Mavzu: xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri reja: kirish


Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar


Download 495.35 Kb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi495.35 Kb.
#1582795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
rustamm

1.3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar.

Iqtisodiy integratsiya bir qator obʼektiv omillarga asoslangan boʼlib ular orasida quyidagilar muhim oʼrin tutadi:



  • xoʼjalik hayoti baynalmilallashuvining oʼsib borishi;

  • xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

  • umumjahon ilmiy-texnikaviy inqilobining roʼy berishi;

  • milliy iqtisodiyotlar ochiqligi darajasining oshishi.5




1.3.1- rasm. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar
Bu omillarning barchasi oʼzaro bogʼliqdir. Integratsiyalashuv – mamlakatlar oʼrtasidagi (avvalambor, xalqaro mehnat taqsimoti asosida) barqaror oʼzaro aloqalar rivojlanishi jarayoni va qayta ishlab chiqarishning milliy xoʼjalik doirasidan chetga chiqishidir. Baynalmilallashuvning oʼsishiga esa, ayniqsa, transmilliy korporatsiyalar (TMK) faol koʼmaklashadi.
Transmilliy korporatsiyalar chet ellarda oʼz aktivlariga ega boʼlgan milliy monopoliyalardir. Ularning qayta ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyati bir davlat doirasidan chiqib ketadi. Ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi “yirik kompaniyalarning chet elda korporatsiyalarni transmilliy korporatsiyalarga aylantirish yoʼli bilan xoʼjalik aloqalarini ekspansiya qilish” xususiyatiga ega boʼla boshlaydi. Kapitalni olib chiqish xalqaro korporatsiyalarni tuzish va rivojlantirishda muhim omilga aylana boshlaydi. Xalqaro mehnat taqsimoti qanchalik chuqur boʼlsa va ishlab chiqarishdagi kooperatsiya aloqalari qanchalik mustahkam boʼlsa, iqtisodiy integratsiya shunchalik muvaffaqiyatli va turli shakllarda rivojlanadi.
Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilardan iboratdir:
Erkin savdo hududi. uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar oʼzaro savdo toʼsiqlarini bekor qiladilar, lekin ularning har ikkalasi uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo toʼsiqlarini buzmaydi. Bunday hududda qatnashuvchi mamlakatlar chegaralaridagi bojxona nazorati saqlab qolinishi kerak. Uning maqsadi - qoʼshni qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona toʼsigʼi orqali uchinchi mamlakatlardan hududga kirib keluvchi import mollar uchun soliq undirish yoki uni taʼkiklashdan iborat (bu qoida uchinchi mamlakatlarga mol eksport qilishga ham taalluqlidir).
Bunga 1960 yillarda tashkil topgan Yevropa erkin savdo uyushmasi (EESU) misol boʼla oladi. Unga 6 mamlakat birlashgan boʼlib, uning asosiy vazifasi davlatlararo erkin savdoni yuritishdan iboratdir. YeESU integratsiyaning quyi shakli boʼlib hisoblanadi, chunki u muntazam kooperatsion aloqalarni bildirmaydi.
MDH mamlakatlari oʼrtasidagi bitim erkin savdo zonasiga ikkinchi bir misoldir. Oʼzbekiston erkin savdo oʼrtasida Ozarbayjon, Аrmaniston, Belarussiya, Qozogʼiston, Moldaviya, Rossiya va Ukraina bilan shartnomalar tuzgan. Bu shartnomalarga binoan tomonlar mazkur mamlakatlardan chiqariladigan va ular hududiga olib kiritiladigan tovarlardan bojxona toʼlovi olmaslik majburiyatini qabul qilgan. Shu asosida Oʼzbekiston shartnoma tuzilgan davlatlardan chiqariladigan va respublika hududiga olib kiriladigan tovarlardan boj olmaydi.
Bojxonalar ittifoqi. Bunda qatnashchi mamlakatlar oʼzaro savdoda barcha cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo toʼsiqlarining yagona tizimini taʼsis etadilar. Bu bilan ichki chegaralarda bojxona xizmatini saqlash zaruriyatini soqit qiladilar. Yevropa ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga misoldir. Yevropa ittifoqiga 1958 yilda asos solingan boʼlib, 1993 yilga kelib u Gʼarbiy Yevropadagi 12 mamlakatni birlashtirdi.
Bu uyushmaninig asosiy vazifasi ishtirokchi mamlakatlar doirasida resurslar, tovarlar va xizmatlar xarakatini milliy chegaradan xoli ravishda erkin koʼchib yurishini taʼminlash, umummiy bozorni vujudga keltirish, bozor vositasida tovarlarni davlatlararo taqsimlab, aholi talab-ehtiyojini qondirishdir. YeI tarzida Gʼarbiy Yevropa bojxona ittifoqining tuzilishi savdo integratsiyasi natijalarini amaliy baholash imkonini tugʼdiradi. Dunyodagi eng atoqli iqtisodchilarning fikricha, YeI doirasida bojxona ittifoqi natijasida savdoning oʼsishi koʼproq boʼladi. M.Kreynin hisob-kitobiga koʼra, YeI ichida yangi savdo oqimlarining vujudga kelishi taxminan 8,4 mlrd. АQSh dollariga yetadi, uchinchi mamlakatlardan import esa hammasi boʼlib 1 mlrd. АQSh dollaridan kamayadi.
YeI doirasida bojxona ittifoqining tuzilishi umuman jahon xoʼjaligida foyda keltirgan boʼlsada, bu narsa ayrim mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Chunonchi, АQSh va Kanada Gʼarbiy Yevropa mustahkamlanganligini tabriklagan boʼlsalarda, Yevropadagi oʼz bozorlarining bir qismidan mahrum boʼladilar. Oʼzi qator savdo afzalliklaridan voz kechsada, YeI ichida Niderlandiya va GFR ga import bojlarini hamjamiyatning yagona tarifidagi umumiy darajaga koʼtarishga toʼgʼri keldi. Qishloq xoʼjaligi boʼyicha Buyuk Britaniya eng koʼp zarar koʼrib, 70 yillarning oʼrtalarida Britaniya hamdoʼstlikdagi mamlakatlardan qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini arzon import qilish afzalligidan umidini uzdi.
Umumiy bozor. Uning doirasidagi qatnashchilar savdodan tashqari ishlab chiqarish omillarining barchasini bemalol koʼchirish (ishchi kuchi va sarmoya migratsiyasi) erkinligiga ham ega boʼldilar. Bunga yana oʼsha Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozori misol boʼla oladi. Uning hozirgi rasmiy nomi - Yevropa ittifoqidir.
Toʼla iqtisodiy ittifoq. Bunda qatnashchi mamlakatlar oʼz iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan, pul, soliq va ijtimoiy siyosatni, shuningdek, savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya oqimiga taalluqli siyosatni bir xillashtiradi. Belgiya bilan Lyuksemburg 1921 yilda qonuniy ittifoqqa birlashdi, Yevropa hamjamiyati mamlakatlari uchun esa, bu iqtisodiy ittifoq - pirovard maqsaddir. YeI aʼzosi boʼlgan mamlakatlar tarixiy tajriba taʼsiri ostida birlashish kerak, degan fikrga keldilar, chunki tarix ularga Yevropada «savdo urushlari» nihoyatda hatarli ekanligini va haqiqiy urushlarga yaqinligini yaqqol koʼrsatgan.
Koʼpincha «umumiy bozor» deb atalgan bu hamjamiyat aʼzolari quyidagi qarorga keldilar:

  • oʼzaro savdoda barcha bojlarni va import kvotalarini (meʼyorlarini) bekor qilish;

  • dunyoning boshqa mamlakatlaridan Yevropa bozoriga tovarlar kirishini bir xil tartibga solish;

  • pul mablagʼlarining bir mamlakatdan ikkinchisiga bemalol koʼchib yurishini hamda yagona ishchi kuchi bozorni yaratish uchun oʼz fuqarolarining chegaradan erkin oʼtishini taʼminlovchi qonunlar qabul qilish;

  • umumiy manfaatdor muammolarni hal etishda yagona siyosat oʼtkazish.

Dunyoda davlatlarning necha oʼnlab iqtisodiy birlashmalari mavjud.
АSEАN (Janubiy Sharqiy Osiyo) mamlakatlari oʼrtasida kooperatsiya aloqalari faol rivojlanmoqda. MDH mamlakatlari doirasidagi iqtisodiy hamkorlik ayniqsa, Oʼzbekiston, Qozogʼiston va Qirgʼiziston oʼrtasida tuzilgan Markaziy Osiyo umumiy bozorini tashkil etish haqidagi bitimni ham tilga olib oʼtish kerak. Shimoliy Аmerika iqtisodiy ittifoqi (NАFTА) toʼgʼrisidagi bitimga katta umid bogʼlanmoqda.
Jahonda rivojlanayotgan yosh mamlakatlarga xos, lekin barqaror boʼlmagan boshqa integratsiya uyushmalari ham bor. Ularning ishtirokchilari oʼtmishdagi mustamlakalar boʼlib, iqtisodiyoti bir yoqlama, yaʼni xom ashyo yetkazishga asoslangan, shu sababli bir-birini toʼldirib, yagona kompleksni tashkil eta olmaydi. Integratsion aloqalarning paydo boʼlishi jahon xoʼjaligiga xos voqelik, ammo ular umumiy tus olish uchun hamma mamlakatlarda sharoit muhayyo boʼlishi kerak.
Xalqaro tajriba shundan dalolat beradiki, integratsiya uning qatnashchilari uchun oʼzaro foydali va samarali boʼlishda quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:

  • iqtisodiyot rivoji darajasida katta tafovut boʼlmasligi. (Koʼproq rivojlangan mamlakatlardan kamroq rivojlangan mamlakatlarga resurslarning tekin qayta taqsimlanishi uzoq muddatli va oʼzaro foydali integratsiya jarayoni uchun asos boʼla olmaydi);

  • iqtisodiy siyosatning oʼxshashligi;

  • valyuta tizimining yaqinligi va valyuta kurslarining barqarorligi;

  • iqtisodiy tizimi, ijtimoiy tarkibiy tuzilishi va siyosiy tuzilmaning oʼxshashligi.

Integratsiya turli mamlakatlardagi ixtiyoriy, teng huquqli, oʼzaro foydali asosda ish olib boruvchi xoʼjalik subʼektlarining oʼzaro taʼsir koʼrsatish va bir-birining ichiga kirib borishdan iborat obʼektiv jarayon sifatida rivojlanishi kerak. Uni iqtisodiy siyosati va vaziyati turlicha boʼlgan mamlakatlar oʼrtasida amalga oshirish yoʼlidagi urinishlar behudadir. Bunday integratsiya iqtisodiy vaziyatning yomonlashuviga, inqirozli jarayonlarning chuqurlashuviga, iqtisodiy va siyosiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Integratsiyaviy jarayonlar rivojlanishining boshqa turlari xalqaro mehnat taqsimoti tuzilishidagi chuqur ilgari siljishlar (ilmiy-texnika inqilobi taʼsiri ostidagi) hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti – mamlakatlar oʼrtasida mehnatni ijtimoiy-hududiy taqsimlashni rivojlantirishning maʼlum mahsulot ishlab chiqarishni alohida mamlakatlarda barqaror jamlashni nazarda tutuvchi yuqori bosqichidir.
Shunisi ayonki, nisbatan mustaqil fazalar ajralib chiqar ekan, ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarishning maʼlum hudud, alohida mamlakatlardagi alohida bosqichlar boʼyicha jamlanmay qolishi mumkin emas. Shuning uchun hududiy mehnat taqsimotining ikki turini ajratib koʼrsatiladi:

  • mintaqalararo – bir mamlakatning turli mintaqalari oʼrtasidagi mehnat taqsimoti;

  • xalqaro – turli mamlakatlar oʼrtasidagi mehnat taqcimoti.

Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv keng tarqalib bormoqda. Ilmiy-texnika inqilobining har xil mamlakatlarda, turlicha yuz berayotganiga qaramay, uning hozirgi bosqichi ham bozorni, ham ishlab chiqarishni baynalmilallashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ilmiy-texnika inqilobi zamonaviy qayta ishlab chiqarishda tashqi iqtisodiy aloqalarning roli oʼsishini keltirib chiqaruvchi mustaqil omil sifatida namoyon boʼlmoqda. Boshqa davlatlardan ajralgan holda u yoki bu mamlakatda fan va texnikaning rivojlanishi muvaffaqiyatli boʼlishi mumkin emas.
Keyingi yillarda turli mamlakatlarning firmalari oʼrtasida kooperatsiyalashuvning jadal rivojlanishi yirik xalqaro ishlab chiqarish- investitsiya komplekslarining paydo boʼlishiga olib keldi, ularni tuzish tashabbuslari koʼpincha transmilliy korporatsiyalar hisoblanadi. Ular uchun firma ichidagi mehnat taqsimoti milliy chegaralardan chiqib ulgurdi va aslini olganda mehnat taqsimotiga aylandi. Shu asosida milliy iqtisodiyotlarning ochikligi darajasi oshib bormokda. Ochiq iqtisodiyot mamlakatning jahon xoʼjalik aloqalariga yanada koʼproq qoʼshilishi asosida shakllanmoqda.
Integratsiya jarayonlarini ragʼbatlantiruvchi asosiy omillardan biri – milliy iqtisodiyot ochiqlik darajasining oshishidir. Ochiq iqtisodiyotning oʼziga xos belgisi boʼlib quyidagilar hisoblanadi:

  • mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʼjalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi;

  • tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yoʼlidagi toʼsiqlarning kamaytirilishi yoki toʼliq bartaraf etilishi;

  • milliy valyuta konvertatsiyasining taʼminlanganligi.

Rivojlangan mamlakatlarda ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda eksportga mahsulot ishlab chiqarishni ragʼbatlantirish, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalashuvga koʼmaklashish va chet eldan kapitallar, texnologiyalar, malakali kadrlar kirib kelishiga koʼmaklashuvchi huquqiy asoslarni yaratish boʼyicha davlat tashqi iqtisodiy strategiyasi muhim rolь oʼynaydi. Hozirgi kunda xalqaro iqtisodiyotda yuzaga kelayotgan va rivojlanayotgan koʼplab integratsion birlashmalar aslida oʼz oldiga bir- biriga oʼxshash vazifalarni qoʼyadilar.
Bu vazifalarning mazmunini batafsil koʼrib chiqamiz.
Iqtisodiyot koʼlami ustunliklaridan foydalanish. Iqtisodiy koʼlam nazariyasi asosida bozor hajmini kengaytirish, transaktsion xarajatlarni kamaytirish va boshqa imtiyozlarni olishni taʼminlash yotadi. Bu, oʼz navbatida, oʼzlarining ehtiyojlarini qondirolmagan, mustaqil ishlab chiqarishdan manfaati boʼlgan, katta hajmli bozorlarga bajonidil kirib keladigan chet el investitsiyalarining eʼtiborini tortishga bevosita imkon beradi.
Qulay tashqi siyosiy muhit yaratish. Koʼplab integratsion birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi davlatlarning siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa noiqtisodiy sohalarda bir- birini tushunishi va hamkorligini mustahkamlashdir. Jugʼrofiy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan va rivojlanish sohasida oʼxshash muammolarga ega boʼlgan mamlakatlar uchun qoʼshnilari bilan oʼzaro iqtisodiy majburiyatlar orqali mustahkamlangan doʼstona munosabatlarga ega boʼlish muhim ustuvor yoʼnalish hisoblanadi.
Savdo siyosatidagi vazifalarni hal qilish. Mintaqaviy integratsiya, koʼpincha, GААT/BST doirasida ishtirok etayotgan mamlakatlarning muzokarasi nuqtai nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar bloki nomidan kelishilgan holdagi bayonot ancha jiddiy hisoblanadi va savdo siyosati sohasida kutilgan natijalarni beradi.
Buning ustiga, mintaqaviy bloklar oʼz ishtirokchilarining manfaatlari keskin farqlanadigan koʼp tomonlama savdo muzokaralari uchun barqaror va oldindan koʼrish mumkin boʼlgan muhit uchun imkoniyat yaratib beradi. Shimoliy Аmerika, Lotin Аmerikasi va Janubi-Sharqiy Osiyodagi integratsiyaviy birlashmalar koʼp tomonlama savdo muzokaralari doirasidagi jamoaviy kuch-gʼayratlarga alohida umid bogʼlamoqda.
Iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga koʼmaklashish. Bozor iqtisodiyotini yoki tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarning ancha yuqori bozor iqtisodiyoti rivojlanishi darajasidagi mamlakatlar bilan mintaqaviy savdo bitimlariga qoʼshilishi bozor tajribalarini oʼrganishning muhim omili, bozorga yoʼnaltirilgan yoʼl oʼzgarmasligining kafolati sifatida namoyon boʼladi.
Oʼz qoʼshnilarini integratsiya jarayonlariga qoʼshar ekanlar, rivojlanganroq davlatlar ham oʼsha mamlakatlardagi toʼlaqonli va katta hajmli bozorlarni yaratish hamda ulardagi bozor islohotlarining ildiz otishidan manfaatdor boʼladi. Yevropa Ittifoqining u yoki bu shakliga qoʼshila turib, koʼplab Gʼarbiy Yevropa mamlakatlari shu maqsadlarni koʼzlagan edi.
Milliy sanoatning yosh sohalarini qoʼllab-quvvatlash. Hatto, integratsion birlashmalar uchinchi mamlakatlarga nisbatan kamsituvchi choralarni nazarda tutmaganlarida ham, ular faoliyati uchun kengroq mintaqaviy bozor ochiladigan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʼllab-quvvatlash usuli sifatida qaraladi.
Integratsiya jarayonlari obʼektiv tavsif kasb etishiga qaramay, u oʼz- oʼzicha, stixiyali tarzda bormaydi. Balki bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan mintaqaviy integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar oʼrtasida qonuniy kelishuv va oʼzaro shartnomalar asosida amal qiladi.



Download 495.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling