Mavzu; Xavoli sovutkichni xisoblash G
Download 339.08 Kb.
|
Хаволи совуткич uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 - rasm. Quvurlarni quvur to‘rlarida joylashtirish sxemasi.
1- rasm. Bir yo‘lli qobiq quvurli isitkichlar:
1 – qobiq; 2 – quvur to‘rlari; 3 – quvurlar; 4 – qopqoq; 5,6 – issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 7 – bolt; 8 – qistirma. 2 - rasm. Ko‘p yo‘lli qobiq quvurli isitkichlar: 1 – qobiq; 2 – quvurlar; 3 – qopqoq; 4 – ko‘ndalang to‘siqlar. Sanoatda 4-6 yo‘lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo‘llarning soni ortib borishi bilan isitkichning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstruksiyasi murakkablashadi. Qobiq-quvurli isitkichlarda qobiq bilan quvurlar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab quvur va qobiqning uzayishi har xil bo‘ladi. Shuning uchun qobiq quvurli isitkichlar konstruksiyasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) qo‘zg‘almas to‘rli isitkichlar; 2) kompensatorli isitkichlar. Qo‘zg‘almas to‘rli isitkichlarda issiqlik taʼsirida quvurlar va qobiq har xil uzayadi, shu sababli bunday isitkichlar quvurlar va qobiq o‘rtasidagi temperaturalar farqi katta bo‘lmaganda ( 50 0S gacha) ishlatiladi. Quvurlar to‘r pardalarga razvalsovka, payvandlash, kavsharlash va salniklar yordamida biriktiriladi (3 - rasm). Kojux – quvurli qurilmalarda quvurlar to‘r pardaga asosan 3 xil usul bilan joylashtiriladi (4 -rasm): a) to‘g‘ri oltiburchak qirralari bo‘ylab; b) konsentrik aylanalar bo‘ylab; v) kvadratning tomonlari bo‘ylab. 4 - rasm. Quvurlarni quvur to‘rlarida joylashtirish sxemasi. a – teng yonli uchburchak cho‘qqilarida; b – kvadrat cho‘qqilarida; v – aylana bo‘ylab. Temperaturalar farqi 500S dan katta bo‘lganda quvurlar va qobiqning har xil uzayishini kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorli (5- rasm, a) va U – simon quvurli (5-rasm, b) va suzuvchan kallakli qobiq quvurli isitkichlar ishlatiladi. Linzali kompensator isitish quvurlari va qurilma devori o‘rtasidagi bosim gacha bo‘lganda ishlatiladi. U – simon qobiq quvurli isitkichlarda issiqlik taʼsirida quvurlarning uzayishidagi kompensatsiyani quvur qurilmalarining o‘zi bajaradi. 6– rasmda suzuvchan kallakli qobiq quvurli isitkich tasvirlangan. Unda quvur to‘rlaridan biri qobiqqa mahkamlanmagan bo‘ladi, shuning uchun temperatura deformatsiyasi natijasida quvurlar to‘plami korpus ichida erkin qo‘zg‘ala oladi. Download 339.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling