Mavzu: xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri reja: kirish
II. IQTISODIY INTEGRATSIYANING JAHON HAMDA
Download 495.35 Kb.
|
rustamm
II. IQTISODIY INTEGRATSIYANING JAHON HAMDA
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRI 2.1.Xalqaro integratsiyaning milliy iqtisodiyotlar rivoji uchun afzalliklari va uning umumiy jihatlari Oʼzbekistonda hali rivojlanib ulgurmagan ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish segmentlari YeOIIning boshqa aʼzo davlatlari korxonalari tomonidan egallab olinishi xavfi saqlanib qoladi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz YeOII bilan keng koʼlamli integratsiyaga tayyor emas. Bu haqda 16 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida videokonferents aloqa shaklida tashkil etilgan parlament eshituvida soʼz bordi. Unda Oʼzbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalashuvining tashqi savdo, bojxona-tarif tizimini tartibga solish, byudjet, bank va moliya sohasi, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari rivojlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida bir qator vazirliklarning axboroti tinglandi. Parlament eshituvida masofaviy tarzda ishtirok etgan Oʼzbekiston Respublikasi bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha oʼrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshid Qoʼchqorov oʼz axborotida YeOII bilan hamkorlik barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlashi, pirovard natijada mavjud iqtisodiy va ijtimoiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi, bundan tashqari, ushbu hamkorlik mamlakatimizda barcha sohalarda rivojlanish jarayonlarini jadallashtirish va globallashuv talablariga tezroq moslashish imkonini yaratishini qayd etib oʼtdi. “EOII bilan integratsiyaning milliy iqtisodiyotga, jumladan, yalpi ichki mahsulotga toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsiri boʼyicha baholash ishlari olib borilgan. Mazkur hisob-kitoblar iqtisodiyot tarmoqlaridagi ustunlik va xavflarni, yaʼni “yoʼqotish” va “yutuqlar”ni inobatga olgan holda baholangan. Bunda, tovarlar va xizmatlar tashqi savdosi, xorijiy investitsiyalar, bandlik va migratsiya jarayonlari, soliq tushumlari va aholi daromadlari kabi yoʼnalishlarga alohida eʼtibor berilgan”, deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmatining xabarida. Eshituvda siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyalari tomonidan ayrim mulohazalar, savollar oʼrtaga tashlangan. Chunonchi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasining qayd etishicha, YeOII asosiy maqsadlaridan biri bu — kooperatsion aloqalarni rivojlantirish evaziga ittifoq iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish. Lekin YeOIIda kechayotgan jarayonlarda asosan tovarlar oldi-berdisidan u yogʼiga oʼtilayotgani yoʼq. Bunday vaziyatda sanoati sust rivojlangan aʼzo davlatga qoʼyiladigan stantdart talablarining yuqoriligi raqobatga bardoshli boʼlmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot boʼlishiga olib kelishi tayin. Oʼzbekistonda hali rivojlanib ulgurmagan ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish segmentlari YeOIIning boshqa aʼzo davlatlari korxonalari tomonidan egallab olinishi xavfi ham saqlanib qoladi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz YeOII bilan keng koʼlamli integratsiyaga tayyormi, degan haqli savol tugʼiladi. Yetarli darajada tayyorgarlik koʼrishimiz uchun qancha vaqt kerak, qanday ishlarni amalga oshirishimiz kerak? Berilgan axborotga koʼra, YeOII bilan integratsiya jarayonlarida sanoat korxonalari raqobatbardoshligini taʼminlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʼladigan muddatlar borasidagi “Yoʼl xaritasi”ga muvofiq, sanoatning 13 ta yetakchi tarmoqlari boʼyicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilishi talab etiladi. Ushbu sanoat tarmoqlariga integratsiya jarayonlariga tayyorgarlik koʼrish uchun tegishli muddatlar zarur. Misol uchun, qisqa muddatli davr (2022 yilga qadar) — qora metallurgiya, neftь va gaz, koʼmir, farmatsevtika, yogʼ-moy, oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun, oʼrta muddatli davr (2024 yilga qadar) — toʼqimachilik va tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, elektrotexnika, kimyo, elektr energetika sanoati korxonalari uchun, uzoq muddatli davr esa (2028 yilga qadar) — avtomobilsozlik, qishloq xoʼjaligi mashinasozligi korxonalari uchun zarur boʼladi. Shuningdek, Oʼzbekistonning YeOIIga qoʼshilishi oziq-ovqat xavfsizligi tizimini takomillashtirishda qanday oʼrin tutishi masalasi xususida ham qizgʼin fikr almashildi. Taʼkidlanganidek, Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi sohasida YeOIIga qoʼshilishi natijasida salbiy imkoniyatlardan koʼra, ijobiy imkoniyatlar kengroq. YeOII aʼzo mamlakatlarining baʼzilari qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining netto-importyorlari ekanligini inobatga olib, Oʼzbekiston ushbu sohada boshqa mamlakatlarga nisbatan qiyosiy ustunlikka ega. Jumladan, sabzavotlar boʼyicha YeOII mamlakatlari va Oʼzbekiston mahsulotlari narxlari orasidagi farq 60 foizgacha, mevalar boʼyicha 48 foizgacha, dukkaklilar boʼyicha 33,3 foizgacha yetadi. Shu bilan birga, YeOIIga aʼzo boʼlish Oʼzbekistonga qishloq xoʼjaligi mahsulotlari eksportini 152 foizga oshirish imkonini beradi, import 120 foizga oshishi hisob-kitob qilinmoqda. Parlament eshituvida hamkorlik natijasida elektroenergetika sohasida kutilayotgan yoʼqotishlar oʼrnini qoplash uchun qanday choralar koʼrish kerakligiga oid yana bir qator savollar oʼrtaga tashlandi. “Integratsiya axborot xavfsizligini taʼminlashda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin” Oʼzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov YeOII bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilishi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qator muammo va qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi, davlatlar oʼrtasidagi elektron hujjatlar almashinuvida yagona shifrlash tizimidan foydalanilishi axborot xavfsizligini taʼminlashda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkinligini maʼlum qildi. Qayd etilganidek, YeOII shartnomasiga muvofiq, barcha sohalarda axborotlashtirish jarayonlarning integratsiyasini taʼminlash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va transchegaraviy ishonch makonidan keng foydalangan holda axborot almashinuvida samarali oʼzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda va roʼyobga chiqarilmoqda. YeOIIga aʼzo davlatlar tomonidan oʼzaro elektron hujjat almashinuvi boʼyicha loyiha amalga oshirilayotgani bunga yaqqol misol boʼla oladi. Mazkur loyihada Ittifoq va aʼzo davlatlar oʼrtasida elektron hujjat almashinuvi, oʼzaro xizmat xatlari almashinuvini taʼminlash boʼyicha axborot-texnologiyalari yechimlarini joriy etish va ishonchli uchinchi taraf servislari orqali elektron raqamli imzolarning haqiqiyligini tasdiqlash koʼzda tutilgan. Uning ijobiy taʼsiri — mazkur integratsiyalashgan axborot tizimlarining joriy etilishi elektron raqamli imzodan foydalanadigan holda davlatlararo hujjat almashinuvi, xalqaro elektron savdo, hujjatlarni elektron ravishda tasdiqlash va xalqaro bank operatsiyalarini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ikkinchi tomondan esa respublikada elektron raqamli imzoga oid qonunchilik hujjatlari va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga oʼzgartirishlar kiritish, mavjud elektron raqamli imzo tizimlarini YeOII talablariga moslashtirish maʼlum vaqt va mablagʼlarni talab etadi. Ushbu yoʼnalishlarda normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda aʼzo davlatlarning yagona yondashuvidan kelib chiqib hujjatlar almashinuvida yagona shifrlash tizimidan foydalanilishi axborot xavfsizligini taʼminlashda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Parlament eshituvida mazkur yoʼnalishda Oʼzbekiston uchun yaqin va uzoq muddatdagi siyosiy tavakkalga oid tahlillar maʼlum qilindi6 “EOIIga aʼzolik siyosiy va iqtisodiy xarakterdagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin” Tashqi ishlar vaziri Аbdulaziz Komilov Oʼzbekiston va YeOII oʼrtasida yaqin aloqalar oʼrnatishni yoqlovchi jihatlar bilan bir qatorda, mamlakatimizning mazkur tashkilot aʼzosiga aylangan taqdirda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan siyosiy va iqtisodiy xarakterdagi salbiy oqibatlarni chuqur tahlil qilishni talab etuvchi omillar ham mavjudligini taʼkidlagan. O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy ma`lumotiga ko`ra bugungi kunda dunyoda 300 dan ortiq integratsion tashkilotlar faoliyat koʼrsatib kelayotgani, bularning har birida oʼziga yarasha qonun-qoidalarga amal qilish asosida hamkorlik qilinishi, hozir Oʼzbekiston uchta integratsion tashkilot, yaʼni Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti va Yevrosiyo ittifoqi bilan muzokaralar olib borayotgani aytib oʼtilgan.Eng muhimi, Oʼzbekiston bu integratsion tashkilot bilan hamkorlikda faqat iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqadi va Oʼzbekiston ishtirokini siyosatlashtirishga yoʼl qoʼymaydi. Bu jihat Oʼzbekiston tashqi siyosat kontseptsiyasida toʼliq aks ettirilgan. Shu kabi omillarni inobatga olgan holda, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan YeOII bilan hamkorlikdan kelib chiqishi mumkin boʼlgan salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida tegishli “yoʼl xaritasi” ishlab chiqilgan. Download 495.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling