Mavzu: vizual dasturlash asoslari. Vizual dasturlash haqida asosiy tushunchalar. Dasturlash muhitida loyiha yaratish va uning tarkibi
Download 1.88 Mb.
|
Xurshida.Y
- Bu sahifa navigatsiya:
- СОБЫТИЯ (HODISALAR) VKLADKASI Events(События)
- (Proporties)
OBYEKTLAR XOSSALARI OYNASI
/Ishchi stolda joylashgan istalgan obyekt ma’lum bir xossalarga ega bo’ladi. Masalan, Панель элементов bo’limidagi istalgan biror komponentani olsak, u nomi, koordinatalari va boshqalari bilan farq qilishi mumkin. Barcha faol bo’lgan obyektlarning xossalarini o’zgartirish uchun shu obyekt belgilanib, uning ustiga o’ng tugmacha bosiladi va Свойства bo’limiga o’tiladi. Unda 2.13-rasmdagi oyna hosil bo’ladi. / Bu oynada mavjud bo’lgan quyidagi besh tugmaning vazifasini keltiraylik:
СОБЫТИЯ (HODISALAR) VKLADKASI Events(События) vkladkasining ro’yxatida bir qancha hodisalar mavjud, bu hodisalarning har birini komponenta bilan bog’lash mumkin. Shuni unutmangki, har bir hodisa – ishlab chiqiladi, u tayyor holatda bo’lmaydi. U bizga komponenta yordamida biror vazifa bajarishimiz mumkinligini ko’rsatadi. Hodisa yaratilish chog’ida VC++ da hodisani yaratish funksiyasi hosil bo’ladi. Bu funksiya sarlavha faylning qismi, lekin bu bo’sh tana – dastur emas, balki dasturning “xom-ashyosidir”. Button1 tugmasi bosilgach ro’y berish lozim bo’lgan Onclick hodisaning bo’sh tanasi quyidagichadir: private: System::Void button1_Click(System::Object^ sender, System::EventArgs^ e) { } 2.14-rasmda ushbu obyekt uchun hodisalar ro’yxati keltirilgan. OnClick hodisasi quyidagi ma’noni anglatadi: sichqoncha tugmasi bosilgach qandaydir reaksiya(amal) bajariladi. Siz dasturingizning asosiy qismiga OnClick hodisasi ro’y berganda qanday reaksiya amalga oshirilishi lozimligini bildiruvchi kodni kiritasiz. Misol uchun, sichqoncha tugmasi bosilgach bizga qandaydir sonning fakorialini hisoblab natijani ko’rsatsin. Bu tizim shunday avtomatik sozlanganki, siz kerakli hodisaning dastur matnini kiritishingiz uchun, tanlangan hodisaning qiymat maydoniga sichqoncha tugmachasini ikki marta bossangiz yetarli, tizim avtomatik holda dasturning tahrir oynasiga o’tib sichqonchaning kursorini kerakli joyga o’rnatadi. ///Свойства (Proporties) oynasining yuqorida joylashgan pastga qaragan uchburchakni bossak (2.15-rasm), barcha obyektlarning ro’yxati ko’rsatiladi. Bu ro’yxat orqali siz komponentaning faqat nomlarini emas, balki ularning birortasini aktivlashtirish, formadagi joyini o’zgartirish kabi amallar bajarishingiz mumkin. Bu yordami bilan biz, istalgan komponentani tanlab, uning formadagi joyini aniqlashimiz va uning ustida ishlashimiz mumkin. Buning uchun sichqoncha tugmasi komponentaning nomi ustiga bir marta bosilsa, darhol ushbu komponenta Свойства (Proporties) oynasida faollashadi. Shunday qilib, oson yo’l bilan istalgan komponentaning qayerda joylashganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Oldindan aytamizki, Ilovada bittadan ko’p forma joylashgan bo’lishi mumkin. Bularning har biriga dastur moduli yasaladi, loyihaning sahifalar vkladkasida ularning nomi ko’rinadi. Vkladka formaning ichida joylashgan bo’lib, oynaning sarlavha qismida joylashadi. Boshqa vkladkaning moduliga o’tsak, shu bilan birga boshqa formaga o’tgan bo’lamiz. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling