Mavzu: XIX-XX asrlarda Oʻrta Osiyoda Arxiografik materiallarning tadqiq qilinishi
XX asrda O’rta Osiyoda olib borilgan arxeografik tadqiqotlar
Download 0.51 Mb.
|
Эрматов Чинорбек Археография docx
XX asrning 20-yillaridayoq tarixiy hujjatlar ustida bir qator tadqiqotlar olib boriladi. Ayni vaqtda hujjatlar ustida ishni yirik Sharqshunos olimlardan V.V. Bartold, V.L. Vyatkin, M. Saidjonov, A.A. Semyonov, P.P. Fitrat va boshqalar tadqiqoti ishlarini boshlab yuboradilar va katta natijalarga ega bo’ldilar. O’rta Osiyo va Markazdagi ilmiy tashkilotlarning hamkorligi bilan bir qator fundamental nashrlar turkumi nashr etildi. XX asrning 50-yillaridan boqhlab keng ko’lamda Xiva, Buxoro va Qo’qon arxivlarini tadqiq etish, Sharq qo’lyozmalari xazinasidagi tarixiy hujjatlarni o’rganish va ilmiy muomalaga kiritilishi natijasida P.P.Ivanov, F.B.Rastopchin, R.N.Nabiev, A.L.Troiskaya va M.Y.Yuldoshealarning yirik asarlari nashr etildi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondlaridagi vaqfnomalar va boshqa tarixiy hujjatlarni o’rganish asosida O.D.Chexovichning qator fundamintal kitoblari A.B.Vilsanovaning XVII asr Buxorodagi hujjatlariga bag'ishlalgan tadqiqotlari chop etiladi. Hujjatlarni qisqa tavsiflash, roʻyxatga olish ishlari hali bu Sharq yozma manbalari Davlat xalq kutubxonasida ekanligidayoq 1936-yilda Sharq qo’lyozmalarining bilimdoni xattot va saxxof Ibodulla Odilov (1872-1944) boshlagan bo’lsada, ammo ularni tartibga keltirish va manbashunoslik tadqiqotlarini izchil rivojlantirib berish, Institut tashkil etilganidan keyin yo’lga qo’yildi. Yana bir guruh hujjatlar har xil yozishma va maktublar bo’lib mashhur olim A. O’rinboev tomonidan ularni o’rganish yo’lga qo'yilgan. Jumladan, ulug‘ mutafakkir, adib va davlat arbobi Alisher Navoiyning o’z ijodiy hamkori, yaqin do’sti mashur shoir Abduraxmon Jomiy bilan adabiy va hayotiy masalalar buyicha keng yozishmalari “Muraqqai Alisher” (“Alisher albomi”)dir. A. Urinboevning yozishicha: “Unda XV asr Movarounnahr va Xuroson naqshbandiya tasavvuf namoyondalaridan o'z davrida mashxur bo'lgan 16 shaxsning 594 dona avtograf ruqalari jamlangan. Ulardan 337 tasi Abduraxmon Jomiy qalamiga mansub, 128 tasi Xoja Ubaydullox Valiy, qolganlari uning o’g‘illari, yaqin muridlari hamda Xuroson tasavvuf axllari tomonidan yozilgan”. Bu xatlarda iqtisodiy-ijtimoiy masalalar, soliqlar - mol (xiroj), zakot, ushrlardan tashkari yana bir qancha favquloddagi soliq va yig‘inlar, ixrojot, xavolot kabi turli soliqlar joriy qilingani xaqida ma’lumot beradi. Umuman to'plamdagi hujjatlar Jomiy va Navoiy yashagan davrdagi Xuroson va Movarounnahr xalqlarining iqtisodiy, savdo va madaniy hayotini yoritishda tarixiy manba sifatida xizmat qiladi. Mana shu va boshqa turdagi hujjatlar bilan ishlab tadqiqot olib borgan olimlar asosan, Sharqshunoslik institutida faoliyat olib borganlar. Ular orasida eng sermahsullari sifatida O.D.Chexovichni kursatish mumkin. O.D.Chexovichning boshka bir maqolasi ham diqqatga sazovor. Maqolada 1326 yilga oid bo’lgan Buxoro vaqf hujjati tadqiq etilgan. Y.A.Davidovichning “Материаль для характеристики экономики и цотциалных отношений в Средней Азии XVI в." deb nomlangan tadqiqotida qimmatli arxeografik ma’lumotlar berilgan. M.Yuldoshev xam bir necha yillar mobaynida hujjatlar ustida ilmiy izlanishlar olib borgan. M.Yuldoshev Xiva xonligi davlat hujjatlarini o’rganib uni nashrga taiyorlaydi. A.B.Vildanova o’zining tadqiqotlarida hujjatlar taxlilini ilgari surgan. R.G.Muqminova vaqf hujjatlari asosida monografiya yozadi va hujjatni nashrga tayyorlaydi, tahlil qiladi. Yuqoridagi tadqiqotlardan tashqari Markaziy Osiyo hujjatlari ustida ish olib borgan qator olimlarning qilgan ishlari matbuotda e’lon qilingan. Ulardan P.P.Ivanov, O.Jalilov, B.Kazakov, F.Juraevalarni misol tarzida aytib o’tish joiz. Umuman olganda mazkur soxa XX asrning ikkinchi yarmida kengroq miqyosda o’rganila boshlanganligini kuzatamiz. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling