Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyatini ochib berish, Oʼzbekiston va Yevro-Osiyo xalqaro iqtisodiy tashkilotiga a`z obo`lishining ijobiy tomonlariga qaratilgan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqarishdan iboran.
Yuqoridagi maqsadga erishish uchun kurs ishida quyidagi vazifalar xal etildi:
- Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati hamda sabablarini ochib berish;
- Xalqaro iqtisodiy integratsiya toʼgʼrisidagi turlicha nazariy qarashlarni yoritish;
- Globallashuv sharoitida Oʼzbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini taxlili qilish;
- Oʼzbekistonning Yevro-Osiyo xalqaro iqtisodiy tashkilotiga aʼzo boʼlishining ijobiy va salbiy tomonlarini oʼrganish.
Kurs ishining ob`yekti sifatida O`zbekiston iqtisodiyoti tanlab olindi.
Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xo`jalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi. Buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar hamda xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro integratsiya eng yuqori darajadagi yuqori ko`rinish hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: Oʼzbekistonning Yevro-Osiyo xalqaro iqtisodiy tashkilotiga aʼzo boʼlishining ijobiy va salbiy tomonlari hisoblanadi.
Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xo`jaliklar darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya ishlab chiqarish texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida bir-biriga qulay sharoitlarni yaratishda, o`zaro to`siqlarni olib tashlashda namoyon bo`ladi. Buning asosida mehnat taqsimoti yotadi.
I.BOB. JAHON IQTISODIYOTIDA IQTISODIY INTEGRATSIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |