linishi lozim bo’lgan joyga keltirib qo’yamiz: Окно→Разделить buyruqlarini bajaramiz. Natijada oynamiz ikkiga ajraladi: (Agar Окно→Снять разделение buyruqlarini bajarsak oynamiz yana oldingi holatiga qaytadi.) Muhitdan oynaning nusxasini yaratgan holda ham foydalanishimiz mumkin. Bu asosan juda katta dasturlarni loyihalashda ishlatiladi. Buning uchun nusxasi olinishi kerak bo’lgan oynani ochamiz va Окно→Создать окно buyruqlarini bajarimiz. Natijada xuddi shu oynanining yana bir nusxasi paydo bo’ladi. Agar biz ushbu buyruqni bir necha marta bajarsak, xuddi shuncha oynalarning nusxalari paydo bo’ladi (2.26-rasm). Ularni tegishli joylashtirib dasturni tuzishni davom ettirishimiz mumkin. Yana bir bora shuni ta’kidlashimiz kerakki, bu oynalarning har biri dastlabki oynaning nusxasi bo’lib, istalgan biridagi o’zgarish barchasiga o’tadi. // Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling