Mavzu: xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri reja: kirish


Globallashuv sharoitida Oʼzbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki tahlili


Download 495.35 Kb.
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi495.35 Kb.
#1582795
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
rustamm

2.2.Globallashuv sharoitida Oʼzbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki tahlili.

Bugungi kunga kelib Oʼzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida dunyoning turli mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar amalga oshirilmoqda. Mazkur aloqalar maxsulotlar va xizmatlar savdosi, ilmiy- texnik sohadagi ayirboshlash, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, xalqaro turizm, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi kabi iqtisodiyotning muhim sohalarida amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan faol tashqi iqtisodiy siyosatning samarali natijasi oʼlaroq soʼnggi yillarda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatida sezilarli natijalarga erishildi.


Eksport salohiyatini yuksaltirish, uning hajmini oshirish, tarkibini takomillashtirish, geografiyasini kengaytirish muhim va dolzarb vazifalardan biri boʼlib, bir vaqtning oʼzida Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng murakkab vazifalari qatoriga kiradi.
Eksport diversifikatsiyasi, yaʼni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xom ashyo) ulushining katta boʼlishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror boʼlishini taʼminlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy oʼzarishlarga taʼsirchanligi darajasini pasaytiradi.
Hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat borasida soʼnggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni ragʼbatlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019 yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini 42,2 mlrd. АQSh dollariga yetishini va 2018 yilga nisbatan 8,7 mlrd. АQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini taʼminladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori koʼrsatkich sifatida qayd etildi.
Tashqi savdo aylanmasi da eksport hajmi 17,9 mlrd. АQSh dollariga (oʼsish surʼati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. АQSh dollariga (oʼsish surʼati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. АQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi


Download 495.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling