Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja


Download 0.77 Mb.
bet48/80
Sana19.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1606439
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
Mavzu Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja

Zarchava (Curcuma) — zanjabildoshlarning oilasiga mansub ko’p yillik o’t o’simlik. 50 dan ortiq turi bor. Ikki turi Osiyo, Afrika va Avstraliyaning tropik xududlarida o’sadi. Hindiston, Indoneziya, Xitoyning janublarida ekiladigan (S. Jonga L.) turi ko’proq ahamiyatga ega. Asosan, xushbo'y, ildizi tarkibida 1,5—5% efir moyi va zararsiz sariq modda bor. Ildizi kukun holida ishlatiladi, issiq suvda tez eriydi, oziq-ovqatga (palovni tillarang qilishda zirvakka yoki yuvilgan guruchga qo’shiladi). Ziravordan olinadigan sariq bo'yoq laklarga rang berishda ishlatiladi. Ikkinchisining ildizpoyasidan olinadigan achchiq modda likyor tayyorlashda va tibbiyotda qo’llaniladi. Yovvoyi turlarining ildizpoyasidan kraxmal olinadi. ildizpoyasidan ko'paytiriladi.
Zanjabil

Zanjabil (Zingiber offi cinale) - bir pallalilar sinfiga, zanjabildoshlar oilasiga mansub, yo’g’on ildizpoyali ko’p yillik o’t o’simlik. Asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan.
Sharqiy Osiyoda o’stiriladi. Ziravor yer osti tanasining hamma qismida efir moyi bor. Qurigan ildizi xushbo’y hidli va mazali bo’lib, efir moyiga boy. Maydalanmagan Ziravorning xushbo’y hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saklanadi. Tuyib elaki qilingan talqoni tabobatda jigar, yurak, me’da xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan birga choynakka damlab ichiladi). Oziq-ovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda ba’zi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida ishlatiladi.
Isituvchi ziravorlarni xususiyatlarini, hamda Kuz yoki Qishning sovuq kunlarida shamollashdan saqlaydigan choy va kofega solinadigan qo’shimchalar haqida bilib oling.
Oshxonadagi dorivor o’simliklar, ziravor, kofe yoki choy uchun tabiiy qo’shimcha sifatida o’z tarkibiga hazm qilishni kuchaytiradigan va yo'g'lar ta’sirini chetlab o’tuvchi dietadagi insonlar uchun muhim bo’lgan, tana hujayralarini ko’proq energiya ishlab chiqishga undaydigan moddalarni o’z ichiga oladi.
Choy, kofe yoki kakaoga qo’shilganda hidini kuchaytiradigan va isishga yordam beradigan ko’plab mazali hamda foydali tabiiy ziravorlar mavjuddir. Quyidagi ziravor va qo’shimchalar, bakteriya va shamollashga qarshi o’zining noananaviy ikkilamchi rolda ishlatilishi mumkin.
Zanjabil Tropik Osiyoda 3000 yillar davomida o’stirilib kelinadi. Hindiston taomlari o’zining ziravorli taomlari bilan mashhurdir. Zanjabilni yangi va quritilgan, butun va maydalangan holda olishingiz mumkin.
Zanjabil hazm qilish va qon aylanishiga yaxshi ta’sir qiladi hamda noyob qizdirish xususiyatlariga ega. U choy (limon o’rnida), kofe yoki bir stakan iliq qizil sharob bilan yaxshidir. Biz yana uni go’shtli, baliqli taomlarga hamda shirinliklarga qo’shishimiz mumkin. U yana shamollashga qarshi moddalarga boydir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling