Mavzu: vizual dasturlash asoslari. Vizual dasturlash haqida asosiy tushunchalar. Dasturlash muhitida loyiha yaratish va uning tarkibi


/ СТРАНИЦЫ СВОЙСТВ (SAHIFA XOSSALARI) VKLADKASI


Download 1.88 Mb.
bet11/15
Sana19.06.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1600351
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xurshida.Y

/
СТРАНИЦЫ СВОЙСТВ (SAHIFA XOSSALARI) VKLADKASI

//Bunday turdagi interfeys (interfeys - foydalanuvchi va dasturiy ta’minot o’rtasidagi bog’liqlikni tashkil etib beruvchi) loyihaga kerak bo’ladigan bir qancha elementlarni o’rnatish uchun kerak. Bu oynani ochish Проект – Свойства buyruqlari ketma-ket bajarish orqali amalga oshiriladi. Bu oynaning ko’rinishi 2.16–rasmda keltirilgan. Bu oynaning (2.16-rasm) Свойства конфигурации qismida Общие bo’limiga o’tib, ko’plab sozlamalarni amalga oshirishimiz mumkin. (Bu haqida yana keyingi mavzularimizda to’liqroq to’xtalamiz)


Ulardan ba’zilari haqida so’z yuritaylik:

  1. Тип конфигурации – yaratilyotgan dastur tipi: .exe, DLL (Bu haqida keyingi mavzuda so’z yuritamiz), .LIB yoki xizmat dasturlari

  2. Использование MFC – Windowsning standart ilovlaridan foydalanish, statistik kutubxonalardan foydalanish yoki umumiy DLL lardan foydalanish.

  3. Набор символов – Kiritilishi mumkin bo’lgan simvollar to’plami: Unikod, ko’pbaytli kodirovka yoki o’rnatilmagan.

  4. Поддержка приложений для Магазина Windows – Ilova uchun Windows Magazinidan foydalanishiga ruxsat berish: Ha yoki Yo’q.



HUJJATLAR OYNASINI BOSHQARISH
/Ilovalarni ishlab chiqarish muhiti (IDE) bizga hujjatlar oynasi o’rtasida turli xil asbob-uskunalar orqali pozitsiyali va o’zgartiruvchi amallarni bajarishga imkoniyat beradi. Buning uchun ikki xil rejim mavjud: erkin va bog’langan oynalar rejimi.
Hujjatlarning erkin rejimida muhit oyna-konteynerlarini umumiy ramkaga birlashtiradi. Bog’langan rejimda esa barcha oyna hujjatlari alohida-alohida vkladkalarda joylashadi. Vkladkalar o’rtasidagi bog’liqlik o’zgarishi mumkin. Rejimdan rejimga o’tish quyidagi buyruqlar orqali amalga oshiriladi: Окно Плавающая область.(2.19-rasm)
/Umuman aytganda boshlovchi foydalanuvchilar bunday harakat orqali faqatgina muhit ishchi stolini bo’laklarga bo’lishni tushunishadi. Aslida esa, bu oynalarni erkin tarzda joylashtirish ularning xossalarini alohida-alohida ko’rish demakdir. Agar siz ularni erkin tarzda joylashtirsangiz, bir necha kundan keyin uni ishga tushirib, ularni qaytadan birlashtira olmasligingiz mumkin. Shuning uchun ularni ajratishda ehtiyot bo’lish kerak.
Agar oynalarni to’liq boshlang’ich holatga qaytarmoqchi bo’lsangiz, Окно menyusidagi Сброс макета окон buyrug’ini tanlashingiz kerak.
Ushbu bo’limning kirishida ta’kidlaganimizdek, eng avvalo oynalarni o’zimizga qulay tarzda joylashtirishimiz talab qilinadi. Buning uchun bizga muhit maxsus “yordamchi” (2.20-rasm)ni taqdim etadi. Bu yordamchi kerakli o’ringa joylashtirishimiz mumkin. U oynani pastga, tepaga, chap tarafga, o’ng tarafga va biror oyna ichiga joylashtirish mumkinligini ko’rsatuvchi yo’naltirgichlarga ega bo’lgan belgilar orqali namoyon bo’ladi. Uni qanday chiqaramiz? Buning yo’lini oddiy. Istalgan biror oynani sichqoncha kursori yordamida ushlab ozgina siljitishimiz bilanoq u namoyon bo’ladi. U orqali kerakli yo’nalishni tanlaymiz va oynamizni yo’nalishning ustiga olib borib, sichqoncha tugmasini qo’yib yuborsak, oyna aynan biz tanlagan joyda joylashadi.
Bir qancha oynalardan ba’zilaridan “qutulmoqchi” bo’lsak, u holda kerakli oynani tanlab ОкноАвтоматические скрывать buyruqlarini bajaramiz.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling