Mavzu: Xalqaro savdo nazariyasi. Tashqi savdo siyosati


Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari


Download 142.25 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi142.25 Kb.
#1531989
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyasi. Tashqi savdo siyosati.

Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari


Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari Tashqi savdo siyosati mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan choratadbirlar majmuasi bo'lib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan mahsulotlami oqilona import siyosati hisobiga to'ldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha bo'lgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi o'rnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.Ushbu siyosatni yuritish orqali tashqi savdo hajmlari soliqlarsubsidiyalar, import yoki ekspoftni to'g'ridan-to'g'ri cheklashlar kabi vositalar yordamida tartibga solinadi. 
Tashqi savdo siyosati eksport va import hajmi hamda tarkibiga ta'sir ko'rsatish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sishga erishish, to'lov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko'zda tutadi.Mamlakatlar erkin yoki cheklovchi (proteksionistik) tashqi savdo siyosatini olib borishi mumkin. Ko'pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun erkin savdo siyosatini qo'llash iqtisodiy resurslardan samaraliroq foydalanísh imkonini beradi deb hisoblaydilar.
Tashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining ayrimlari davlat g'aznasini to'ldirishga yo'naltirilgan bo'lsa, ba'zilari import va eksportni cheklashga, yoki ularni rag'batlantirishga yo'naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksportyorlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.Bojxona bojlari import va eksport bojlariga ajratiladi.Import bojlari davlat g'aznasini to'ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el mahsulotlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. 
Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko'p bo'lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.Litsenziyalash tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma'lum tartibi hisoblanadi va bunday ruxsat berish huquqini qaysi davlat tashkilotlariga berish amalga oshiriladigan operatsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatiga bog'liqdir.Kvotalash mahsulotlar, xizmatlar bo'yicha ma'lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilashdir
ETIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT
Download 142.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling